Nosirjon Uluqov


Tarixiy-an’anaviy tamoyil


Download 493 Kb.
bet43/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Tarixiy-an’anaviy tamoyil. So‘z, asos va qo‘shimchalarni qanday talaffuz qilinishi, eshtilishidan qa’ti nazar tarixiy an’ana-larga muvofiq yozilishi. Masalan, Bobur, Navoiy, taqozo, musicha, kabutar kabi.
Termin (lot. terminus – chek, chegera, chegara belgisi). Fan, texnika va boshqa sohalarga oid narsa, voqeya-hodisa haqidagi tushunchalarni ifodalovchi, qo‘llanish doirasi shu soha-lar bilan chegaralangan so‘z va birikmalar. Masalan, fonema, morfema, leksema, sema, sintagma tilshunoslik, roman, vazn, turoq, radif, bahr adabiyotshunoslik terminlari.
Terminologiya (lot. terminus – chek, chegera, chegara belgisi + logos – so‘z, ta’limot). 1. Ma’lum sohaga oid terminlar majmui. 2. Tilshunoslikning terminlar yaratish tamoyillari, ularni tartibga solish muammolari bilan shug‘ullanuvchi, terminlarga doir ilmiy-nazariy va amaliy masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi.
Til sathlari. Tilni tekshirish jarayonida, uni tahlil etishning turli usullarida belgilanadigan qatlamlari. Tilning asosiy sathlari: 1) fonetik; 2) leksik; 3) grammatik.
Til shoxobchalari. Kelib chiqish jihatidan yaqinlik belgilariga ega bo‘lgan til oilalarining ichki guruhlari.
Tillar oilasi. Kelib chiqish asosining umumiyligi, fonetik, leksik va grammatik jihatdan o‘zaro o‘xshashligi, yaqinligi bilan izohlanadigan tillar guruhi. Mas., turkiy tillar oilasi.
Tillarning chatishuvi. O‘zaro ta’sir etuvchi ikki tildan birining g‘olib chaqishi va ikkinchi tilning esa g‘olib tilda biror fonetik, leksik, sintaktik izlar qoldirishi. Mas., kelt tili, frank tili.
Tillarning genealogik tasnifi. ayn Tillarning shajaraviy tasnifi.
Tillarning morfologik tasnifi. Tillarni grammatik shakl hosil qilish usullariga ko‘ra guruhlarga ajratish. Mas., amorf, agglyutinativ, flektiv, polisintetik tillar.
Tillarning tipologik tasnifi. ayn Tillarning morfologik tasnifi.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling