О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi


Download 6.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/112
Sana15.10.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1704269
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112
Bog'liq
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi

21-§. Cho‘llanish muammosi
Markaziy Osiyoda, shu jumladan, 0 ‘zbekistonda cho‘lga 
aylanish, ya’ni mavjud cho‘1 hududining kengayish jarayonlari 
alohida tashvishli holatdir. Bu faqatgina cho‘l hududlarining 
kengayib borishidagina emas, balki biologik mahsuldorlik 
darajasining o‘zgarishida ham namoyon boim oqda.
1977-yilda BMTning cho'llanishga qarshi kurash bo‘yicha 
Konferensiyasida 
"ChoMlanishga 
qarshi 
kurash 
bo‘yicha 
Harakatlar rejasi” 
qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi 
“Cho'llanishga qarshi kurash Konvensiyasi”ni 1994-yilning 7- 
dekabrida imzoladi va 1995-vilning 31-avgustida ratifikatsiya 
qildi.
0 ‘zbekistondagi cho‘llanish jarayonlari u yoki bu darajada 
hududning 80 % ini qamrab olgan. Konvensiya majburiyatlarini 
samarali amalga oshirish sharoitlarini yaratish maqsadida, 1999- 
yilda “Cho‘llanishga qarshi kurash Milliy harakatlar dasturi” 
ishlab chiqiHb, qabul qilindi va amaliyotga tadbiq etish amalga 
oshirilmoqda. Unda quyidagi ustuvorliklar belgilangan:
• 
Cho‘llanish 
rivojlanishining 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
oqibatlarini baholash;
• 
Hayot darajasini oshirishning zurur sharti sifatida yer, suv 
resurslari va ekotizimning boshqa elementlarini saqlash va 
tiklash;
• 
Cho‘llanish jarayoniari va oqibatlari tolg‘risida aholini 
m a’lumotlar bilan ta’minlash;
• 
Monitoring tizimini rivojlantirish, axborotlar bazasi va 
m a’hunotlar banklarini yaratish;
- 106-


EKOLOGIYA
• 
Qurg‘oqchilik va boshqa o‘ta xavfli hodisalaming erta 
oldini olish va oqibatlarini yumshatish tizimini yaratish;
• 
Ekologik xavf hududlariga alohida e’tibor bergan holda 
cho'llanish va qurg‘oqchilik muammolarini hal etishga 
jamoatchilikni jalb etish;
• 
Mintaqaviy hamkorlik.
Cho‘llanish biologik hosildorlik va yeming unuindorligini 
keskin 
kamayib 
ketishiga 
olib 
keladi, 
o‘rmon, 
yaylov, 
pichanzorlarnnig qisqarishini keltirib chiqaradi.
Degradatsiya, 
taxminan, 
qishloq 
xo‘jaligi 
uchun 
ishlatiladigan 5200 million gektar quruq yerning 70 
%
ini 
egallagan. Jahonda cho‘llanish har yili 23 million gektarga yaqin 
verni o ‘z domiga tortmoqda.
Tabiiy o‘rmonlarning va o‘simlik qoplamining qisqarishi, 
Orol 
dengizining qurishi, yangi 
katta 
tuzli choTlaming 
shakllanishi, haddan tashqari chorva mollarini boqish, hudud 
gidrologiyasining o ‘zgarishi va shunga o‘xshash holatlar, butun 
Ovrta Osiyo mamlakatlarida, choTlanish jarayonining faol 
harakatiga olib keldi. Ayniqsa, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va 
Turkmanistonda bu jaravon yaqqol ko‘zga tashlanadi.
- 1 0 7 -



Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling