Nurlanishlarning biologik tasiri va undan himoyalanish. Mundarija: kirish I bob. Radiatsiya haqida umumiy tushunchalar


III BOB. RADIATSIYA MANBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH


Download 44.76 Kb.
bet8/9
Sana29.01.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1137782
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (3)

III BOB. RADIATSIYA MANBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH
3.1. Radiatsiyaning tabiiy manbalari
Tabiiy radiatsiyaga quyoshdan keluvchi nur, kosmik nurlar, atrofmuhitning va inson tanasining radiatsiyasi, alfa, betta, gamma nurlar, neytronlar oqimi va shunga o‘xshahlar kiradi.
Yer shari aholisining asosiy qismi tabiiy nurlanish manbalaridan
nurlanadi.(1-sxema) Yer paydo bo‘lganidan buyon har xil ionlahsgan nurlar
yerga kosmosdan tushadi va yer qatlamida joylashadi. Ulardan qochishning
umuman iloji yo‘q. Butun yer shari aholisi tabiiy turlanishlar ta‘sirida bo‘ladi.
Lekin ulardan ayrimlari boshqalariga nisbatan katta miqdorda nurlanadi. Bu
uning qayerda yashashiga bog‘liq.
Tabiiy radiatsiya foni yiliga bitta odamga o‘rtacha 2*10-3 Gr nurlanish
dozasi to‘g‘ri keladi. Radiasiyadan himoyalanish bo‘yicha Xalqaro tashkilot
tomonidan nurlanish bilan bog‘liq yumushlarni bajaradigan xodimlar uchun
yillik cegaraviy dozani 0,05 Gr deb belgilangan. Qisqa muddat davomida 3-10
Gr nurlanish olish o‘limga olib keladi.


3.2. Radiatsiyadan himoyalanish usullari
Har qanday radiatsiya manbai (radioaktiv izotoplar, reaktorlar va hokazo)
bilan ishlashda nurlanishning ta‘sir doirasiga tushish mumkin bo‘lgan barcha
kishilarni radiatsiyadan muhofaza qilish tadbirlarini ko‘rish zarur.
Muhofaza qilishning eng oddiy metodi – odamlarni nurlanish manbaidan
yetarlicha katta masofada uzoqlashtirishdir. Hatto havoda yutilishini nazarga
olmaganda ham radiatsiya intensivligi manbagacha bo‘lgan masofaning
kvadratiga teskari proporsional ravishda kamayadi.
Nurlanish manbaidan yetarlicha katta masofaga ketishi mumkin
bo‘lmagan hollarda nurlanishdan muhofaza qilish uchun yutuvchi materiallardan
qilingan to‘siqlardan foydalaniladi. Bu to‘siqlar uchun eng yaxshi material bu qo‘rg‘oshindir. Chunki qo‘rg‘oshin radioaktiv elementlar qatorida eng songi
element bo‘lib hisoblanadi.
O‘tish qobiliyati katta bo‘lganligi uchun γ-nurlar va neytronlardan
muhofaza qilish juda ham qiyin. γ-nurlar qo‘rg‘oshinda eng ko‘p yutiladi. Sekin
neytronlar borda va kadmiyda yaxshi yutiladi. Tez neytronlar dastlab grafit
yordamida sekinlashtiriladi. Radioaktiv izotoplardan tibbiyotda va boshqa
maqsadlarda foydalanilganda ularni qo‘l bilan ushlash mutlaqo mumkin emas.
Ularni uzun maxsus qisqichlar vositasida ushlab foydalaniladi. Radioaktiv
preparatlarni qo‘rg‘oshinli idishlarda saqlash lozim.
Chernobl AES da bo‘lgan halokatdan so‘ng bizning mamlakatimizning
taklifiga ko‘ra Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)
energiya reaktorlarining xavfsizligi choralariga doir qo‘shimcha tavsifnomalar
qabul qilindi. Bu qo‘shimcha tadbirlar bir xil kilovatt-soat elektr energiya olish
uchun qilinadigan xarajatlarning birmuncha ko‘payishiga olib keladi. AES lar
xodimlarining ishlashiga doir yanada qat‘iyroq tadbirlar belgilanadi.


Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling