«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet70/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

76 
Ilmiy va amaliy jihatdan respublikamizda hududiy ishlab chiqarish 

majmualarini yaratishdagi erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ham aytib o‘tilsa yaxshi


bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli sobiq Ishlab 
chiqarish kuchlarini joylashtirish kengashida (SOPS) o‘tgan asrning 50-yillarida
olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida 


rayonlarning kompleks muammolari 
tushunchasi yoki ilmiy yo‘nalishi yaratilgan edi. Bu, ayniqsa, o‘zining geografik 
o‘rni va tarkibiga ko‘ra, o‘ziga xos bo‘lgan Farg‘ona vodiysi uchun, ayniqsa,
ahamiyatli edi. 
Hududiy ishlab chiqarish majmualari ham tizim-tarkib g‘oyasiga ko‘ra ko‘p
bosqichli, pog‘onasimon (iyerarxiyali) bo‘ladi. Bunda birlamchi element sifatida 
oddiy korxona xizmat qiladi. Jumladan, sanoat asosida vujudga kelgan hududiy
majmualarning negizini, birlamchi elementini sanoat korxonasi tashkil qiladi. 
Sanoat korxonasi sanoat ishlab chiqarishining texnologik xo‘jalik hamda yuridik
(huquqiy) jihatdan tashkil etilishining birlamchi bo‘g‘inidir. Ular zavod yoki 
fabrika ko‘rinishida bo‘ladi. Zavodlarda, odatda, ishlab chiqarish vositalari,
fabrikalarda esa iste‘mol mollari ishlab chiqariladi. 
Sanoat korxonasi mavjud bo‘lgan joy

sanoat punkti
hisoblanadi. Agar bir 
joyda bir necha sanoat korxonasi mavjud bo‘lsa, u holda

sanoat markazi
vujudga 
keladi. Yirik sanoat markazlari atrofida sanoat punktlarining joylashuvi
navbatdagi, ya‘ni sanoat ishlab chiqarishini hududiy tashkil etilishining to‘rtinchi 
pog‘onasi, bosqichi –
sanoat tugunini
shakllantiradi. Aynan sanoat tugunlarida 
hududiy majmualar mukammal tus oladi. CHunki, bunday sharoitda sanoat
korxonalarining oddiy hududiy guruhi emas, balki ular o‘rtasida aloqadorlik 
(ishlab chiqarish, texnologik, infratuzilma, aholi va mehnat resurslari aloqalari)
mavjud bo‘ladi. Binobarin, sanoat tugunlarini sanoat ishlab chiqarish 
majmualarining eng yetuk shakli, deb baholash to‘g‘riroqdir.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling