Nurlanishlarning biologik tasiri va undan himoyalanish. Mundarija: kirish I bob. Radiatsiya haqida umumiy tushunchalar
I BOB. RADIATSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Download 44.76 Kb.
|
kurs ishi (3)
I BOB. RADIATSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
1.1. Radiatsiya haqida Radiatsiya – bu nurlanish deganidir, ya‘ni D.I.Mendeleyev davriy jadvalidan o‘rin olgan radiaktiv el ementlardan chiqayotgan nurlardan tirik jonzotni kasallanishi. Nurlanish ionlantiruvchi nurlarning organizmga ta‘siri, ularning molekulaga ko‘rsatadigan ta‘siridan boshlanadi. Nur ta‘sirida qo’zg’algan atomlar, ionlangan molekulalar va erkin radikallar yuzaga keladi. Ular o‘z navbatida boshqa atom yoki molekulalar bilan ta‘sirlashib, yangi ionlar, radikallar va kimyoviy birikmalarni hosil qiladi, makromolekulalarda esa radiatsion zararlanishlar deb ataladigan o‘zgargan sohalar paydo bo‘ladi. Molekulalarning radiatsiyadan zararlanishi, ionlantiruvchi nurlarning bevosita yoki vositali ta‘siri natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Molekuladagi zararlanish nur fotonlarining bevosita yutilishi tufayli kelib chiqsa, radiatsiyaning bunday ta‘siri bevosita ta’sir deb nomlanadi. Molekulaning zararlanishi bevositali ta‘sir mahsulotlarining normal molekulaga ta‘sir etishi natijasida sodir bo‘lsa, bunday ta‘sir vositali ta’sir deb ataladi. Molekulalar radiatsion zararlanishining vositali ta‘siri murakkab ketma – ketlikka ega bo‘lib, u o‘z ichiga ionlantiruvchi nur energiyasining makromolekulaga berilgan vaqtidan boshlab, struktura va funksional jihatdan turg‘un o‘zgarishlar sodir bo‘lguncha bo‘lgan oraliqni oladi. Ionlantiruvchi nurlarning molekulaga bevosita ta‘sirini 3 bosqichga bo‘lish mumkin: Fizikaviy bosqich – ionlantiruvchi nurlanish energiyasining moddaga berilishi, fazoviy bo‘shliqda qo‘zg‘algan va ionlangan molekulalarning hosil bo‘lishi va notekis tarqalishi dastlabki s oralig‘ida sodir bo‘ladi. Fiz – kimyoviy bosqich – bu bosqich qo‘zg‘algan molekulalar orqali ortiqcha energiyaning taqsimlanishi va turli ionlar, radikallarni hosil qiluvchi har Kimyoviy bosqich – ionlantiruvchi nurlar ta‘sirida hosil bo‘lgan ionlar va radikallar natijasida struktura zararlanishlarining turli ko‘rinishlari yuzaga kelib, jarayon nurlantirish boshlanganidan keyin s oralig‘idagi vaqt ichida sodir bo‘ladi. Frаnsuz fizigi А.Bеkkеrеl urаn tuzlаridа yorug‘lik tа`siridа fоsfоrеssеnsiya hоdisаsi kuzаtilgаndеk, Rеntgеn nurlаridа hаm shu hodisa kuzаtilаdimi yoki yo‘qmi dеgаn mаqsаddа, urаn tuzlаrigа yorug‘lik tа`sirini o‘rgаnа bоshlаdi. 1896 yili 1 mаrtdа fоtоplаstinkаning qоrаyishigа qаrаb urаn tuzining, jismlаr ichigа kuchli kirа оlish xususiyatgа egа bo‘lgаn ko‘rinmаs nurlаr chiqаrishini аniqlаdi. Ko‘p o‘tmаsdаn Bеkkеrеl urаnning o‘zi hаm nurlаr chiqаrish xоssаsigа egа bo‘lisini аniqlаdi. Kеyin bundаy hоdisа tоriy atomidа hаm bоrligini kuzatdi. Tаshqi tа`sirisiz jismlаrdаn o‘z-o‘zidаn nurlаr chiqish hоdisаgа rаdiоаktivlik dеyilаdi. Rаdiоаktivlik D.I.Mеndеlееv dаvriy sistеmаsining eng оg‘ir elеmеntlаrgа xоs. 1898 yildа frаnsiya оlimlаri M.Sklаdоvskаya Kyuri vа P.Kyuri urаn minеrаlidаn urаn vа tоriydаn hаm аnchа kuchlirоq dаrаjаdа rаdiоаktiv bo‘lgаn ikki yangi mоddаni аjrаtdilаr. Ulаrni pоlоniy vа rаdiy dеb аtаdilаr. Rаdiоаktiv аtоmlаridа o‘z-o‘zidаn bo‘linish jаrаyonidа uch xil nurlаr tаrqаlаdi. Ulаr α,β,ϒ-nurlаr. ϒ-nurgа mаgnit vа elеktr mаydоnlаri tа`sir etmаydi. Mаgnit vа elеktr mаydоnlаri α ва β -nurlаrigа tа`sir etаdi. Tа`sir nаtijаsigа qаrаb α -nurlаr musbаt vа β -nurlаr mаnfiy zаryadlаrgа egа ekаnligini bilish mumkin. Hаqiqаtdаn hаm α -nurlаr iоnlаshgаn gеliy аtоmlаri, β -nurlаri elеktrоnlаrdаn ibоrаt. ϒ-nurlаr eng qisqа to‘lqin uzunlikkа egа bo‘lgаn kаttа enеrgiyali elеktrоmаgnit to‘lqinlаrdir. 1903 yili E.Rеzеrfоrd vа F.Sоddi rаdiоаktivlik jаrаyondа birоrtа kimyoviy elеmеnt bоshqа kimyoviy elеmеntgа o‘tishini аniqlаgаnlаr. Mаsаlаn, rаdiyning radоngа o‘tishi. Rаdiоаktivlik jаrаyondа enеrgiya аjrаlib chiqаdi. Mаsаlаn 1g rаdiydan nurlаnish jаrаyonidа 600 J enеrgiya ajralib chiqadi. «Nur energiyasi» deganda to‘lqin uzunligi har xil bo‘lgan elektromagnit nurlanishlari – radioto‘lqinlar, infraqizil nurlar, ko‘zga ko‘rinib turgan yorug‘lik, ultrabinafsha nurlar, re ntgen nurlari, gamma nurlar, shuningdek korpuskulyar nurlanishlari: alfa zarralar bilan beta zarralar, neytronlar va yadroning boshqa zarralari tushuniladi. Nur energiyasining tirik tabiatga ta‘sirini tekshirish bilan shug‘illanadigan fan radiobiologiya dir. Shu o‘rinda radiobiologiya haqida. Radiobiologiya ionlantiruvchi nurlarning organizm va uning populyasiyasiga ko‘rsatadigan ta‘sirini tekshiruvchi ilm sohasi bo‘lib, uning maqsadi organizmda ionlovchi radiatsiya ta‘siridan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va o‘sha o‘zgarishlar asosida yotgan mexanizmlar hamda qonuniyatlarni ochib, organizmni ionlovchi radiatsiyaning zararli va hattoki halokatli ta‘siridan himoya qilish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Ammo, sanab o‘tilgan masalalar o‘ta murakkab bo‘lib, ularni hal qilish uchun birinchi navbatda N. V. Timofeev-Ressovskiy ta‘kidlab o‘tganidek, yutilgan energiya bilan uning keltirib chiqaradigan biologik effekti o‘rtasidagi nomutanosiblikdan iborat radiobiologik paradoksning mohiyatini ochish talab etiladi. Mazkur paradoksni oydinlashtirish uchun misol keltiramiz. Ma‘lumki, 1000 rad nur dozasi ta‘siridan sut emizuvchilarga mansub hech bir hayvon tirik qolmaydi. Demak, bunday doza sut emizuvchilar uchun mutlaq halokat dozasi hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, ana shu 1000 rad nurning issiqlik ekvivalenti, soddalashtirib aytganda, odam tanasining haroratini atigi 0,001 ga ko‘tarishga etarli bo‘ladi, xolos! Radiobiologiya eksperemental fan bo‘lib, u tadqiqot natijalarining miqdoriy ifodalanishini talab etadi. Radiobiologiyaning ikkinchi bir o‘ziga xosligi hujayradagi har qanday molekula va strukturalar bilan sof statistik qonuniyat asosida ta‘sirlashuvchi radiatsion omilning o‘zigagina xos maxsusligidan kelib chiqib, tadqiqotlarning biologik tashkillanganligining molekulyar darajasidan tortib, populyasiyagacha bo‘lgan barcha tabaqalarda o‘tkazilishini zaruriyat qilib qo‘yadi. Bu esa, tadqiqot natijalarining yuqori darajalarga tadbiq qilinishini taqozo etib, radiobiologiyaning navbatdagi o‘ziga xosligini belgilaydi. Eksperemental yo‘l bilan qo‘lga qiritilgan natijalar amaliy ahamiyatga ega xulosalar shakllantirshga imkon beradi. Radiobiologiyaning navbatdagi va oxirgi o‘ziga xosligi, uning bosh masalasi – biologik ob‘ektlar va odamning nurlanishga ko‘rsatadigan javob reaksiyasini har xil modifikatsiyalovchi vositalar yordamida boshqarishning sun‘iy usullarini ishlab chiqishga intilishdan iborat. Radiobiologiyaning qayd etib o‘tilgan o‘ziga xosliklari, uni ilm sohasi sifatida o‘rganish uchun zarur bo‘lgan yondashishlar xarakterini belgilaydi. U radiatsion omilning fizikaviy tabiati bilan shartlanadigan , nurlanish ta‘sirining xilma-xil namoyonliklari ichidan har bir holatda ko‘rilayotgan reaksiyaning oqibati uchun mas‘ul kritik zvenoni ajratishga intilishdan iborat bo‘lishi lozim. Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling