Nosirjon Uluqov


Download 493 Kb.
bet35/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Aralash (gibrid) til. Tillarning aralashib ketishi natijasida hosil bo‘lgan sun’iy til. Masalan, pidjin-inglish tili (Yaponiya, Tinch Okeani orollari).
Areal lingvistika. Tilshunoslikning lingvistik areallarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi sohasi.
Asos morfema. Lug‘aviy ma’no anglatadigan, boshqa ma’noli qimlarga bo‘linmaydigan, so‘z va so‘zhakli yasash uchun asos bo‘ladigan morfema. Masalan, ishchi, suvsiz, olmalar, bolacha so‘zlaridagi ish, suv, olma, bola asos morfe-malardir.
Assimilyatsiya (yun. assimilatio – o‘xshab ketish). So‘z tarkibidagi tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida birini ikkinchisiga o‘xshashlik tomon o‘zgarishi. Masalan, ishni – ishshi, ochdi – ochti, otdan – ottan, otni – otti, bizni – bizzi, ketdi – ketti kabi.
Bilingvizm. Ikki tillilik.
Bo‘g‘in. Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush va tovushlar majmui. Bo‘g‘in qanday tovush bilan bitganligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) ochiq bo‘g‘in – unli tovush bilan bitgan bo‘g‘in: o-i-la, to-la, lo-la kabi;
2) yopiq bo‘g‘in – undosh tovush bilan bitgan bo‘g‘in: tong, kun-duz, to‘p-lam kabi.
Bobo til. Ma’lum tillar oilasining kelib chiqishi va shakllanish uchun manba, asos bo‘lgan til. Masalan, turkiy tillar oilasi uchun qadimgi turkiy til bobo tildir.
Dialekt (yun. dialektos – sheva, lahja). Aynan. Sheva, lahja (q.).
Dialektologiya (yun. dialektos – sheva, lahja + logos – tushuncha, ta’limot) Shevashunoslik. Tilshunoslikning sheva va lahjalarni o‘rganuvchi bo‘limi.
Diaxroniya (yun. dia – orqali + chronos – vatq). Tilning tarixiy tuzilishi, rivojlanishi va taraqqiyotini tarixiy aspektda o‘rganish.
Diereza. So‘z tarkibidagi undosh tovushlarning tushib qolishi. Masalan, go‘sht – go‘sh, do‘st – do‘s, sust – sus, to‘rt – to‘r kabi.
Dissimilyasiya (lot. dissimilatio – noo‘xshash). So‘zdagi bir xil yoki o‘xshash tovushlardan birining artikulyatsion-akustik jihatdan boshqa bir tovush tomon o‘zgarishi. Masalan, zarur – zarul, zarar – zaral, damba – danba, musulmon – musurmon, ambar – anbar kabi.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling