«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
97 Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, tabiiy resurslarni klassifikatsiyalashdan foydalanish ularning turli guruhlari, genetik tavsifi, xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlari, o‘rganilganlik darajasi va ulardan oqilona foydalanish hamda saqlash yo‘llarini topish imkonini beradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayoniga tiklanmaydigan resurslarni jalb etishda ulardan oqilona foydalanish, to‘liq va majmuali qayta ishlashga e‘tiborni qaratish kerak bo‘ladi. Tiklanadigan resurslardan foydalanishda esa ifloslanishning turli yo‘llarini oldini olishga va har tomonlama qayta tiklashga e‘tiborni kuchaytirish zarur. Iqtisodiyotda baholash termini falsafiy kategoriya bo‘lgan ―qiymat‖ tushunchasi bilan bir qatorga qo‘yiladi. Qiymat obyekt ahamiyatining qay darajada ekanligini aks ettiradi va bu inson ehtiyojlarini qondirishi hamda obyektning shaxsiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Tabiiy resurslarni baholash umumfalsafiy yondashuvlardan kelib chiqib, resurslarga xos xususiyatlarni insonlar ilgari surgan qiymat mezonlari bilan taqqoslashni nazarda tutadi. Inson ehtiyojlarining turlariga qarab qiymat moddiy, ijtimoiy-siyosiy, estetik va boshqa turda bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy baholash – iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ifodalangan ishlab chiqarish va iste‘mol orqali ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan tabiiy resurslarning foydaliligini aniqlash; Noiqtisodiy baholash – tabiiy resurslarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ifodalanmagan ekologik, estetik, madaniy va boshqa qiymatini aniqlash hisoblanadi. Noiqtisodiy baholash orasida texnologik (ishlab chiqarish) baholashni ham alohida ko‘rsatish mumkin. Chunki, u bir turdagi iqtisodiy resurslar ichidagi tabiiy farqlarni ajratishni aniqlashga mo‘ljallanadi (masalan, neft va ko‘mir turlari). Baholash variantlari uning turli ko‘rsatkichlaridan foydalanishni talab etadi, bular quyidagilarda ko‘rinadi: natural (tonna, kub metr, gektar va x.k.); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling