«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
102 Sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida hududiy mehnat taqsimotining vertikal shaklida keskin o‘zgarishlar yuz berdi: ilgarigi ittifoqdosh respublikalar endigi mustaqil davlatlar, jumladan, O‘zbekiston jahon hamjamiyatining alohida subyekti sifatida bu taqsimotning birinchi bosqichidan joy oldi, ya‘ni beshinchi o‘rindan birdaniga birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Albatta, bunday «sakrash» oqibatida anchagina muammolar yuzaga keldi. Agar bu muammoni sobiq O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni darajasida ko‘rmoqchi bo‘lsak, hozirgi kunda qo‘shni respublikalar o‘rtasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, yagona iqtisodiy makonni shakllantirish juda qiyin bo‘lib qoldi. Buning sabablaridan biri barcha respublikalarning asosan bir xil mahsulot, ya‘ni paxta yetishtirishidir. Xuddi shunday vaziyat respublikamiz ichida yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning biryoqlama, paxta yakka hokimligiga, yo‘naltirilgan tizimining o‘rniga turli tarmoqlarga ixtisoslashgan xo‘jalik tarkibini vujudga keltirish zarur. Sobiq Ittifoqdan meros qolgan hududning tor ixtisoslashuvi ayrim viloyatlarda, masalan, Sirdaryo, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazmda tamomila o‘zgartirilganicha yo‘q. Shu bois, mamlaktimizda ichki — mintaqalar va viloyatlar va xatto viloyat doirasida mehnat taqsimotini chuqurlashtirish lozim. HMT ixtisoslashuvga, bir joyning ikkinchi joydan xo‘jalik yo‘nalishi bo‘yicha farq qilishiga, hududiy rang-baranglikka olib keladi. Bu esa iqtisodiy rayonlarning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, hududiy mehnat taqsimoti → ixtisoslashuv → iqtisodiy rayonlar o‘rtasida zanjirsimon aloqadorlik mavjud. Ta‘kidlash zarurki, HMT mintaqalarning iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlashga yordam beradi. Ammo, shu bilan birga hududlarga iqtisodiy aloqalar ham kerak. Zero, hududlarning xo‘jalik ixtisoslashuvi bo‘yicha turlanishi ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling