Nosirjon Uluqov
Download 493 Kb.
|
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Semasiologiya
Qiyosiy-tipologik metod. Tillarning qarindoshligidan qat’i nazar, ulardagi o‘xshash va farqli alomatlarni aniqlash metodi.
Rasmiy til. Alohida davlatda rasmiy tan olingan, barcha sohalarda ishlatiladigan til. Reduksiya (lot. redustio < reducere – qaytarmoq, qisqart-moq). Unli tovushlarning urg‘usiz bo‘ginlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi. O‘zbek tilida reduksiya hodisasi juda kam kuzatiladi. Masalan, og‘iz+i – og‘zi, burun+i – burni kabi. Segment (lot. segment – bo‘lak) – nutqning fonetik jihatdan bo‘laklarga bo‘linishi (segmentlash) natijasida hosil bo‘lgan bo‘lak. Talaffuzdagi nutq bo‘lagi. Katta nutq bo‘lagi – fraza makrosegment, kichik nutq bo‘laklari: takt, bo‘g‘in, tovush mikrosegment birliklardir. Sema. Leksik ma’no (semema)ni hosil qiluvchi ma’no bo‘laklari. Semantik maydon. Ma’lum arxisema asosida birlashuvchi so‘z va iboralar majmui. Masalan, oziq-ovqat nomlari: palov, lag‘mon, sho‘rva, mastava, qotirma, manti kabi. Semantik valentlik. So‘zlarning ma’no jihatdan boshqa so‘zlar bilan birikuvchanligi. Masalan, sayramoq so‘zi yoqimli ohangdor ovoz chiqarmoq, xonish qilmoq ma’nosi bilan qush, yoqimli, shirali ovozda qo‘shiq aytmoq ma’nosi bilan xonanda so‘zini biriktira oladi: Sozandalar jo‘rligida xonanda bulbuldek sayradi. Gulning har shoxida bulbul sayrardi. Semantika (fran. semantique < yun. semantikos –ifodalovchi). Til birliklarining mazmun-ma’no tomoni va ular bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi. Semasiologiya. Til birliklarining, birinchi navbatda, lug‘aviy birliklarning semantik tuzilishi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi. Semema. ayn. Leksik ma’no. Semiotika (yun. semiotikos – belgi.). Turli-tuman belgilar (ramzlar) tizimining umumiy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. Sillabik yozuv. ayn. Bo‘g‘inli yozuv. Sinekdoxa (yun. sinekdoche – birgalikda anglash). Predmetning butuni orqali qismini, qismi orqali butunini ifodalash asosida so‘z ma’nosining ko‘chishi. Masalan, Yigit qizning qo‘liga uzuk taqdi. Gapda qo‘l so‘zining barmoq ma’nosida qo‘llangani kabi. Sintagma. Nutqning mazmun va ritmo-melodik jihatdan bir butunlikni tashkil etuvchi semantik-sintaktik birligi: O‘zbekiston/ – kelajagi buyuk/ davlat. Download 493 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling