Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet168/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

 
 
 
 
 
 
 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
 
 12-mavzu. Nutq o`stirshmashg„ulotlarini tashkil etish shakllari 
Reja:
1.Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bola nutqini o„stirish va rivojlantirish 
masalalari 
2.Bolalarda nutq rivojlanishini rag„batlantiruvchi yoki unga to„sqinlik 
qiluvchi kuchlarni aniqlash 
Tayanch tushuncha va iboralar: nutq rivojlantirish,muloqot, otnogenezis, 
bola nutqi, nutq o‘stirish, nutqni rivojlantirish, nutqni tushunishni 
takomillashtirish, pedagog, psixolog. 
Ilk bolalik chog‗iga taalluqli bo‗lgan nutq o‗sishi va rivojlanishi bosqichlari 
turli sohalar olimlarini, jumladan pedagog-psixologlar, lingvistlarni, eng avvalo, 
bu nutq rivojlanishidagi o‗ziga xos davr bo‗lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning 
o‗ziga xosligi shundaki, u nutqni o‗stirish va rivojlantirish uchun senzitiv 
hisoblanadi: bu davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo‗ladi va 
takomillashadi; u shunchalik jadal sur‘atlarda rivojlanadiki, nutqning keyingi 
butun 
ontogenezi 
jarayonida 
ushbu 
holat 
boshqa 
kuzatilmaydi. 
K.D.Ushinskiyning ta‘kidlashicha, «…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson 
va tez o‗rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o‗qigan taqdirda 
ham uning yarmini o‗zlashtira olmaydi». 
Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‗rganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova, 
N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa ko‗plab taniqli olimlar
pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‗shishgan. 
Ilk yoshda nutqni o‗stirish va rivojlantirish ikki yo‗nalish bo‗yicha ro‗y 
beradi: 
1 – nutqni tushunishni takomillashtirish; 
2 – bola nutqining faolligini shakllantirish. 
Bolalar nutqini psixologiya-pedagogika nuqtai nazaridan tadqiq etishni 
F.A.Soxin va O.S.Ushakovalar tasnifiga ko‗ra, uchta yo‗nalishga ajratish 
mumkin: 
- tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik 
darajalarini shakllantirish; 
- funksional – kommunikativ funksiyada tilni egallash ko‗nikmalarini 
shakllantirish; 
- kognitiv – til va nutq hodisalarini eng oddiy usulda anglashni 
shakllantirish. 
Ilmiy tadqiqotlar va yo‗nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar 
nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy 
adabiyotda o‗rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. 
V.I.Loginova, 
YU.S.Lyaxovskaya, 
V.V.Gerbova, 
E.M.Strunina 
va 
boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‗zlashtirib olishlarining 
o‗ziga xos xususiyatlari yoritilgan. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‗atni o‗zlashtirishlarida ikki jihat 
ajratib ko‗rsatilgan: atrofdagi olam lug‗atini (so‗z boyligini) anglash bilan 
birgalikda rivojlantirish; lug‗atni til birligi sifatida o‗zlashtirish. Ular predmetli 
aloqalar va munosabatlar mantig‗ida ham, til mantig‗i borasida ham so‗z ustida 
ishlash zarurligini isbotlab berishgan. 
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda 
nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, 
M.I.Popova, A.V.Zaharova, V.I.YAdeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona 
tilining so‗z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar 
nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat 
odatdagi grammatik xatoliklarni o‗rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda 
grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e‘tiborni qaratish zarurligini 
isbotlash imkonini berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‗zlashtirilishi bo‗yicha 
o‗tkazilgan 
tadqiqotlarda 
(G.M.Lyamina, 
E.I.Radina, 
G.A.Tumakova, 
A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o‗rganish predmeti sifatida 
xizmat qildi. 
Logopediyaning bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish bilan bog‗liq 
masalalar doirasini ishlab chiquvchi profilaktik yo‗nalishi keng tarqalgan. 
Bolalar nutqini rivojlantirishga oid yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan yondashuvlar 
maktabgacha yoshdagi bolalarning tilni tizim sifatida, ya‘ni tovush tomoni, lug‗at 
tarkibi va grammatik tuzilishni birgalikda o‗zlashtirishlarini o‗rganish sohasiga 
taalluqlidir. 
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni 
ta‘minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‗z 
ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon 
nutq bola til boyligini qanchalik o‗zlashtirganligining ko‗rsatkichi hisoblanadi, u 
bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari E.I.Tixeeva, 
E.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og‗zaki nutq va 
hikoya qilishni o‗zlashtirishining o‗ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik 
nutqning o‗zaro bog‗liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni 
o‗qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab 
chiqilgan bo‗lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, 
adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va 
jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi. 
Monologik nutqni o‗stirish va rivojlantirish nazariyasi va metodikasining 
yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini 
o‗zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi 
nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari o‗rganiladi va uning 
negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‗rgatish metodikasi yaratiladi. 
F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni 
shakllantirishninig turli jihatlari bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni 
baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‗ra yanada aniqroq 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling