IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
400
Manba:
Qayumov A., Safarov I., Tillaboyeva M. Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi:
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. –T.; ―O‘zbekiston‖, 2014. [40-b.]
Ayni paytda, tug‘ilish yuqori bo‘lgan
hududlarda bolalar, yoshlar salmog‘i
yuqori bo‘ladi. Tug‘ilish darajasi past bo‘lgan hollarda esa aholi tarkibida
qariyalar
(60 yosh va undan yuqori) salmog‘i yuqori va o‘lim hollari ko‘proq sodir bo‘ladi.
Aholi yosh tarkibini o‘rganganda, aholining alohida har bir yoshlarga (0, 1,
2, 3, 4, 5..., …n) besh yillik yosh guruhlariga (10-14, 15-19..., …n) va uch yirik-
yirik guruhlariga (0-14, 15-59, 60-n) ajratiladi (1-jadval).
Aholi yosh tarkibi o‘ziga
xos kategoriya hisoblanadi,
shuningdek,
u uch
asosiy omil ta‘sirida shakllanadi:
1) yangi tug‘ilganlardagi jinsiy nisbat;
2) o‘limdagi jinsiy farq;
3) aholi migratsiyasidagi jinsiy farq.
Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o‘rganish obyekti sifatida o‘z kelib
chiqish va rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo‘nalishlarga
bo‘linadi:
a) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili;
b) aholi yosh tarkibining shakllanish qonuniyatlari
va ularning demografik
rivojlanishning omili sifatidagi o‘rni;
c) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligi.
Demografik
nuqtai nazardan yondashganda, aholining
bugungi yosh tarkibi
kechagi aholi takror barpo bo‘lishining natijasi
va kelajakdagi demografik
rivojlanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: