IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
66
muvaffaqiyatlarga erishganlar. Aleksandr Gumbold, Immanuel Kant va Tomas
Maltus geografiya faniga salmoqli hissa qo‗shgan (1930-yilgacha geografik
publikatsiyalarning yarmi nemis tilida yozilgan).
XIX asr nemis geografiyasini Karl Ritter va Fridrix Ratselsiz, fransuz
geografiyasini Vidal de la Blashsiz, Amerika geografiyasini V.M.Davis yoki
Britaniya geografiyasini M.Makinderlarsiz tasavvur qilish qiyin.
XIX asr geografiya jamiyatlari ishi umumiy tadqiqod qiziqishlariga
bag‗ishlangan. Qirollik geografik jamiyati turli geografik klublari birlashuvi
asosida 1830-yilda Britaniyada vujudga keldi. Undan keyingi o‗rinda, ya‘ni
ikkinchi o‗rinda turadigan jahonga mashhur jamiyat bu Berlindagi Geografiya
jamiyati bo‗lib, unga 1828-yilda asos solingan. Jamiyatlar faoliyati sabab
geografiya fani maktab va universitet o‗quv rejalariga kiritildi. 1836-yilda
Frankfurt, 1856-yilda Avstriya, 1869-yilda Myunxen, 1873-yilda Gamburg va
1877-yilda Bonnda geografiya jamiyati tashkil qilindi. Nyu-Yorkning Amerika
geografik jamiyatiga 1852-yilda asos solingan.
Qirollik geografiya jamiyati – XIX asrda asos solingan tashkilotlarga
tegishlidir. Ushbu jamiyat dunyo haqidagi tadqiqotlarni va geografik
ma‘lumotlarni o‗zaro almashish maqsadida tuzilgan. Unga geografiya fanini
targ‗ib qilish maqsadida asos solingan. Jamiyatning asosiy maqsadi quyidagi
vazifalarni amalga oshirish bo‗lgan:
Birlashgan Qirollikda va chet davlatlarda geografik tadqiqodlarni
qo‗llab-quvvatlash;
ta‘limda Geografiyaning ahamiyatini oshirish;
geografik ma‘lumotlarni egallash va keng targ‗ib qilish;
geografiyaga bo‗lgan qiziqish targ‗iboti;
Qisqa davr ichida ular boshqa geografik jamiyatiga (1933-y.) asos soldi.
Britaniya Geografiya institutiga birlashdilar, birgalikda kattalashgan holda jamiyat
Do'stlaringiz bilan baham: |