Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi


Download 141.78 Kb.
bet19/25
Sana08.11.2023
Hajmi141.78 Kb.
#1758348
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliy-fayllar.org

Polimodal ta’lim
YUqorida ta’kidlanganidaek, o‘quvchilarning xulq-atvori va aqliy faoliyati ularda bosh miya yarimsharlaridan qaysi birining etakchi bo‘lishiga bog‘liq. SHu sababli ta’lim jarayonida o‘quvchilar ma’lumotlarni qabul qilish va o‘zlashtirishda turli belgilar tizimi va turli anglash strategiyalaridan foydalanadilar.
Ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagog tomonidan o‘quvchilar bosh miyasining o‘ng yarimsharlar imkoniyatlarini etarlicha faollashtirilmasdan, asosan chap yarimsharlar faoliyatiga ko‘proq tayanilishi esa faqat chap yarimsharlar funksiyalarini faollashtirib, o‘ng yarimsharlar funksiyalari bilan o‘zaro ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o‘quvchining bilish faolligini pasayishi va o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasining tushib ketishiga olib keladi. Berilayotgan ma’lumotlarning bosh miya yarimsharlarini bir-biri bilan o‘zaro hamkorlikda va xamjihatlikda faol ishlashiga yo‘naltirilishi esa o‘quvchi tomonidan bilimlarni intensiv o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

Mazkur muammoni ratsional hal etish, ya’ni har bir o‘quvchining ta’lim olish uning atrof-muxitni tushunishi va tafakkur qilish jarayonlarining bir biridan farq qilishini xisobga olish yo‘llaridan biri – polimodal ta’limdir.


“Polimodal” tushunchasi “ko‘p modallik” ma’nosini anglatadi. Psixologiyada modallik – ma’lumotlarni qabul qilish va ishlashni amalga oshiruvchi ichki va tashqi reprezentatsiyalardan birining ko‘proq qo‘llanilishidir. Modalliklar vizual (yunon. visualis - ko‘rish), audial (yunon. audio - eshityapman), kinestetik (yunon. kinematos – xarakat) va digital (mantiqiy) turlarga bo‘linadi. Modalliklar submodalliklar bilan ifodalanadi.
Submodalliklar – ichki va tashqi reprezentatsiyalarning subklassifikatsiyasidir. Masalan, surat (vizual modallik) yorqinlik, rang, chuqurlik, bo‘rtiqlik kabi ko‘rinishlardagi submodalliklarga ega; tovush (audial modallik) – tovush balandligi, muxitda tarqalish chegarasi va shu kabilar; his qilish, sezish (kinestetik modallik) – intensiv, mayn, sirt shakli, uning qattiq yoki yumshoqligi va shu kabilar.
Polimodal (ko‘psensorli) ta’lim o‘quvchilarga o‘quv ma’lumotlarini berishda ularning ma’lumotlarni qabul qilish va ishlashni amalga oshiruvchi ichki va tashqi reprezentatsiyalaridan birining ko‘proq qo‘llaniladigani, ya’ni etakchi bo‘lgan reprezentativ tizimi (vizual, audial, kinestetik va digital)ga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Polimodal ta’limga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etish uchun o‘quvchining ichki va tashqi reprezentatsiyalarning subklassifikatsiyasini aniqlash kerak bo‘ladi.
Reprezentatsiyalarning subklassifikatsiyasini aniqlash pedagog tomonidan quyidagi tarzda amalga oshirilishi mumkin:
  1. O‘quvchidan bajonu-dil, o‘z xohishi, g‘ayrat va mamnuniyat bilan muvaffaqiyatga erisha oladigan faoliyatini tanlashi hamda bu to‘g‘rida batafsil gapirib berishi so‘raladi.


  2. So‘ng undan bajarishi uchun xoxish, g‘ayrat va shijoat (motivatsiya) etishmaydigan faoliyat to‘g‘risida gapirib berishi so‘raladi.


  3. O‘quvchi motivatsiyali va motivatsiyasiz bajaradigan faoliyatlari to‘g‘risida gapirib berishi jarayonida asosan qaysi submodalliklarga murojaat qilganligiga qarab o‘quvchining etakchi reprezentativ tizimi aniqlanadi.


Polimodal ta’limning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni olish mumkin:


  • har bir bola individualligi – barcha bolalarda ta’lim olish, atrof-muhitni tushunish va tafakkur qilish jarayoni turlicha kechadi, chunki ular ma’lumotlarni turli sensor kanallari orqali qabul qiladilar;


  • har bir bola tafakkurining o‘ziga hosligi – inson bosh miyasi yarim sharlarining ma’lumotlarni qabul qilish xajmi va ishlash tezligi, u yoki bu xotira tizimining ustunligi va tafakkur jarayonlarining borishi bilan farq qiladi;


  • har bir individ bosh miya yarim sharlari faoliyatining o‘ziga hosligi – maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda ushbu o‘ziga hoslikni xisobga olish.






Download 141.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling