IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
393
U yoki bu alomatlar bo'yicha ma‘lumotlar aholini ro'yxatdan o'tkazishda va
demografik hodisalarni hisobga olishda inobatga olinadi. Ushbu alomatlar
bo'yicha, aholi tarkibi haqidagi umumlashgan ma‘lumotlar tuziladi.
II.5.1. Aholining aksripitiv (tug‟ilganda hisobga olinadigan) tavsifi:
AHOLINING JINSIY TARKIBI
Inson yaralibdiki, u ikki jins vakili sifatida shakllangan. Diniy jihatdan,
inson ilohiy ravishda yaratilgani, ayol (Momo Havo – dastlabki ayol sifatida) erkak
(Odam Ato – dastlabki erkak)ning chap qovurg‘asidan olingani keltiriladi. Olimlar
ham qovurg‘alar soni toq ekanligini aniqlashgan. Ilmiy jihatdan esa insonga
evolutsiya hosilasi sifatida yondashiladi. Umuman olganda, farzand dunyoga
keltirish qobilyatiga ega jins vakili –
ayol
, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan,
lekin ushbu jarayonning omili hisoblanuvchi jins vakili –
erkak
hisoblanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni oqilona va samarali rivojlantirishda aholining
yosh va jinsiy tarkibini o‘rganishning ilmiy hamda amaliy ahamiyati g‘oyatda
katta. Xalq xo‘jaligining moddiy (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlari) va
nomoddiy (turli xizmatlr ko‘rsatish korxonalari, tashkilotlari va muassasalari,
ijtimoiy-madaniy, boshqaruv, huquqni himoya qilish tashkilotlari va h.k.) sohalarni
hamda iste‘mol mollarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak va h.z.) ishlab chiqarish
bevosita aholining yosh va jinsiy tarkibiga bog‘liq holda rivojlantiriladi. Masalan,
mamlakat va uning turli mintaqalari aholisining yosh va jinsiy tarkibini aniq bilish
mehnat resurslarining sonini hisoblab chiqarishga, uning hozirgi soninigina emas,
balki kelajakda qanday o‘sishini ham aniq bilib olishga, shuningdek, maktabgacha
tarbiya muassasalariga, maktabning 1-sinfiga boradigan bolalar sonini bilish,
nikoh va tug‘ilish darajasini aniqlash, erkak va ayollarning salmog‘i va yoshiga
qarab ishlab chiqarishni tashkil etishda muhim omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |