«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
75 mumkinki, iqtisodiy geografiya fanini «iqtisodiy» qiluvchi asos ham aynan hududiy ishlab chiqarish majmualaridir. Zero, ular ikki kara ikki to‘rt emas, besh bo‘lishini ta‘minlaydi. Bu nazariyaning ahamiyati ayniqsa, mamlakat xalq xo‘jaligini boshqarishdagi hududiy tamoyildan to‘g‘ri foydalanishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Darhaqiqat, mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini hozirgi qayta qurish davrida hududiy dasturlarni keng joriy qilish nihoyatda muhimdir. Hududiy dasturlash tarmoqlar asosida boshqarishga qaraganda mahalliy tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hamda shu joyning atroflicha rivojlantirish imkoniyatlarini har tomonlama hisobga oladi. Bu haqda va, xususan, tarmoqlar bo‘yicha boshqarishdagi ayrim kamchiliklarni Chirchiq shahri xo‘jaligi misolida ko‘rsa bo‘ladi. Ma‘lumki, bu shaharda o‘tmishda mahalliy sharoit, iqtisodiy va tabiiy-geografik o‘rin hisobga olinmaganligi sababli yangi sanoat korxonalarini joylashtirish salbiy ekologik oqibatlarga olib keldi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari mavzusini o‘rganishda mahalliy misollariga murojaat qilish foydalidir. Masalan, Mirzacho‘l yoki qarshi dashtini o‘zlashtirish asosida vujudga kelayotgan majmualar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Ushbu hududiy majmualar o‘zlarining ixtisoslashuviga ko‘ra agrosanoat majmuasi ekanligini anglash zarur. Shuningdek, keyingi yillarda agrosanoat majmualarini ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi yangi bosqich sifatida shakllanishining katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini ham ko‘rsatish kerak. Avvalambor, bu samaradorlik xomashyo va yarim mahsulotni bir joydan ikkinchi joyga olib borish uchun sarf etiladigan transport xarajatlarning qisqarishi, ishlab chiqarish chiqindilari asosida boshqa tarmoqlarning (jumladan, chorvachilikning) rivojlanishi va eng muhimi qishloq bilan shaharlar o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirishda o‘z aksini topadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling