«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
80 Demak, ishlab chiqarish tarmoqlarini ma‘lum iqisodiy makonda o‘zaro aloqadorlikda joylashtirish, transport omilini e‘tiborga olish, barcha yordamchi tarmoqlarni (hozirgi zamon tilida-infratuzilma shahobchalarini) umumiy tarzda tashkil etish katta iqtisodiy samaradorlikga olib keladi. Shuningdek, bunday samaradorlikga energiya, xomashyo, ishchi kuchi va boshqa omillardan to‘g‘ri foydalanish, «masshtab samaradorligi» (mujassamlashuv) negizidagina emas, balki «xilma-xillik» samaradorligi asosida erishiladi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, Rossiyani amalda iqtisodiy rayonlashtirish uni elektrlashtirish (GOELRO) rejasining dasturi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu bois, dastlabki iqtisodiy rayonlar, joylarda yirik elektr stantsiyalar qurish va ularning ta‘sir doirasini aniqlash nuqtai nazaridan energetika, energiya ishlab chiqarish rayonlari deb atalgan. Keyinchalik bu rayonlarda xo‘jalik tizimining bir tomonlamaligiga yo‘l qo‘ymaslik, mahalliy sharoit va imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish, aholining ehtiyojlarini qondirish, transport harajatlarini qisqartirish va ortiqcha, iqtisodiy jihatdan nomaqbul, uzoq masofadagi transport qatnovlarini kamaytirish kabi omillarni e‘tiborga olib, iqtisodiy rayonlar xo‘jaligini kompleks ravishda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Asosiy iqtisodiy rayonlarning xo‘jaligi kompleks, majmuali bo‘lishi (rayonlar miqyosidagi HIChMlar) yoki ularning iqtisodiyotini kompleks tamoyili negizida yaratish muhim hisoblanadi. Dastlab N.N.Kolosovskiy «ishlab chiqarish kombinati» rayonlar ishlab chiqarish kombinati» tushunchalarini ishlatdi. Bunda «kombinat» so‘zining ko‘proq korxona doirasiga tegishligi va turli xil terminologik chalkashliklarga o‘rin qoldirmaslik uchun «kompleks» so‘zini ma‘qul topdi. U o‘z davrida ishlab chiqarishning hududiy birikmasi (kompleksi) to‘g‘risida yozgan edi, keyinchalik esa bu tushuncha (N.N.Kolosovskiy vafotidan so‘ng) hududiy ishlab chiqarish majmualari deb atala boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling