IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
392
II.5. AHOLI TARKIBI VA UNING KO‟RSATKICHLARINI ANIQLASH
Aholi tarkibi — bu aholining muayyan bir alomatlarga ko‗ra taqsimlanishi
yoki demografiya tili bilan aytganda, qandaydir o'zgaruvchilarga asoslangan
taqsimotidir. Tarkibni tuzish uchun asos
sifatida
tadqiqotchida
qiziqish
uyg‗otadigan
har qanday tavsifdan
foydalanish mumkin. Odatda, turli fan
vakillari
(demograflar,
iqtisodchilar,
sotsiologlar va h.k.) aholi tarkibini
quyidagi o ‗zgaruvchilar sinfiga asoslanib tuzadi:
•
aksripitiv
(tug'ilganda hisobga olinuvchi) tavsiflar: jins, yosh,
irqiy
mansublik, etnik mansublik va boshqalar;
•
ijtimoiy
tavsiflar: nikoh holati, savodxonlik va ta‘lim, maktabda o ‗qiti!ishi
(bolalar va o'smirlar uchun), kelib chiqishi, ona tili,
fuqarolik holati, diniy
mansubligi va h.k.;
•
iqtisodiy
tavsiflar: daromad manbai,
ish bilan bandlik maqomi, kasbi,
mutaxassisligi va h.k.;
•
migratsion
tavsiflar: tug'ilgan joyi, mazkur aholi manzilgohida qancha
vaqtdan beri yashayotganligi, u yoki bu vaqt ichida
yashash joyini necha marta
o‗zgartirganligi va h.k.;
•
vitol
(demografik) tavsiflar: nikohga kirish yoshi, nikohning tartib raqami,
tug'ilgan farzandlar soni, bola tug'ilgandagi yoshi, homiladorliklar soni,
genetik
oraliqlar (intervallar), tug'ilishlar soni, o'lim soni, o'lik tug'ilganlar soni va
boshqalar;
•
oila
(uy xo'jaligi) tavsiflari: uy xo'jaligi turi, kattaligi, tarkibi va boshqalar.