Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Oyoq qiyimlariga qo„yiladigan gigienik talablar
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Oyoq qiyimlariga qo„yiladigan gigienik talablar.
Oyoq qiyimlari – oyoq kaftini eng qulay holatini ta‘minlashi lozim hamda oyoqni, sovuqdan, namliqdan ifloslanish va jarohatlanishdan saqlashi qeraq, 247 yurgan paytda oyoq panjalari 1,5 sm ga uzunlashib va 1,7 sm ga qengayadi, oyoq kiyimning tovon poshnasi 1,5 sm dan oshmasligi shart, ingichka tor va kalta oyoq kiyimlari oyoq panjalarini o‗zgartiradi. Oyoq kiyimlari tabiiy materiallardan charm, jun va sitetiq materiallardan tayyorlanadi. Foydalanishga chiqariladigan oyoq kiyimlarining 63 foizida sintetiq materiallar ishlatiladi. Oyoq kiyimlari qanday materialdan va qaysi formada ishlab chiqarilganidan qa‘tiy nazar, shu erning iqlimiga mos kelishi kerak. Issiq iqlim sharoiti uchun oyoq kiyimlarni tagligi charmdan ishlangani ma‘qul. Muomulaga chiqarilgan oyoq kiyimlari kiyish uchun qulay va engil o‗zidan bug‗ni yaxshi o‗tkazuvchan, suvni kam o‗tkazuvchan, kimyoviy jihatdan mustahqam, tez tozalanadigan va iqlimga mos bo‗lishi kerak. Bizga ma‘lumki, odamni oyoq kafti gumbaz yoki kuba shakliga ega va uning asosini va orqa tayanchini tovon suyagi tashkil qilib, old tarafdan 1 va 2 kaft suyakdan va 100 tadan ortiq bo‗g‗indan iborat. Oyoq kaftni gumbaz shaklida tuzilganligi, tana og‗irligi butun kafti barobar taqsimlab, ressora kabi yurishdagi har bir siltovni yumshatib beradi. Shuning uchun kundalik kiyish uchun keng, past poshnali oyoq kiyimi bo‗lishi kerak. Bu holda tana og‗irligi oyoq kiyimiga bir hilda taqsimlanib, yurganda oyoqni charchatmaydi, oyoq panjalari bemalol joylashadi. Ko‗p holda yosh qizlarga va ayollarga ko‗zimiz tushadi, ular baland poshnali, to‗lishig‗i haddan tashqari ingichka va uzun yoki qisqa qilib aytganda ― modadagi tufli kiyganlar‖ buni nimasi yomon? Bunday oyoq kiyimini oyoq panjalarida qadoq paydo bo‗lishi, oyoq barmoqlarini shaklini va joylashishini o‗zgartiradi. Tirnoqlarni noto‗g‗ri o‗sishiga imkon yaratadi va yassi tovonlikni keltirib chiqaradi. Baland poshnali oyoq kiyimi umuman zararli, qachon-ki uni doimo kiyib yurilsa, ayniqsa yosh o‗suvchi organizm uchun, baland poshnali tuflida yurishni qadam tashlashni, omonat qilib oyoq bo‗g‗imlari va oyoq paylari buzilib ketishi hafini tug‗diradi. Bundan tashqari yurganda gavda orqa tomonga tashlanib turadi. Chunki baland poshna siljiydi. Natijada mushaklar o‗ta zo‗riqadi, vaqt o‗tishi bilan gavdani holati ham o‗zgarib, ichki organning siljishiga sabab bo‗ladi. 248 Umurtqa pag‗onasining bel qismidagi egilgan joyi, ko‗piroq egiladi va natijada tazning uzunasiga kesimi kamayadi, homiladorliqda, tug‗ishda biroz qiyin bo‗ladi. SHuning uchun oyoq kiyimni xarid qilar ekanmiz, o‗zimizni oyoq panjalarining kun davomida uzayib va torayib turishligini yoddan chiqarmasligimiz kerak. Yomg‗irli kunlarda mikropona poshnali ( suv o‗tkazmaydigan ) etiklardan, yozda esa havoni yaxshi o‗tkazadigan sandallardan foydalanish lozim. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling