«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
77 Sanoat tugunlari, ya‘ni sanoat korxonalarini bir joyda g‘uj holda mujassamlashuvi sanoat aglomeratsiyasi , deb ham ataladi. Sanoat korxonalarini joylashtirishda aglomeratsiya omilini hisobga olish esa, avval ta‘kidlaganimizdek, nemis olimi Alfred Veberga tegishli. Aglomeratsiya ham mujassamlashuv kabi katta iqtisodiy (ammo ekologik emas) samaradorlikga ega. Darvoqe, hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning barcha turlari ixtisoslashuv, mujassamlashuv, kooperatsiya (hamkorlik) va kombinatlashuv ishtirok etadi. Aslida esa hududiy ishlab chiqarish majmualari bevosita kombinatlashuvning hududiy ko‘rinishidan boshqa narsa emas. Faqat korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya hamma vaqt ham kichik bir hududda mavjud bo‘lavermaydi. Alohida tanlab olingan joyni barcha infratuzilma obyektlari bilan oldindan tayyorlash negizida sanoat parklari vujudga keladi. Bunday joylar tadbirkorlarga sotiladi yoki ijaraga beriladi. Masalan, respublikamizda xorijiy mamlakatlar firmalarining sarmoyalari yordamida qurilayotgan aksariyat qo‘shma korxonalar aynan ana shunday tayyor bino va infratuzilma shahobchalari muhayyo bo‘lgan joylarda tashkil etilmoqda. Demak, aytish mumkinki, sanoat majmualarining asosini bunday sharoitda sanoat parklari tashkil etadi. Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari g‘oyasini qaysi bir jihatdan A.Veberning ishlab chiqarish aglomeratsiyasi ta‘limotiga yaqinligiga yoki o‘xshashlik alomatlari borligiga oldinroq ishora qilgan edik. Ammo uning boshqa bir ilmiy g‘oyasi energiya ishlab chiqarish sikllari ta‘limotiga hech qanday e‘tiroz bo‘lmasligi kerak. Chunki u bu g‘oyani bevosita amaliyotdan kelib chiqqan holda (N.N.Kolosovskiy o‘zining asl kasbi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi bo‘lgan) yaratgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling