«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet72/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

78 
Energiya ishlab chiqarish sikllari ma‘lum xomashyo va energiya (bu yerda 

energiya keng ma‘noga ega) asosida ishlab chiqarishning texnologik jihatdan


uzluksiz, hatto uning chiqindilari asosida tashkil etilishini nazarda tutadi. Bunda, 
Yu.G.Saushkin iborasi bo‘yicha, daraxtning tanasi-asosiy ishlab chiqarish tarmog‘i
(qora yoki rangdor metallurgiya, kimyo sanoati, dehqonchilik va h.k.), uning 
shoxlari esa ana shu asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan texnologik jihatdan
bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha tarmoq yoki tarmoqchalarning ayrim korxonalari 
demakdir.
N.N.Kolosovskiy o‘z davrida qora metallarning pirometallurgik sikli
rangdor metallar, mashinasozlik, neft-gaz-kimyo, agroindustrial, o‘rmon-yog‘och-
sellyuloza kabi 8 ta asosiy energiya ishlab chiqarish sikllarini ajratgan. Hozirgi 
kunda ularning soni 20 ga yaqinni tashkil qiladi.
Alohida ta‘kidlash joizki, energiya ishlab chiqarish sikllari aslo hududiy 
birlik emas, aksincha ular ishlab chiqarishning texnologik birligidir. SHu bois
bunday sikllar nisbatan kattaroq hudud miqyosida vujudga keladi. Ko‘rinib 
turibdiki, HIChM va energiya ishlab chiqarish sikllari bir-biridan tubdan farq
qiladi; ikkinchisi birinchisining o‘zagi bo‘lishi mumkin, ammo uning o‘zginasi 
emas.
Yana shuni e‘tirof etish lozimki, umuman ilmiy nuqtai nazardan to‘g‘ri

bo‘lgan hududiy ishlab chiqarish majmualari g‘oyasi sobiq Ittifoq sharoitida


ko‘zda tutilgan natijalarni to‘laligicha bermadi. Sababi bunday majmualar 
nihoyatda katta hududlarda «rejalashtirildi», ma‘muriy chegaralar e‘tiborga
olinmadi, ijtimoiy va ekologik omillar nazardan chetda qoldirildi, eng muhimi-
ularning yagona «egasi» boshqaruv organlari bo‘lmadi. Vaholanki, rivojlangan
xorijiy mamlakatlarda hududiy majmualar aynan nisbatan kichik miqyosda 
yaratildi va ularning faoliyati davlatning mintaqaviy hamda munitsipial siyosatida
boshqarib tartibga solinib boriladi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling