«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet366/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

394 
Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, 100 ta tug‘ilgan qiz bolaga 105-107 ta o‘g‘il 

bola tug‘ilishi qayd etilgan. O‘g‘il bolalar sonining qiz bolalar soniga nisbatan


yuqoriligi ularning 15-20 yoshlarigacha saqlanib boradi. 20 yoshdan boshlab esa
jinslar nisbati tenglasha boshlaydi. Chunki, o‘g‘il bolalarda chaqaloq, bolalik va
o‘smirlik davrlarida qiz bolalarga nisbatan o‘lim yuqoriroq bo‘ladi. Aholining 15-
20, 20-24 yosh guruhlaridan boshlab esa ayollar soni nisbatan yuqori bo‘la
boshlaydi. Bunga qator omillar ta‘sir qiladi. Jumladan,

yoshlik va o‘rta yoshlik davrida erkaklarning ko‘p qismi og‘ir mehnat 


bilan mashg‘ul bo‘lishi;



psixologik va ruhiy jihatdan erkaklarda ruhiy ichikish (asabiylashishni


o‘ziga singdirish natijasida nerv faoliyatining meyordan chiqishi)ning 
kuzatilishi;

erkaklarning inson salomatligi uchun zarali bo‘lgan alkogolizm,


chekish, giyohvandlik kabi illatlarga moyil bo‘lishi; 

yosh va o‘rta yosh erkaklarning o‘limiga davlatlar va xalqlar o‘rtasida 


sodir bo‘ladigan turli urushlar ham sabab bo‘ladi.


Bu omillar ta‘sirida dunyoning turli qismlari aholisining jinsiy tarkibida 
turlicha nisbatni kuzatish mumkin. Garchand, dunyo bo‘yicha har 1000 ta ayolga
1021 ta erkak to‘g‘ri kelsada, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan mintaqalaridagi 
mamlakatlarda har 1000 ta ayolga: Germaniyada 915, Fransiyada 955, Angliyada
958, Italiyada 950, Kanadada 980, AQShda 953 ta erkak to‘g‘ri keladi.
Osiyo va Afrikaning rivojlanayotgan qator mamlakatlarida esa erkaklarning
salmog‘ini yuqoriligi kuzatiladi. Jumladan, Osiyodagi mamlakatlarda 1000 ta 
ayolga 1038 ta erkaklar to‘g‘ri keladi. Afrika va Osiyoning rivojlanayotgan
mamlakatlarida ayollar salmog‘ining pastligi ularning iqtisodiy jihatdan qoloqligi, 
ayollarning og‘ir qishloq xo‘jaligi ishlarida bandligi, ko‘p holatlarda erta turmush
qurishlari, ko‘p bola tug‘ish, huquqiy kamsitish va diniy aqidalarning ta‘sirini 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling