Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiaktivlikni ochilish tarixi
I BOB. RADIATSION GIGIYENA
6.1. Radiatsiya to„g„risida tushuncha Radiatsion gigiyena- bu ionlovchi nurlanishni inson organizmiga salbiy ta‘sirini shart-sharoitlarini o‗rganadigan va ionlovchi nurlarni organizmga salbiy ta‘sirini bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadigan fan hisoblanadi. Radiatsion gigiyenaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -xalq xo‗jaligi sohalarida qo‗llaniladigan ionlovchi nurlanish manbalari turlari va qo‗llash sharoitlari bilan tanishish; -nurlanishni turiga, dozasiga, nurlanish vaqtiga va boshqa radiologik tomonlariga bog‗liq bo‗lgan nurlanishni salbiy ta‘sirlarini aniqlash; -radiatsion nurlanishdan himoya qilishni sanitariya me‘yor va qoidalarini ishlab chiqish; -amaliy faoliyat yuritayotgan ishchilar o‗rtasida radiatsion xavfsizlik, uni sanitariya me‘yorlari va qoidalarini tatbiq qilish. Radiaktivlikni ochilish tarixi Nemis fiziki Vilgelm Kondrad Rentgen 1895 yil 8 noyabrda o‗zining laboratoriyasida qorong‗ida bariyning ko‗kimtir platinali kristallariga yaqin joyda ko‗kimtir nur taralayotganini topadi. Olimning aniqlashicha, bu katodga oid nur tarqatadigan kruksovoy trubka yaqinida joylashgan elektr toki bilan bog‗liq edi. Necha marta tokka ulanilgan bo‗lsa, shuncha marta yorug‗lik sezildi, lekin katod nurlari ko‗rinmas nurlar bo‗lganligi uchun bu yorug‗lik yangi ma‘lum bo‗lmagan nur bo‗lishi mumkin edi. Rentgen bu nurlarni X-nurlari deb nomladi. Germaniya olimlari buyuk kashfiyot oldida hayajonda qoldilar va bu nurlarni rentgen nurlari deb atashni taklif qildilar. Bu nurlarni o‗ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, bu nurlar o‗ralgan qora qog‗oz, insonni yumshoq to‗qimalari va hamma predmetlar orqali o‗tar edi. V. K Rentgen bu kashfiyoti uchun 1901 yilda nobel mukofotiga sazovor bo‗ldi. 1896 yilda fransuz olimi Anri Bekkerl bir necha kun oldin uran rudasi bo‗lagi bilan tasodifan bir joyda yotgan fotoplastinkani olib 129 keladi. Bu plastinka olib kelinganiga qadar kassetada bo‗lishiga qaramay kuygan edi. Radiaktivlik bu ba‘zi bir kimyoviy elementlarning yadrolarini ixtiyoriy ravishda parchalanishi oqibatida atrof muhitga turli nurlanishlarning tarqalishidir. Bu nurlanishni tashqi muxit bilan o‗zaro ta‘siri har xil belgili ionlarni hosil bo‗lishiga olib keladi va shunga bog‗liq holda bu nurlar ionlovchi nurlar deb aytiladi. Ionlovchi radiatsiya–bu shunday radiatsiyaki o‗zaro ta‘sir qiluvchi atomlarni ionlashga etarli bo‗ladigan energiyaga ega bo‗ladi. Ionlantiruvchi nurlar: alfa, beta, gamma, neytron, rentgen nurlari. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling