«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet99/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

107 
G.G.Ford ―Men sizga istagan rangli avtomobil sotishim mumkin. Faqat bitta 

shartim bor: bu mashina albatta qora rangda bo‘lishi kerak‖, - degan edi, ya‘ni


Ford firmasi konveyr usulida faqat bir rangli, ya‘ni qora mashinalar ishlab 
chiqargan, talab darajasini inobatga olmagan.
Hozirgi kunda vaziyat butunlay boshqacha: iste‘mol mollariga talab 
xususiylashmoqda (individuallashmoqda) va bu talab vaqt davomida tez-tez
o‘zgarib turmoqda. Shu bois, endiga sharoitda yoppasiga konveyr usulida bir tur va 
qo‘rinishdagi mahsulot keraksiz bo‘lib qoldi. Bunday holat jahon adabiyotida
«postfordizm» deb yuritilmoqda. 
Shunday qilib, avvallari «miqdor», «miqyos» iqtisodi bo‘lsa, bugungi qunda
―sifat‖, ―turfa xillik‖ iqtisodi oldinga chiqmoqda. Demak, xo‘jalik tizimini, 
majmuasini turli yo‘nalishlar bilan boyitish, diversifikatsiya jarayonini
rivojlantirganlar yutadi. Faqat bir turdagi mahsulotni ko‘plab miqdorda ishlab 
chiqargandarning bozori «kasod» bo‘lmoqda.
Biz yuqorida bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va 
taklif to‘g‘risida aytib o‘gdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining
tub mohiyatini to‘laligicha ifodalamaydi. Sabab bu yerda raqobat, raqobat muhiti 
yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko‘rimli, xaridorgir bo‘lishi uchun ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog‘lom, madaniy 
bo‘lishi talab etiladi.
Raqobat uchun mulkchilik turli shaklda bo‘lishi, erkin va ochiq iqtisodiyot 
yuritish lozim. Binobarin, o‘tish davrida xususiyalashtirish va nodavlat sektorini
rivojlantirishga ahamiyat beriladi. Bu davrda eng avval savdo, maishiy xizmat 
ko‘rsatish korxonalari, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat, qurilish materiallari
sanoati osonroq «nodavlatlashadi». Shuning uchun bo‘lsa kerak, hozirgi vaqtda 
ko‘proq tog‘-kon, yoqilg‘i-energetika sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan
viloyatlarda (Navoiy, Qashqadaryo, Toshkent) xususiylashtirish darajasi past. Ayni 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling