«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
82 tashkil qiladi. Ushbu tushunchalarning barchasini ayni vaqtda ham usul (metod), ham vosita sifatida qarash mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy geografiya fanining uchta asosiy tushunchasi: iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish sikllari mashhur olim, geografiya fanlari doktori, professor Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyga taalluqli. Shuningdek, u transport geografiyasi bo‘yicha ham katta tadqiqotlar olib borgan. N.N.Kolosovskiy qator shogirdlar tayyorlagan. Ular jumlasiga I.M.Mayergoyz, S.N.Ledovskix, V.F.Pavlenko, I.I.Belousov, T.M.Kalashnikova, M.K.Bandman, A.T.Xrushev, N.N.Kazanskiy va boshqalar kiradi. Hatto, Sobiq Ittifoqda ilk bor mintaqaviy iqtisodiyot to‘g‘risida monografiya yozgan N.N.Nekrasov ham N.N.Kolosovskiy ilmiy rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish sharoitida ishlab chiqarishni majmualar shaklida hududiy tashkil etish, ularning ijtimoiy va ekologik jihatlariga ham e‘tibor berish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Sobiq shurolar tizimi davrida mamlakatni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga katta e‘tibor berildi. Shu maqsaddda, 1921-yilda iqtisodiy rayonlashtirish komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiyaga G.M.Krjinovskiy boshchilik kildi. Komissiya ishida I.G.Aleksandrov aktiv ish olib bordi. XX asr 20-yillardagi iqtisodiy rayonlashtirishning eng muhim prinsiplari quyidagilar edi: har bir iqtisodiy rayon yirik hududiy ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish va u ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik tarmoqlariga ixtisoslashuvi lozim; rayonlashtirish asosini energetik va iqtisodiy prinsip tashkil etadi; har bir iqtisodiy rayon uzining tabiiy va sotsial iqtisodiy sharoitlari hamda boshqa imkoniyatlarini hisobga olgan holda, xo‘jalikning malum bir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling