O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Ekologik sharoitning ta’siri


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet195/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Ekologik sharoitning ta’siri. U rug‘ning sifat belgilariga ta ’sir etuvchi 
omillardan muhimlari: harorat o ‘simlikning o ‘sish davrida suv bilan 
ta ’minlanishi, kunning uzun-qisqaligi, tuproq xususiyati va boshqalar.
K o‘pchilik olimlar, jumladan, N.I. Vavilov, N.N. Kuleshovlar don 
ekinlari urug‘chiligini yaxshi tuproq va iqlim sharoitlariga ega b o igan 
tum anlarda tashkil qilishni tavsiya qilishgan. H ar xil m intaqalarda 
o ‘tkazilgan ta jrib a la r shuni k o 'rsa td ik i, shunday sh aro itlar bilan 
ta ’minlangan mintaqalarda yuqori sifatli urug‘ olish mumkin. Janubiy 
tumanlarda shimoliy tumanlarga nisbatan yuqori sifatli va hosildorligi 
yuqori b o ig a n urug1 olish imkoni tajribalarda tasdiqlangan.
U rug‘ning sifat belgilari va hosildorligi don ekinlari yotib qolganda 
yomonlashadi, chunki bu ekinlar yogingarchilik k o ‘p b o ig a n vaqtlarda,


azotli o ‘g‘itlar m e’yoridan k o ‘p berilganda, o ‘simlik qalinligi oshirib 
yuborilganda yotib qoladi.
Ekologik sharoitning urug iik sifatiga kuchli ta ’sir qilishiga janubiy 
m intaqalarda kartoshkaning aynishini misol qilib keltirish mumkin. 
K artoshka u ru g in in g aynishiga uni yetishtirish v a ;saqlash sharoiti, 
o ‘simlikning biologik xususiyatlariga mos kelmasligi sabab b o ia d i. 
Jan ubiy m in taq alard a k arto sh k an i yozda ekish va t o g i i jo y lard a 
yetishtirish tavsiya qilinadi.
Urug‘ sifatiga agrotexnik tadbirlarning ta ’siri. U ru g ‘ sifatig a 
o ‘tm ishdosh ekinlar k a tta ta ’sir k o ‘rsatadi. Boshoqli don ekinlari 
dukkakli don va ko‘p yillik dukkakli o ‘tlardan keyin ekilganda hosilning 
oshishi bilan birga u ru g iik sifati va hosildorligi ortadi.
U rug‘ning sifat belgilariga urug‘ning ekish me’yori va ekish usullari 
ham ta ’sir qiladi.
Y oppasiga to r q atorlab ekiladigan don ekinlarida u ru g ‘ni ekish 
m e’yorini oshirish bilan tuplanish darajasini kamaytirish mumkin. Bu 
1000 ta donning vazni va hosildorligini oshiradi. Bu holda hosil asosiy 
erta paydo b o ig a n hamda hosil keyinroq o ‘sgan poyalardan olinadi. 
Shuning uchun u ru g iik maydonlarida o ‘simlik qalinligi optimal bo iish i 
kerak. D on ekinlari (makkajo‘xori, jo ‘xori) keng qatorlab siyrak qilib 
ekilganda har bir o ‘simlikning baquvvat o ‘sishi va rivojlanishi hisobiga 
ro ‘vaklari katta va undan olingan u ru g ia r ham yirik, urugiikning sifat 
belgilari yuqori boiadi.
Ekinning hosiliga va urug‘ning sifatiga o ‘g‘itning ta ’siri kuchli boiadi. 
U ru g iik uchun ekilgan makkajo‘xorida oziq moddalaming nisbati to ‘g‘ri 
b o iish i kerak. Ortiqcha azot o ‘g ‘iti berilganda hosil oshishi mumkin. 
Lekin u ru g‘nii^jjp$ifati pasayadi. 1000 ta donning vazni kam ayadi
urug‘ning unib chiqish kuchi pasayadi. Fosfor moddasining yetarli boiishi 
urug‘ning sifat belgilari va hosildorlik xususiyatlarining yaxshilanishiga 
olib keladi. Bir vaqtd* yetilib pishmaydigan don ekinlarida (tariq, sholi, 
marjumak) va dukkakli don ekinlarida yuqori sifatli urug‘ni ajratib olish 
uchun ikki m arta yanchish usuli q o ilan ilad i. Bunda birinchi m arta 
yengilroq yanchilib (60-70%), sifatli u ru g iik ajratib olinib, ikkinchi 
yanchishda qolgan u ru g ia r yanchib olinadi.
U rug‘ning yanchish davridagi namligi mexanik shikastlanishga olib 
keladi. Shuning uchun urug‘ning o ‘rtacha namligi 18 % ga b o iish i 
kerak.



Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling