Nurlanishlarning biologik tasiri va undan himoyalanish. Mundarija: kirish I bob. Radiatsiya haqida umumiy tushunchalar
kun davomida nurlanganlarning 50% i halok bo’ladi
Download 44.76 Kb.
|
kurs ishi (3)
30 kun davomida nurlanganlarning 50% i halok bo’ladi
Nurlanish intensivligi katta bo‘lganda tirik organizmlar nobud bo‘ladi. Nurlanishlarning xavfi ularning, hatto nobud qiladigan dozalarda bo‘lganda ham hech qanday og‘riqq bermasligi bilan yanada ortib ketadi. Nurlanishning biologik ob‘ektlarni nobud qiluvchi tasirining mohiyati hali yetarlicha o‘rganilmagan. Biroq shu narsa aniqki, bi nurlanish natijasida atom va molekulalar ionlashadi va shu tufayli ularning ximiyaviy aktivligi o‘zgarib ketadi nurlanishga hujayralarning yadrolari, ayniqsa, tez bo‘linadigan hujayralarning yadrolari sezgir ekan. Shuning uchun nurlanish birinchi navbatda organizmda ilikni shikastlaydi, buning natijasida qon hosil bo‘lish jarayoni buziladi. So‘ngra ovqat hazm qilish yo‘lining va boshqa a‘zolarning hujayralari shikastlanadi. Radiaktiv izotoplar yemirilib tugamaguncha bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib, bir moddadan ikkinchisiga aylanaveradi. XX asrda inson radiaktiv moddalarni Yer bag‘ridan qazib sirtiga chiqardi va turli muhitga qayta taqsimladi. Yadro qurolini sinashda atom sanoatida chiqariladigan turli tuman chiqindilar havoni ifloslantira boshladi. Buning natijasida atmosfera C14 miqdori 4,8-6,68 o‘simliklarda 4,25% okean suvlari yuzida 2% ga ortganligi aniqlandi. Radiaktiv moddalarning eng xavflisi o‘simliklar urug‘ida to‘planib qolgani hisoblanadi. Bunda ekilgan urug‘dan radiaktiv modda yangi o‘simlikka o‘tadi. Bundan esa havo ifloslanib, havodan inson va hayvonlarga o‘tadi, o‘simliklarning bargi atmosferadagi radiaktiv moddalar bilan eng ko‘p zaharlanadi. Radiaktiv moddalar bilan ifloslangan o‘tni yegan sigirning sutiga radiaktiv yodning konsentratsiysi 1,4·10-6 kyuri/1 ga tengligi aniqlangan. Nurlanish xromasomalaridagi genlarni nobud qilib naslga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda bu ta‘sir zararli bo‘ladi. Tirik organizmlarga radioaktiv nurlar ta‘sir ettirish ma‘lum foyda keltirishi ham mumkin. Zararli shishlar(rak)dagi tez ko‘payadigan hujayralar nurlanishlarga normal hujayralardan ko‘ra sezgirroqdir. Rak shishlarini radioaktiv preparatlarning γ-nurlai bilan yo‘q qilish shunga asoslangan bo‘lib, bu maqsadda qo‘llanib kelgan rentgen nurlaridan ko‘ra ko‘proq samaralidir. Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling