«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
69 yondasha olmagan. Tabiat va jamiyat o‗rtasidagi aloqalar mohiyatini Gumboldt (zamonasining ko‗p olimlari kabi) geografik determinizm doirasida baholadi. Shuning uchun Gumboldtning geografiyasi bir butunligi bu tabiiy geografiyaning bir butunligi – ―Yer shari fizikasi‖dir. Yerdagi hodisalarning sababiylik aloqalarda, geografik bilishning markaziy vazifasi deb Gumboldt organik dunyoning notirik tabiatga bog‗liqligi: o‗simliklar dunyosi va iqlim o‗rtasidagi aloqalari, iqlimni xuddi havo qobig‗i, quruqlik va okeanning ustki qismining birgalikdagi mahsuli sifatida o‗rganish deb hisoblagan. Bunday yondashuv Gumboldtga muhim tabiiy geografik qonuniyatlarni – tabiatning kenglik va balandlik bo‗yicha mintaqalanishini ochish imkonini berdi. Shunga qaramay Gumboldtdagi tabiiy geografik sintez faqat o‗simlik – iqlim munosabatlarini qamrab oladi, chunki o‗sha davrda tabiatning boshqa komponentlariga, ayniqsa, tuproqlarga doir materiallar yetarli emas edi. Gumboldt qarashlarining chegaralanganligi, geografik hodisalarni tabiiy talqinida ham ko‗proq yaqqol ko‗zga tashlanadi. ―Biz uchun yerdagi tabiiy hodisalarni oxirigacha o‗simlik formalari rivojlanishiga qadar va o‗z-o‗zini belgilovchi tirik organizm harakatigacha kuzatishda ehtiyoj mavjud‖. Bu yerda Gumboldt insonni ham ―uning turli xil fizik xususiyatlariga‖ kiritib qo‗yadi. Tabiat hodisalari o‗zaro aloqalarini o‗rgana turib Gumboldt ularning makondagi o‗zgarishiga e‘tibor qaratgan, shuning uchun ham tabiiy yer tasvirlash, makonda ularning tartib bilan tarqalishini ko‗rib chiqadi. Bunday yondashuv amerikalik geograf R.Xartshornga Gumboldt konsepsiyasini xorologik (tarixiylikni rad etgan) deb baholash imkonini berdi. Biroq A.G.Isachenko fikriga ko‗ra, bunday fikrlashning yolg‗onligini isbotlash qiyin emas. Gumboldt tabiiy o‗zaro aloqalarni o‗rganishni qandaydir ma‘lum hududlar bilan chegaralamagan, balkim tadqiqot obekti sifatida butun Yer sharini ko‗rib chiqqan. Xorologik yondashuv tarafdorlaridan farq qilgan holda, Gumboldt tabiiy geografik tadqiqotlarda tarixiylik metodini yoqlab chiqqan: ―Tabiatni o‗rganishni tabiat tarixidan ajratish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling