«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet75/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

81 


HIChM 
– muayyan sanoat nuqtasi (punkti) yoki alohida rayonda, uning
tabiiy va iqtisodiy sharoitlari, transport va iqtisodiy geografik o‘rniga muvofiq 
korxonalarni to‘g‘ri tanlab olish va joylashtirish hisobidan iqtisodiy
samaradorlikga erishadigan ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shaklidir. 
HIChMlar g‘oyasi, birinchidan, iqtisodiy rayonlar xo‘jaligini kompleks
rviojlantirish va, ikkinchidan, N.N.Kolosovskiyning Ural-Kuznetsk kombinati 
(UKK) va Baykalbo‘yi («Angarqurilish») komplekslari loyihalarini yaratish va
ularni amalga tadbiq etish jarayonida yuzaga keldi. Ushbu tushuncha ilk bor 
Irkutsk-Cherelexovo majmuasiga nisbatan ishlatildi. Albatta, bunda muallifning
injenerlarcha fikrlashi, transport-temir yo‘l qurilishi mutaxassisi bo‘lishi ham katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning, Rossiya (sobiq Ittifoq) iqtisodiy geografiya fanining
HIChMlar va iqtisodiy rayonlar to‘g‘risidagi yutug‘ini hatto rivojlangan 
mamlakatlar AQSh va Germaniya ham tan olgan; bevosita muallifning o‘zi 1948
yilda Fransiyada ushbu muammolar va ularning amaliy yechimi haqida ilmiy 
ma‘ruzalar qilgan.
HIChMlar iqtisodiy rayonlarning shakllanishi jarayonida muhim taktik va 
strategik vosita hisoblanadi. O‘z navbatida bunday majmualarning o‘ziga xos,
individual xususiyatlarini aniqlashda, ularni alohida tiplarga ajratishda 
N.N.Kolosovskiy «energiya ishlab chiqarish sikllari» («energiya ishlab chiqarish
rayonlari»ga mos holda) usulini yaratdi va undan unumli foydalandi. Bu yerda, 
N.N.Kolosovskiy bo‘yicha, «energiya» quvvat, kuch, harakat, «energetika» ish
qilish, faoliyat ko‘rsatish qobiliyati ma‘nolarini anglatadi. 
Ta‘kidlash joizki, N.N.Kolosovskiy HIChM va energiya ishlab chiqarish
sikllarini ko‘proq sanoatni tashkil etishga nisbatan ishlatgan. Shuningdek, u 
iqtisodiy rayonlar va bu ikki tushunchani o‘zaro aloqadorlikda qo‘llagan: iqtisodiy
rayonlar asosini HIChMlar, ularning asosini esa energiya ishlab chiqarish tskillari 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling