Nosirjon Uluqov


Download 493 Kb.
bet40/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Nutq tovushi. Nutq a’zolarining faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi, akustik, artikulyatsion, lingivistik belgilarga ega bo‘lgan eng kichik nutq birligi.
Nutq. Tilning voqelanishi; so‘zlovchining til birliklaridan foydalanib fikr ifodalash jarayoni va shunday jaroyon natijasida yuzaga keladigan hodisa.
Nutqning fonetik bo‘linishi. Nutqning tovush, bo‘gin, takt va fraza kabi birliklarga bo‘linishi.
O‘lik til. Hozirgi davrda so‘zlashuv vositasi sifatida qo‘llanmaydigan til. Mas., lotin, eski slavyan, sankskrit tillari kabi.
O‘zakli tillar. Affikslarga ega bo‘lmagan tillar. Mas., xitoy, birma, vetnam tillari.
Paradigma. Til birliklari, grammatik shakllarning umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi, xususiy ma’nosiga ko‘ra farqlanuvchi tizimi. Mas., shaxs-son qo‘shimchalari paradig-masi; kelishik qo‘shimchalari paradigmasi kabi.
Paralingvistika. Tilshunoslikning o‘zaro aloqa-aralashuv-da imo-ishora, mimika, nutq vaziyati kabi omillarni o‘rganuvchi sohasi.
Piktografik yozuv (lot. pictus – bo‘yoqlar bilan tasvirlangan + grapho – yozamon). Nutq mazmuni rasm, shartli tasvir tarzidagi grafik shakllar asosida ifodalanadigan yozuv.
Polisintetik tillar. So‘z gap tarkibida o‘ziga xos strukturaga ega bo‘luvchi tillar. Mas., ba’zi hindu tillari.
Pozitsion o‘zgarishlar. Tovushlarning ma’lum holatda ro‘y beruvchi o‘zgarishlari. Reduksiya, proteza hodisalari pozitsion o‘zgarishlardir.
Psixolingvistika. Tilshunoslikning odam nutqi faoliyatini ruhiy jihatdan o‘rganuvchi bo‘limi.
Qiyosii-tarixiy tilshunoslik (komparativistika). Tishunos-likning qarindosh tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rgan-uvchi tarmog‘i.
Qiyosiy-tarixiy metod. Nisbatan keyingi vaqtlardagi yozma manbalar va jonli tilni qiyoslab o‘rganish asosida jonli til hamda yozma manbalarda qayd etilmagan qadimgi til faktlarini tiklashdan iborat lingvistik metod.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling