Nyuton qatorlardan matematik tadqiqotlarda qanday foydalanishni ko’rsatib berdi


Download 31.06 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi31.06 Kb.
#195740
1   2   3   4
Inertlik. Inertlik deb – jismning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish holatiga ayiladi. Shuning uchun ham Nyutonning birinchi qonuni inersiya qonuni ham deyishadi.

Nyuton qonunlari faqat inersiyal sanoq sistemalarida bajariladi.



Inersiyal sanoq sistemasi. Nyutonning qonunlari bajariladigan sanoq sistemalari inersiyal sanoq sistemalari deyiladi. Inersiyal sanoq sistemasiga nisbatan tinch yoki to’gri tekis harakat qilayotgan har qanday sistema inersiyal sanoq sistemasi.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, geliosentrik (koordinata boshlari quyoshnin markazida) sistemani inersiyal sanoq sistemasi deb hisoblash mumkin. Fizikada jud ko’p sistemalar inersial sanoq sistemalari sifatida qaraladi, chunki nu hollarda yo’l qo’yiladigan xatoliklar e’tiborga olinmaydigan darajada kichik bo’ladi.

Nyutonning qonunlari bajarilmaydigan har qanday sanoq sistemasiga noinersial sanoq sistemasi deyiladi.

Endi dinamika uchun juda zarur bo’lgan massa va kuch tushunchalari bilan tanishaylik.



Massa. Jismning massasi materiyaning asosiy harakteristikalaridan biri bo’lib, uning inertlik qobiliyatini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda o’zining tinch yoki to’gri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish qobilayati katta bo’lgan jismning massasi ham kattaroqdir. Fizikada massani m harfi bilan belgilash qabul qilingan. SI sistemasida massa birligi bi kilogramm, yani [m]=1kg. Jismning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini o’zgartirish uchun unga tashqaridan ta’sir ko’rsatilishi kerak. Bunday ta’sirni harakterlash uchun kuch tushunchasi kiritiladi.

Kuch. Demak, kuch ta’sirida jism o’zining harakat tezligini o’zgartiradi, ya’ni tezlanish oladi. Bunga kuchning dinamik namayon bo’lishi deyiladi. Shuningdek, kuch ta’sirida jism deformatsiyalanishi, ya’ni shakli va o’lchamlarini ham o’zgartirishi mumkin. Bunga kuchning static namayon bo’lishi deyiladi. Kuch vektor kattalik bo’lib, nafaqat son qiymati bilan, balki yo’nalishi va qaysi nuqtaga qo’yilishi bilan ham xarakterlanadi.

Kuch – vektor kattalik bo’lib, jismga boshqa jismlar va maydonlar tomonidan ko’rsatilayotgan mexanik ta’sirining o’lchovi hisoblanadi, va bu ta’sir natijasida jism yoki tezlanish oladi, yoki o’zining shakli va o’lchamlarini o’zgartiradi.


Download 31.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling