«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
74 alyuminiy zavodi barpo etildi. Rangli metallurgiya va o‘rmon sanoati yana «zanjirsimon» tarzda boshqa korxonalar vujudga kelishini (jumladan, mashinasozlik, kimyo) taqozo etdi. Bunday majmualar O‘rta Osiyo respublikalarida qulay tabiiy sharoitda, aholi va mehnat resurslari bilan yaxshi ta‘minlangan mintaqada va faqatgina energetika emas, balki agroiqlimiy resurslar asosida ham vujudga kelishi mumkin. Demak, respublikamiz hududiy ishlab chiqarish majmualari sug‘oriladigan dehqonchilik, agrosanoat tarmoqlari va mehnatni ko‘p talab qiluvchi korxonalarini o‘z ichiga olar ekan. Bunga Mirzacho‘l yoki Qarshi dashti asosida shakllanayotgan hududiy ishlab chiqarish majmualarida misol bo‘la oladi. Keng ma‘noda hududiy ishlab chiqarish majmualari ham turli bosqichda bo‘ladi. Oddiy sanoat yoki agrosanoat tugunidan tortib mamlakat miqyosida vujudga kelayotgan yagona xalq xo‘jalik majmuasini ajratish mumkin. Bu, shubhasiz, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda nihoyatda ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lib, mintaqa yoki alohida viloyatlarning mamlakatimiz mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini, «basharasini» belgilab beradi. Hududiy ishlab chiqarish majmualarini iqtisodiy jihatdan samarador ekanligi, eng avvalo, umumiy infratuzilma (yo‘l, suv, yer osti inshootlari, elektr energiya shahobchalari va b.) mavjudligidan kelib chiqadi. Masalan, paxta ekiladigan rayonlarni olaylik: bunday joylarda, odatda, paxta tozalash zavodi, uning yonida yog‘ zavodi, ularning chiqindilari asosida esa chorvachilik fermasini tashkil etsa bo‘ladi. Bu yerda majmua hosil qiluvchi tarmoq paxtachilik hisoblanadi va u boshqa tarmoq yoki korxonalar joylanishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, bunday korxonalar alohida-alohida, tarqoq joylashsa, ularning har biri uchun yuqoridagi infratuzilma shahobchalari kerak. Bu esa iqtisodiy jihatdan nomaqbuldir. Agar ularning barchasi bir joyda hududiy tashkil etilsa, katta tejamkorlikka va, binobarin, katta samaradorlikga erishiladi. Shu bois, aytish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling