Metatil // etalon til. Turli til sistemalarini tasniflash uchun mezon vazifasini o‘tovchi til.
Metod. Muayyan fan sohasida qo‘llanadigan vosita va usullar tizimi.
Metonimiya (gr. metonimiya – qayta nomlash). Bir predmet, belgi, harakat nomini o‘zaro tashqi yoki ichki bog‘liqlik, aloqadorlik asosida boshqa predmet, belgi yoki harakatga nisbatan qo‘llash asosida ma’nosining ko‘chishi. Masalan, piyola so‘zining choy, samovar so‘zining choyxona ma’nosida qo‘llanishi.
Mikrolingvistika. Bir til sistemasidagi aloqalar va qarama-qarshiliklarni o‘rganish tilshunoslik.
Morfa (gr. morphe – shakl). Morfemaning so‘zshakl tar-kibida qatnashayotgan ko‘rinishi. Turli so‘zshakllarda ishtirok etuvchi bunday morfemalar majmui morfemani tashkil etadi. Masalan, ko‘rgali, olgani so‘zshakllaridagi -gali, -gani qo‘shim-chalari bir morfema, ya’ni ravishdosh qo‘shimchalari hisoblanadi.
Morfemika. Tilning eng kichik ma’noli birliklari – morfemalarning tuzilishi, turlari va vazifalarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Morfologik tamoyil. So‘z, asos va qo‘shimchalarni qanday talaffuz qilinishi, eshtilishidan qa’ti nazar yagona tarzda yozilishi. Masalan, o‘zbek tilida o‘tgan zamon shaklini yasovchi -di, ravishdosh shaklini yasovchi -ib qo‘shimchalari morfologik tamoyil asosida yoziladi: ketti emas ketdi, olibordi emas olib bordi tarzda yozilishi kabi.
Morfologiya. Grammatikaning so‘z turkumlari va so‘zlar-ning grammatik ma’nolarini o‘rganuvchi bo‘limi.
Mustaqil so‘z. Mustaqil holda leksik ma’no anglatuvchi, gap bo‘laklari vazifasini bajaruvchi so‘zlar. Ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l mustaqil so‘z turkumlari bo‘lib, bu turkumlarga mansub so‘zlar mustaqil so‘zlardir.
Nutq a’zolari. Nutq tovushlari hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi a’zolar.
Nutq apparati. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi a’zolar majmui: lab, tish, til, tanglay, kichik til, og‘iz bo‘shlig‘, burun bo‘shlig‘i, bo‘giz usti bo‘shlig‘i, o‘pka, bo‘giz, nafas yo‘li.
Do'stlaringiz bilan baham: |