Nurlanishlarning biologik tasiri va undan himoyalanish. Mundarija: kirish I bob. Radiatsiya haqida umumiy tushunchalar
Download 44.76 Kb.
|
kurs ishi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- N e y t r o n l a r
- II BOB. RADIATSIYANING ORGANIZMLARGA TA’SIRI VA ULARNI O’LCHASH 2.1. Radiatsiyaning tirik organizmlarga ta’siri
P r o t o n l ar bilan d e y t r o n l a r – bitta elementlar musbat zaryadli
yengil yoki og‘ir vodorod yadrolaridir. Bu zarralar ba‘zi bir yadro reaksiyalarida atom yadrolaridan otilib chiqadi yoki siklotronlarda, sinxrotsiklotronlarda va yadro zarralarini tezlatuvchi boshqa ustanovkalarda katta tezliklarga q adar tezlatiladi. N e y t r o n l a r – elektr zaryadi bo‘lmagan va massasi protonlar massasiga yaqin keladigan zarralardir. Bu zarralar ba‘zi bir yadro reaksiyalarida, jumladan uran va plutoniy yadrolarining b o‘linish reaksiyasida atom yadrolaridan otilib chiqadi. 1.2.2. Elektromagnit nurlar Elektromagnit nurlar tarkibiga asosan Rentgen va gamma nurlar kiradi. Ular eng kuchli o‘tuvchi qobiliyatga ega – bir necha 10 sm. Rentgen nurlari bilan gamma- nurlar to‘lqin uzunligi kichik bo‘lgan elektromagnit tebranishlaridan iborat. R e n t g e n nurl a r i atom qobiqlarida elektronlarning surilishi oqibatida kelib chiqsa, g a m m a-n u r l a r radioaktiv parchalanish protsessida atom yadrolaridan sochilib chiqadi. Gamma nurlar kiruvchanlik qobiliyati eng kattadir. Uning to‘lqin uzunligi dan sm gacha bo‘ladi. U elektromagnit to‘lqindan iborat. Rentgen nurlari bilan gamma- nurlar energiya bo‘laklari — kvantlar shaklida sochilib chiqadi deb hisoblaydilar. Kvantlar energiyasi har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘zga ko‘rinib turgan yorug‘lik qanday tezlik bilan tarqalsa, rentgen nurlari bilan gamma-nurlar ham o‘shanday tezlik bilan, ya‘ni sekundiga 300 000 km tezlik bilan tarqaladi. Ular organizm to‘qimalari bilan ta‘sirlashadi va tez uchuvchi elektronlar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan energiya esa toqimalar molekulasini ionlatishga sarflanadi. II BOB. RADIATSIYANING ORGANIZMLARGA TA’SIRI VA ULARNI O’LCHASH 2.1. Radiatsiyaning tirik organizmlarga ta’siri Radioaktiv moddalarning nurlanishi barcha tirik organizmlarga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Organizm hujayralarining hayot faoliyatini izdan chiqarish uchun energiyasi batamom yutilganda jismning temperaturasini 0,001 gina ko‘tara oladigan kuchsiz nurlanish kifoya ekan. Radioaktiv nurlanish ta`sirida jonli organizm atom va molekulalarining ionlashuvi ro‘y beradi. Bu esa molekulyar bog‘lanishlarning va turli kimyoviy birikmalar kimyoviy tuzilishining buzilishiga olib keladi. Hujayraning kimyoviy tuzilishidagi buzilish esa undagi modda almashinuvining buzilishiga va natijada hujayraning halokatiga sabab bo‘ladi. To‘qima birlik massasi yutadigan energiya, ya`ni yutiladigan nurlanish dozasi ortishi bilan nurning zararlanish darajasi ham ortib boradi. Organizmning nurlanish ta`siriga umumiy reaksiyasi nurlanish dozasiga, nurning turiga, nurlanayotgan sirtning o‘lchamlariga, nurlanayotgan organning sezgirligiga, organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Nurlanishning organizmga ta`sirini baholashda tashqi va ichki nurlanishni farqlash kerak. Radiatsiyaning ba`zi turlari (alfa nurlar) tashqi nurlanishda uncha xavfli bo‘lmasada, biror ichki organizmda nurlanganda jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Tashqi nurlanishda gamma (va rentgen) nurlaridan va neytronlardan himoyalanishga alohida e`tibor bermoq kerak. Chunki bu nurlar katta singish qobiliyatiga ega. Organizm qancha katta va murakkab bo‘lsa, nurlanish ta`sirida shunchalik tez yemiriladi. Tez rivojlanayotgan organizmning nurga sezgiriligi ham ancha kuchli bo‘ladi: ko‘payayotgan organlar yaxshi rivojlangan muskul to‘qimasiga nisbatan, hayvonlarning rivojlanayotgan embrionni kattasiga nisbatan, o‘sayotgan urug‘ tinch turganiga nisbatan tez yemiriladi. 1-jadvalda tirik organanizmlarning radiatsiyaga chidamlilik darajalari keltirilgan. Yana shuni ta`kidlash lozimki, kam dozadagi nurlanish, garchi yomon genetik o‘zgarishlarga sabab bo‘lsa ham, ba`zi hollarda o‘simliklarning o‘sishiga va rivojalanishiga ham olib kelishi mumkin. Tirik hujayra – ba‘zi qismlari, hatto salgina buzilganda ham o‘zining normal faoliyatini davom ettira olmay qoladigan murakkab mexanizmdir. Intensivligi juda oz bo‘lgan nurlanishlar hujayraga jiddiy shikast yetka zishi va xavfli kasallik (nur kasalligi)ni keltirirb chiqarishi mumkin. 2.1-jadval Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling