Entamoeba hystolitica
Lamblia intestinalis
Treponema carateum
Treponema bejel
Treponema pertenue
ZAXM (SIFILIS, SYPHILIS)
199
birlamchi va ikkilamchi davrlarida bemor organizmida antitanachalar
vujudga keladi (gumoral immunitet), uchlamchi davrida esa infeksion
granulema (hujayra immuniteti) kuzatiladi, antitanachalar kam bo'ladi.
Epidemiologiyasi. Zaxm kasalligi bilan faqat insonlar kasallanadilar.
Kasallik teri yoki shilliq pardalar orqali, sog'lom kishining bemor bilan
jinsiy aloqa qilishi tufayli yuqadi. Kamdan-kam hollarda bemor bilan yaqin
maishiy aloqada bo'lish (o'pishish, bemor shaxsiy gigiyena anjomlaridan
foydalanish: tish tozalagich, sochiq, mochalka, ichki kiyim, to'shak jildlariga
tushgan ajratmalar qurib ulgurmay ulardan sog' kishilarning foydalanishi)
o q ib a tid a yu qish i m um kin. Bem or q on in i (sero lo g ik tekshiruvdan
o'tkazmay) yuzaki ko'rsatmaga asosan, (ko'p qon yo'qotgan, qon quyilishi
zarur bo'lgan) boshqa kishilarga to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) quyish orqali
yuqishi mumkin. Kasb-kordagi ehtiyot chorasini ko'rmay, bemorlar bilan
tibbiy muolajalar qilish (jarrohlar, akusher-ginekologlar, stomatologlar,
derm atovenerologlar, hamshiralar) natijasida yuqishi mumkin. Bemor
homilador ayoldan ham platsenta orqali homilaga zaxm o'tishi mumkin,
bunday hollarda tug'ma zaxm vujudga kelishi kuzatiladi. Zaxmning yuqishi
uchun quyidagi sharoitlar yetarli: yangi, yetarli miqdordagi, virulentli
rangsiz treponemalar hamda teri va shilliq pardalarning epidermis yoki
epiteliy qoplam asining butunligi buzilgan bo'lishi. Ular hatto ko'zga
ko'rinmas darajadagi mikrojarohatlar bo'lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |