О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi


Download 6.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/112
Sana15.10.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1704269
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112
Bog'liq
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi

Resurslar
(fransuzcha “ressources” - vositalar, zahiralar) -
insonlar uchun moddiy va m a’naviy oziqa beruvchi va shunday 
oziqalami berishga mo‘ljallangan barcha manbalardir.
Jamiyatning moddiy, ilmiy va madaniy ehtiyojlarini 
qondirish uchun ijtimoiy ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy 
obyekt, sharoit va tabiatda bo‘ladigan jarayonlarga tabiiy resurslar 
deb aytiladi.
Tabiiy resurslarga qazilma boyliklar, iqlim, suv, tuproq, 
o‘simlik, hayvonlar, kosmik resurslar, atom resurslari kiradi.
Tabiiy resurslardan to ‘g ‘ri foydalanish, muhofaza qilish 
uchun ularni bir tizimga solish lozim.
Inson ta’sirining xarakteriga ko‘ra tabiiy resurslar, odatda, 
ikki kategoriyaga: tuzaydigan va tueamaydigan resurslarga 
boiinadi.
Tuzavdigan tabiiy resurslar, o‘z navbatida, ikki guruhga 
bo‘linadi: qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadiean resurslar.
Tiklanmaydisan tabiiy resurslarga yer osti boyliklari (temir 
rudasi, oltin, neft, gaz, ko‘mir va boshqalar) kiradi, ulardan 
muntazam foydalanish sababli zahirasi kamayib, so‘ngra tugashi 
mumkin.
Tiklanadizan tabiiy resurslarga butunlay yo‘q bo‘lib 
ketmaydigan va qayta tiklanadigan tuproq, o‘simliklar va 
hayvonot dunyosi (qisman), shuningdek, ba’zi bir cho‘kindi 
jinslar, tuzlar kiradi. Chunonchi, tuproq foydalanish natijasida 
butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki eroziyaga uchrashi
unumdorligini yo‘qotishi mumkin. Kishilaming xo‘jalik faoliyati
-
74
-


EKOLOGIYA
natijasida ba’zi bir o‘simlik va hayvonot dunyosi kamayib yoki 
butunlay yo‘q qilib yuborilishi mumkin. Bu resurslar (unumsiz 
tuproq, turi kamaygan o‘simlik va hayvonlar) foydalanish 
jarayonida qayta tiklanishi mumkin. Lekin, ulaming tiklanish 
tezligi turlicha. Ovlangan hayvonlar populyatsiyasining qaytadan 
tiklanishi uchun o‘nlab yillar kerak boisa, kesilgan o‘nnonlar 
tiklanishi uchun 60 yildan ortiq vaqt, 1 santimetr chirindili 
tuproqning paydo boiishi uchun 300-600 yil kerak bo‘ladi.
Tiklanadigan tabiiy resurslardan rejali, ilmiy va ulami 
muhofaza qilish qoidalariga rioya qilgan holda foydalanilsa, bu 
resurslar insonga abadiy xizmat qiiadi.
Tugamavdigan tabiiy resursiarga atmosfera havosi, suv, 
quyosh energiyasi va hokazolar kiradi. Biroq, kishilaming xo‘jalik 
faoliyati ta’sirida suv ifloslanib, natijada chuchuk suvning ba’zi 
bir hududlarda yetishmasligi seziimoqda. Chuchuk suv muammosi 
nafaqat 
respublikamizda 
balki, 
dunyoning 
katta-katta 
mamlakatlari (AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqalar) da ham 
sezilarli darajada paydo bo‘lmoqda.
Inson uzoq vaqt davomida jamiyat uchun zarur bo‘lgan 
tabiiy resurslar tugalmas, ulardan qancha foydalanilsa ham 
tugamaydi, degan tushunchaga ega edi. Ammo insonning tabiatga 
ko‘rsatgan 
ta’siri, 
uning 
tabiiy 
resurslaridan 
noto‘g‘ri 
foydalanilishi tufayli tabiiy muhit (havo, suv, tuproq va boshqalar) 
ifloslanib, xo‘jalikka va ayniqsa inson salomatligiga ta’sir eta 
boshladi.
Bugungi kunda, 0 ‘zbekistonda 1800 dan ortiq kon, 1000 ga 
yaqin istiqbolli qazilma boyliklari hosil bo‘lgan, 118 turdagi 
mavjud 
mineral 
xomashyodan 65 
turi 
о4 zlashtirilmoqda. 
0 ‘zbekiston oltin, kumush, plavikli shpat, mis zahiralari bo‘yicha 
dunyoda birinchi o‘nlik davlatlari qatoriga kiradi. MDH da
-
7 5
-


EKOLOGIYA
G ‘zbekiston oltin zahirasi va qazib olinishi bo‘yicha ikkinchi 
o ‘rin, kumush, mis, plavikli shpat, tabiiy gaz bo‘yicha uchinchi 
o ‘rinni egallaydi. Bugungi kunda, 0 ‘zbekistonda ochilgan 900 ta 
konlarda mineral xom ashyoning qariyb 100 turi qazib olinadi
shundan 60 turdan ortig‘i sanoatda o ‘zlashtirilgan va ishlatiladi. 
Respublikada ochilgan mineral xom ashyo resurslarining umumiy 
iqtisodiy bahosi 300 milliard AQSH dollari miqdorida baholanadi.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling