«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet60/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

65 
XIX asr boshlarida nemis va fransuz institutlarida geografiya fani zamonaviy 

fan sohasi sifatida o‗rganilgan. Nemislar ushbu fanga ikkinchi jahon urushiga


qadar ko‗proq hissa qo‗shgan. 
Geografiyaga oid klassik adabiyotlarning ko‗pchiligi, dastlab, nemis tilida
nashr qilingan. Kanada va Avstriyada yirik tadqiqod markazlari joylashgan. 
Rossiyada ham geografiya sohasi ildamlab bormoqda. Ammo vaziyat doimiy
ravishda o‗zgarib turadi. 1960-yillarda geografiya yo‗nalishi bo‗yicha Shimoliy 
Amerika va G‗arbiy Yevropa oliygohlariga o‗qishga qabul qilinganlar soni ikki
karra ko‗pchilikni tashkil qilgan. Ko‗rsatkich shundan keyin birmuncha to‗xtab 
qoldi, ammo 1990-yillarda yana ko‗tarildi. Amerika Geograflari assotsiatsiyasi
a‘zolari soni o‗sha davrga kelib ikki martadan ko‗proq oshgan. 
Biz fanning rivojlanish istiqbolini tushinish uchun dastlab fanning ilgarigi
rivojlanishini kuzatamiz. Bugungi holat bilan kelajakka nazar tashlaymiz. 
Umuman olganda, quyidagi savollarga e‘tiborimizni qaratamiz: Geografiya qanday
qilib mustaqil fan sifatida rivojlandi? Uning bugungi kundagi tuzilishi qanday? 
Geograflar ta‘limni yakunlagandan keyin nima qiladilar? Geografiya kelajagi
imkon darajada qanday ko‗rinishga ega? Uning kelajakdagi roli qanday? 
XIX asr o‗rtalarigacha geografiya bilan shug‗ullanadigan olimlar kamchilikni
tashkil qilgan (geografik tadqiqodlar dastlabki paytlarida qadimgi Gretsiyada 
ravnaq topgan). O‗zini geograf sifatida namoyon qiluvchi tadqiqodchilar soni
o‗sha davrda juda kam bo‗lgan. 
Tadqiqodchilar ko‗proq amaliy muammolar bilan qiziqqanlar: yer tadqiqoti
metodi, navigatsiya jihozi, karta tuzish (ya‘ni ma‘lum bir davlatni kartada aks 
ettirish) va kartani bosmadan chiqarish texnikasi, atlas ishlab chiqarish, makonga
oid ma‘lumotlarni kartaga tushirish bo‗yicha ko‗p savollarga javoblar topdilar. 
Yevropa renesans davrining ta‘siri karta tuzishda ahamiyatli bo‗lgan. Ko‗pchilik
geografik maktablarda qisqa vaqt faoliyat olib borganlar va har xil 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling