Nosirjon Uluqov


Download 493 Kb.
bet42/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Sintaktik munosabat. So‘z birikmasi tarkibiy qismlari va gap bo‘laklari orasidagi munosabat.
Sintaktik valentlik. So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birikuvi.
Sintetik qurilish. Grammatik ma’noning sintetik usul bilan ifodalanishiga asoslangan qurilish.
Sintetik tillar. Grammatik ma’nolar shakl yasovchi affiks-lar vositasida ifodalanadigan tillar. Mas., rus va nemis tillari.
Sintetik usul. Grammatik ma’noning affikslar hosil bo‘lishi, ifodalanishi.
Sinxroniya. Tilning hozirgi tuzilishini, holatini o‘rganish.
So‘z turkumlari. So‘zlarning umumiy leksik, grammatik xususiyatlariga ko‘ra guruhlari. So‘z turkumlari uch guruhga bo‘linadi:
1) mustaqil so‘z turkumlari;
2) yordamchi so‘z turkumlari;
3) oraliq (alohida) so‘z turkumlari.
Sotsiolingvistika (lot. soci (etas) – jamiyat + lingvistika). Tilshunoslikning tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyoti sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi.
Strukturalizm. Tildagi ichki aloqalar va bosqichlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganuvchi oqim.
Sun’iy til. Insonning tabiiy tilidan farq qiluvchi, shaxslar tomonidan maxsus ishlab chiqilgan yordamchi til. Mas., esperan­to (L.Zamengof, 1887), volapyuk (I.Shleyer, 1870).
Supersegmental fonetika (prosodika). Nutqning bo‘gin, takt, fraza kabi birliklarini o‘rganuvchi fonetika bo‘limi.
Tabiiy til. Kishilar o‘rtasida aloqa, fikr almashuv vositasi sifatida qo‘llanayotgan eng muhim aloqa vositasi.
Tabu. Diniy e’tiqod, irim, qo‘rqish ta’sirida ayrim so‘zlarning qo‘llanishini cheklash va man etish; ishlatilishi chek-langan so‘zlar. Masalan, chayon so‘zi o‘rnida eshak, oti yo‘q so‘zlarining qo‘llanishi.
Takt. Yagona urg‘u bilan aytiladigan bir yoki bir necha bo‘g‘inning ulanishidan tashkil topgan frazaning bir bo‘lagi. Masalan, Odob salomdan boshlanadi. Gapda uchta takt bor: odob, salomdan, boshlanadi.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling