Nosirjon Uluqov


Download 493 Kb.
bet34/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Agglyutinativ tillar. So‘z yasalishi va shakl yasalishi agglyutinatsiya yo‘li bilan bo‘ladigan tillar. Masalan, fin-ugor tillari, turkiy, jumladan, ozbek tili.
Agglyutinatsiya. So‘zning asosiga turli affikslarni ketma-ket qo‘shilish jarayoni: maktab-lar-imiz-ga.
Akkomodatsiya. So‘zdagi yondosh tovushlar artikulatsiya-sining o‘zaro mos­lashuvi. Masalan, qafas so‘zida q chuqur til orqa undosh tovushidan keyin til oldi a unli tovushining til orqa unlisi kabi talaffuz qilinishi.
Aksidensiya. Sezgi organlari yordamida his qilish mumkin bo‘lgan belgilar, oraz.
Alifbo. Harflarning muayyan tartibdagi majmui, ma’lum tartibda joylashgan holati. Masalan, yangi o‘zbek alifbosida harflarning Aa, Bb, Dd, Ee tartibida joylashuvi.
Allofona (yun. allos – boshqa; phone – tovush). Bir fonemaga birlashuvchi fonalar.
Allomorf (yun. allos – boshqa; morhe – shakl). ayn. Allomorfa.
Allomorfa. Morfemaning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatib bo‘lmaydigan variantlari, uning bir ko‘rinishi, morflari. Masalan, -ga, -ka, -qa jo‘nalish kelishigi qo‘shimchalari kabi.
Alohida so‘z turkumlari. Mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga mansub bo‘lmagan so‘zlar guruhi. Modal, taqlid va undov so‘zlar alohida so‘z turkumlari bo‘lib, bu turkumlarga mansub so‘zlar alohida so‘zlardir. Masalan, zero, jumladan, darhaqiqat, taq-tuq, yalt, eh, salom, ofarin kabi.
Amaliy tilshunoslik. Tilshunoslikning lingvistik masala-larni amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohasi. Amaliy tilshunoslik mashinaviy tarjima va yozuv, imlo masalalari bilan shug‘ul-lanadi.
Amorf tillar (yun. amorphos – shaklsiz). Affikslarga ega bo‘lmagan, so‘zlar orasidagi grammatik aloqalar bitishuv yo‘li bilan yoki yordamchi so‘zlar vositasida ifodalanadigan tillar. Masalan, xitoy tili.
An’anaviy tilshunoslik. Tilshunoslikdagi faqat til qismlari va tuzilishining ichki munosabatlarini, bog‘liqliklarini yoritish bilan birga til va tafakkurning o‘zaro munosabati, tilning jamiyat bilan, shu tilda so‘zlashuvchi jamoa bilan aloqasi kabi masala-larni o‘rganadigan yo‘nalishi.
Analitik tillar. Grammatik ma’nolar yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi, ohang yordamida ifodalanadigan tillar. Masalan, ingliz, frantsuz, ispan tillari analitik tillar guruhiga kiradi.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling