О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
immunitet deyiladi.
Immunitet xillari. ChaqaLoq tug‘ilishigacha uning qonida ko‘pchilik kasal- liklarga qarshi tayyor antitelolar hosil bo‘ladi. Bu xildagi immunitet ota-onadan bolaga berilganidan tug‘та immunitet deyiladi. Ko‘kyo‘tal, qizamiq, suvchechak, tepki kabi yuqumli kasalliklardan keyin ham immunitet paydo bo'ladi. Infeksiyali kasalliklardan so‘ng paydo bo‘lgan bunday immunitet hosil qilingan immunitet deyiladi. Tug'ma va hosil qilingan immunitet tabiiy immunitet deyiladi. Ko'pincha poliomiyelit, qizamiq, tepki kasalliklaridan himoya qilish uchun odamlar emlanadi. Emlashda organizmga o‘ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar yuboriladi. Yuqumli kasalliklarni davolashda tayyor antiteloga ega bo‘lgan shifobaxsh zarcfoMardan foydalaniladi. Bunday zardoblar yuqumli kasallik bilan og‘rib sog‘aygan odam yoki hayvon qoni plazmasidan olinadi. Zardoblardan yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ham foydalaniladi. Odam immun tanqisligi virnsi (OITV), orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS). Odam immun tanqisligi virusi (OITY) immun sistemaning buzilishi bilan bog‘liq infeksiyali kasallik. Bu virus birinchi marta 1983-yilda orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) sabablarini tadqiq qilish jarayonida fransiyalik olim Lui Montani tomonidan aniqlangan. Virus bemor qoni, limfasi va orqa miya suyuqligida ko‘p uchraydi. Virus ko‘pincha organizmni kasalliklardan himoya qiluvchi antitelolar ishlab chiqaradigan qon hujayralari - limfotsitlarni zararlaydi. Shu sababdan kasal organizmning immunlik xususiyati asta-sekin kuchsizlanib, har xil kasalliklarga tez beriluvchan bo‘lib qoladi. Virusli immun tanqisligi rivojlanishiga ko‘ra 5 davrga bo'linadi: 1 - inkubatsiya davri organizmga virus yuqishidan boshlab 14 kundan bir yilgacha davom etadi. 2 - o‘tk ir davr virus yuqqanidan 7-14, ba’zan 30 kun o‘tgach namoyon bo‘ladi. Bu davr kasallik alomatlari: haroratning ko‘tarilishi, sovqotish, bedarmonlik, faringit, eshakyemi toshishi, bosh og‘rig‘i, stomatit, ko‘ngil aynishi, ich ketishi kabi o‘tkir belgilar orqali namoyon boladi, 3 - latentlik davrida kasallik alomatlarining pasayishi, limfa bezlarining og'riqsiz yiriklashuvi kuzatiladi. Latent davri 5-10 yil davom etadi. Turli xil davolash tadbirlari orqali bu davrni bir necha o‘n yilga cho‘zish mumkin. 4 - OITSdan oldingi davr 1-2 yil davom etadi. Bu davrda hujayra immuniteti pasayishi tufayli stomatit, gerpes, kandidoz, til leykoplakiyasi kabi kasalliklarning takrorlanishi va uzoq davom etishi bilan bog‘liq. 53 5 — terminal, ya’ni OITS davri virusli infeksiyaning so'nggi o'limoldi davri hisoblanadi. Bu davr sil, meningit, ensefalit, gripp, o‘pka yallig'lanishi, tokso- plazmoz, gerpes, kandidoz, salmonelloz, saraton, limfoma kabi har xil mfeksiyali va infeksiyasiz kasalliklar paydo bolishi bilan bog‘liq. Bu davr davolash choralari ko‘rilmaganida 3 yilgacha, ba’zan bir yil davom etadi. Immun tanqisligi virusi bemordan yoki virus yuqtirgan lekin kasallik belgisi paydo bolmagan odamdan yuqadi. Immun tanqisligi virusi bilan zararlanish narkomanlar orasida ko‘proq uchraydi. Sterillanmagan tibbiy, kosmetologik, sartaroshlik asbob-uskunalari ham virusnmg tarqalishiga sabab bo‘ladi. Vims homiladorlik davrida ona qonidan va virus bilan zararlangan ona sutidan ham bolaga yuqishi mumkin. «XXI asr o‘lati» deb nom olgan OITS ni davolash, unga qarshi emlash usullari yaratilmagan. Bu xavfli kasallikdan saqlanishning asosiy chorasi virusni yuqtirmaslik uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilishdan iborat. 1-dekabr «Umumjahon OITS ga qarshi kurash kuni» deb e’lon qilingan. Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring: 1. Immunitet xillari va ularga mos keladigan hosil bo'lish yoiini juftlab ko'rsating: A tug‘ma, В - hosil qilingan, D - passiv, E - faol, F - tabiiy; 1 - zardob bilan emlash, 2 - kasallanishdaii so‘ng, 3 - embrional rivojlanish davrida, 4 - kuchsizlantirilgan mikrob yoki zardob bilan emlashdan so'ng, 5 - kasallik tiig‘diruvchi organizm ta’sirida tabiiy yoki sun’iy. 2. Terminlai va ularga mos keladigan tushunchalaxni juftlab yozing: A - immunitet, В - antitelo, D - fagotsitoz, E - fagotsit; 1 - hazm qiluvchi hujayralar, 2 - yot antitelolar va o‘lik hujayralarni qamrab olib, hazm qilish, 3 - kasallik mikroblari va ular ishlab chiqargan moddalarni zararlantiruvclii moddalar, 4 organizmning kasallikka berilmaslik xususiyati. 0 ‘ylab javob bering: 1. Leykotsitlammg qattiq qobig‘i bolmasligi va tana shaklini oson o‘zgartira olish xususiyati ularning himoya funksiyasida qanday ahamiyatga ega? 2. Yosh bolalar qonida leykotsitlar soni nisbatan ko‘p bolishi, bola ulg'ayishi davomida ular sonimng kamayib borishi aniqlangan. Nima sababdan shunday bo‘ladi? 3. Insoniyat tarixida epidemiyali kasalliklar ko‘plab shahar va qishloqlar aholisini qirib yuborgan. Shunga qaramasdan, nima sababdan ayrim odamlar tirik qolgan? 54 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling