O xoshimov, S. Saidaxmedov
MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISHLI O‘ZGARMAS TOK DVIGATELLI ELEKTR YURITMALARDA
Download 3.46 Mb.
|
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S
MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISHLI O‘ZGARMAS TOK DVIGATELLI ELEKTR YURITMALARDAELEKTROMEXANIK O‘TKINCHI JARAYONLAR Elektromexanik o‘tkinchi rejimlar asosan o‘zgarmas tok yurit- malari uchun tatbiq etiladi. Chunki ularda elektrmagnit jarayonlar mexanik jarayonlarga nisbatan tezlikka juda katta ta’sir qiladi. Elektromexanik jarayonlarni tahlil etish ancha qiyin. Chunki, bunda differensial tenglamalarning darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari odatda, elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarni tadqiq etish nochiziq bog‘lanishlami (gisterezis, to‘yinish va h. k.) hisobga olish zarurligi bilan bog‘liq. Shuning uchun hozirda real tizimlarni tadqiq etish uchun raqamli modellash uslubidan foy- dalaniladi. Bu holda EHMda olingan natija aynan shu qara- layotgan qurilmaga taalluqli bo‘ladi. Turli elektr mexanik tizimlarini o‘tkinchi jarayonlarga tatbiq etish uchun umumiy analitik yechimga ega bo‘lish kerak. Bu esa parametrlarni o‘tkinchi jarayonni kechish vaqtiga ta’sirini, tok- ning maksimal qiymatlari va boshqalari aniqlash imkoniyatini beradi. Lekin bunda bir nechta joizliklar va soddalashtirishlar kiritilib, iloji boricha nochiziq bog‘1anishlami ularga mos bo‘lgan chiziqli bog‘lanish1ar bilan almashtirish darkor. Bog‘lanishlarni chiziqlashtirish maqsadida mustaqil qo‘zg‘a- tishli o‘zgarmas tok dvigatellari uchun elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarni tahlil etishda quyidagi shartlarni qabul qilamiz: chulg‘amlar (yakor, kompensatsiya va boshqalar) induktiv- ligini o‘zgarmas deb qabul qilinadi; yakor reaksiyasi ta’siri ahamiyatga olinmaydi; uyurma toklar va gisterezis hisobga olinmaydi. Ushbu shartlar bajarilganda dvigatel magnit oqimini o‘zgar- mas deb qabul qilish mumkin. Bundan tashqari soddalashtirish maqsadida jarayonlarni o‘zgarmas statik moment yoki tezlikka chiziqli bog‘liq, deb qaraladi. Boshqarish ta’siri asosan yuritma tizimida ishlatilayotgan ta’- minot manbayi bo‘lgan o‘zgartgichning xususiyatlari bilan aniq- lanadi. U — const bo‘lgan holni ko‘rib chiqamiz. Bu holda EYK E —- Kzz va dvigatel momenti M — K bo‘ladi. Dvigatel ishini ifodalovchi tenglamalar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: K MI q' Jd /dty U— JE‹» + Ir + Ldlfdt. (6.37)(6.38) = J/K M’ dı:n/ dt + q IM Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling