«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 1.44 Mb.
bet67/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

darajasidagi majmualar”
deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

73 
ma‘noda, ya‘ni ma‘lum bir joyda ishlab chiqarish korxonalarining o‘zaro bog‘liq 

holda joylanishi va rivojlanishi asosida vujudga kelgan majmualar esa tom


ma‘noda yoki «an‘anaviy hududiy ishlab chiqarish majmualari», deb atalishi 
to‘g‘riroq. N.N.Kolosovskiy shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday hududiy
ishlab chiqarish majmualarni mamlakat ahamiyatiga molik, muhim bir muammoni 
hal etishga, bir maqsadga qaratilgan dasturli majmualar, deb yozadi. Ular, odatda,
real voqelikda vujudga keladi va ma‘muriy chegaralarga ko‘pincha mos kelmaydi. 
Sababi-mazkur hududiy majmualar asosida qandaydir tabiiy geografik obyektlar,
masalan, daryo havzalari, qazilma boyliklar, tog‘, cho‘l va boshqalar yotadi. 
Ammo hududiy ishlab chiqarish majmualari qaysi ma‘noda tushunilmasin,
ular iqtisodiy geografiyani o‘rganishda eng muhim va unumli nazariyadir. Bu 
rayon xo‘jaligini sistema darajasida qarash va uni tarkibiy tuzilishi bo‘yicha tahlil
qilish, ishlab chiqarish korxonalari orasidagi aloqadorlikni nazarda tutadi. 
Haqiqiy
hududiy

ishlab
chiqarish 


majmualari,
asosan,

yangi
o‘zlashtirilayotgan rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va ayniqsa yoqilg‘i-energetika 


zaxiralari negizida vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.
Albatta, tarixiy rivojlanish davomida avval o‘zlashtirilgan yerlarda vujudga 
kelgan xo‘jalikning hududiy tarkibini majmuaga aylantirishga qaraganda, yangi,
«sof» yoki «bo‘sh» joyda bu maqsadga erishish osonroqdir. Majmua yaratuvchi 
tarmoq sifatida esa ko‘proq yoqilg‘i-energetika sanoati asos bo‘lib xizmat qilishi
ham, shubhasiz, bir holdir. Masalan, Rossiya Federatsiyasidagi Bratsk hududiy 
ishlab chiqarish majmuasini olaylik (uning dastlabki loyihasini N.N.Kolosovkiy
rahbarligidagi olimlar guruhi yaratgan). Bu yerda yirik 4 mln kVt dan ortiq 
quvvatga ega bo‘lgan suv elektr stantsiyasi qurildi va, ayni paytda, bo‘lajak suv
ombori maydonini o‘rmondan tozalash maqsadida yog‘och-sellyuloza sanoati 
vujudga keldi. Arzon elektroenergiyaning mavjudligi energiyani ko‘p istemol
qiluvchi tarmoqlarni o‘ziga «tortdi» va, natijada, bu yerda uchinchi yirik korxona 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling