Nurlanishlarning biologik tasiri va undan himoyalanish. Mundarija: kirish I bob. Radiatsiya haqida umumiy tushunchalar


Download 44.76 Kb.
bet1/9
Sana29.01.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1137782
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (3)


MAVZU: NURLANISHLARNING BIOLOGIK TASIRI VA UNDAN HIMOYALANISH.


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………………………………….…..2
I BOB. RADIATSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR………………..………….….4
I.1 Radiatsiya haqida …………………………………………………………………………..……..……4
I.2 Ionlashtiruvchi nurlar ………………………………………………………………………..….……7
I.2,1 Korpuskulyar nurlar………………………………………………………………………..………..9
I.2,2 Elektromagnit nurlar…………………………………………………………………………..…..11
II BOB. RADIATSIYANING ORGANIZMLARGA TASIRI VA ULARNI O’LCHASH…..12
II.1 Radiatsiyaning tirik organizmlarga ta’siri……………………………………………….……12
II.2 Nurlanish dozasi va uning birliklari……………………………………………………..……..15
III BOB .RADIATSIYA MANBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH…………………..……23
III.1 Radiatsiyaning tabbiy manbalari…………………………………………………………….….23
III.2 Radiatsiyadan foydalanish usullari…………………………………………………………...25
XULOSA……………………………………………………………………………………………………….…..27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………………………..28

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
SH.MIRZIYOYEV
KIRISH
Maktabda fizika ta`limining ahamiyati uning fan – texnika taraqqiyotida,
ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o`rni bilan be lgilanadi.
Har bir fizik qonun hayotiy tanishishdan boshlanib, fizik tajribalar bilan
bog`langan. Tajriba natijalari umumlashtirilishidan qurilishi kerak bo`lgan
qonunning asosiy mazmuni kelib chiqadi.Zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlari, xalq xo`jaligining har bir sohasi fizika va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq. Oddiy o`quv ishlab chiqarish ustaxonalaridagi stanoklardan tortib hozirgi zamon energitikasi, radiotexnika, elektrotexnika, avtomatika, mashinasozlik, hisoblash texnikasi va boshqa har bir texnikaviy sohani fizika fani bilan bog`lamay tasavvur etib bo`lmaydi.Ushbu bitiruv ishimizda ―Atom va yadro fizikasi darslarida
―Radiatsiyadan himoyalanish‖ mavzusini o‘qitish metodikasi‖ mavzusini
o`rganish to`g`risida so`z yuritishdan oldin radiatsiya, radiatsiya manbalari,
uning tirik organizmlarga, umuman insonlarga ta‘siri, nurlanish dozalari va
uning birliklari, ionlantiruvchi nurlar va ularning turlari, undan himoyalanish
usullari, yadro qurollari, atom energetikasi haqida bilish, ular haqida to‘liqroq
atroflicha ma‘lumotga ega bo‘lish hozirgi zamon, XXI asr kishisi uchun muhim
masalalardan biri ekanligini ta‘kidlab o‘tmog‘imiz lozim. Chunki hozirgi kunda
sanoatning, fan texnikaning rivojini yadro energetikasisiz tasavvur qil ib
bo‘lmaydi. Atrofimizda mavjud bo‘lgan tabiiy va sun‘iy yorug‘lik manbalari –
quyosh va yulduzlardan kelayotgan, biz kundalik hayotimizda foydalanayotgan
oddiy yorug‘lik manbalari, televizor kompyuter qurilmalaridan tarqalayotgan
nurlarning insoniyat, butun tirik organizmlarga ta‘siri, ulardan foydalanish va
himoyalanishni bilmaydigan kishilarni biz hizirgi zamon kishisi deb
ta‘kidlashimiz juda ham noo‘rindir.
Ishning maqsad va vasifalari. Kurs ishimiz III bobdan
iborat bo‘lib I bobda radiatsiya, uning yuzaga kelish sabablari, ularni birinchi
bo‘lib kimlar tekshirganligi, ionlantiruvchi nurlar va ularning turlari haqida
atroflicha tushunchalar berib o‘tiladi. II bobda esa radiatsiyaning organizmlarga
ta‘siri va ularni o‘lchash haqida gapiriladi. III bobda radiatsiyaning tabiiy va
sun‘iy manbalari va ulardan foydalanish, radiatsiyaning insonlarga ta‘siri va
undan himoyalanish usullari haqida atroflicha ma‘lumotlar beriladi.
Hozirgacha bizda mavjud bo‘lgan ona tilimiz - o‘zbek tilidagi o‘quv
adabiyotlarida, akademik litsey va maktab o‘quv qo‘llanmalarida bu mavzuga
aloqador ma‘lumotlar juda kam va yuzaki tushuntirib o‘tilgan. Shu sababdan
ham maktab litseylarda bizga shu mavzuga aloqador ma‘lumotlar bazasi juda
ham kerak bo‘ladi. Bu esa yuqorida aytib o‘tilgandek bizda yetarlicha emas.
Kurs ishimizni ushbu ―Atom va yadro fizikasi darslarida
―Radiatsiyadan himoyalanish‖ mavzusini o‘qitish metodikasi‖ mavzusida
olishdan maqsadim ushbu mavzuga aloqador ma‘lumotlarni iloji boricha
ko‘proq yig‘ib, ularni atroflicha muhokama qilib, mavzuni chuqurrroq
yoritishdir.

Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling