«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


rayon ishlab chiqarish kombinatlarini


Download 1.44 Mb.
bet66/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

rayon ishlab chiqarish kombinatlarini
barpo etish lozimligini 
ta‘kidladi. Keyinchalik N.N.Kolosovskiy I.G.Aleksandrovning rayon ishlab
chiqarish kombinatlari to‘g‘risidagi ta‘limotidan Ural, Sibir va Qozog‘iston kabi 
yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi va shu asosda o‘zining
rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to‘g‘risidagi ilmiy g‘oyasini 
shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olg‘a fikr edi.
N.N.Kolosovskiy 1947-yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog‘i, ishlab 
chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi.
Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma‘lum bir hududda yoki 
iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish korxonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan
bog‘liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil etadi. U ishlab chiqarishning 
hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi ekanligini qayta-
qayta ta‘kidladi va ayni paytda ma‘lum hududda joylashgan ishlab chiqarish 
korxonalar yig‘indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo‘la olmaydi, deb
uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani tashkil etadi, xolos. 
Demak, biz qo‘shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh,
ammo har qanday guruh majmua bo‘lavermaydi. 
Keyinchalik
HIChM

nazariyasini


rivojlantirishga 
N.N.Baranskiy,
N.T.Agafonov, A.G.Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Nekrasov, Yu.G.Saushkin, 
T.M.Kalashnikova,
M.N.Stepanov, 
A.I.Chistobaev,
A.T.Xrushev, 
M.M.Palamarchuk, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullaev, A.G.Batigin, K.N.Bedrintsev
kabi bir qator olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

72 
Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki 

geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo‘lib, u iqtisodiy


rayonlashtirish va hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimoti
birlamchi, qolgan ikki tushuncha esa uning natijasidir. 
N.N.Kolosovkiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki hududiy
ishlab chiqarish majmualari, bizningcha, bular bir xil ma‘noga ega) iborasi 
iqtisodiy rayonlar to‘g‘risidagi tushuncha o‘rnini egallamasligi kerak; bu iqtisodiy
rayonlarning ―yadrosi‖ni tashkil etadi, xolos deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, hududiy 
ishlab chiqarish majmualari mazmun va sifat jihatdan, ayniqsa ishlab chiqarish
korxonalarini ma‘lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg‘un birikmasi sifatida 
iqtisodiy rayonlardan farq qiladi.
So‘nggi yillarda bunday qarash biroz o‘zgardi: umuman olganda, har qanday 
bosqichdagi iqtisodiy rayonlar ham hududiy ishlab chiqarish majmualari shaklida
ko‘rilsa bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona vodiysi, Namangan 
viloyati hududiy ishlab chiqarish majmualari va h.z. Savol tug‘ilishi mumkin:
haqiqatda yoki real voqelikda hududiy ishlab chiqarish majmuasi qaerda vujudga 
keladi va har qanday joyning ishlab chiqarish korxonalari birlashmasini majmua
deb atash mumkinmi? Bu yerda, bizning fikrimizcha, masalaga har tomonlama 
yondoshish kerak va hududiy ishlab chiqarish majmualarining turli xil bo‘lishini
unutmaslik lozim. Aks holda, chalkashliklar vujudga kelishi muqarrar. 
Albatta, iqtisodiy rayon xo‘jaligi o‘zining mohiyati va maqsadiga ko‘ra har
tomonlama (kompleks) rivojlanishi lozim. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy 
rayonlar xo‘jaligini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida
ko‘rish mumkin. Bu yerda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik 
maqsadida bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini
ma‟muriy rayonlar 


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling