107
Epidemiologik zanjir:
shahar leyshmaniozida
kasallangan
inson - maskit
- sog4 odam, qishloq leyshmaniozida esa kasallangan kemiruvchi hayvon
- maskit - sog4 odamdir. Tibbiyotda:
1) qishloq atrofidagi yerlarni k o4zdan kechirib, kemiruvchi hayvonlarni
kovaklarini xlorpikrin, sianidlar bilan zaharlash usuli bilan yo'qotish;
2) chivinlarni, ular yashaydigan turg'un suv hovuzlarini insektitsidlar
(D D T , tiofos, geksoxloran) bilan zaharlash;
3) sog' o d a m la m i h im oya qilish - p a sh sh ax on a, repellentlarni
(«Tayga» m alham i, chinnigul yog'i, dim etilftalat, kerosin, ayrim efir
yog'lar) ishlatish;
4) kasallangan insonda umrbod saqlanadigan immunitet rivojlanga-
nini ko'zda tutib, endemik hududlarga chiqib turadigan (ekspeditsiya)
odamlarga, bugungi kunda turli emlash usullari taklif qilinyapti.
Davosi. Teri leyshm aniozining davolash natijalari bugungi kunda
q o n iq a rli em as. B u n in g a so siy sa b a b i, m o n o m itsin a m a liy o td a n
olingandan keyin (toksik ta ’siri borligi uchun), talabga javob beradigan
spetsifik preparat topilmadi. Bemor davolanmasa ham, vaqti kelib kasallik
o'z-o'zidan o'tib ketishini ko'zda tutganda, shifokorning asosiy vazifasi
- bemorga og'riq bezovta qilsa analgetiklar va yaralarni ikkilam chi
infeksiyadan himoya qilib, antibakterial va antiseptik malhamlar bilan
birga, yaralarning tez berkilib ketishiga qaratilgan vositalar berishdan
iborat.
TERINING ALLERGIK VASKULITLARI
Vaskulit termini (lot
.vasculum ,
katta bo'lmagan tomir) hozirgi vaqtda
mayda qon tomirlari yoki turli tomirlarning jarohatlanishida qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |