O 'z b e k is t o n r e s p u r L ik a s L o L iy va o 'r t a m a X s u s t a 'l I m V a z ir L ig I


Download 88 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/192
Sana18.10.2023
Hajmi88 Kb.
#1708257
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   192
Bog'liq
Ped

odamlardagi yaxshi fazilat, yom on xusiisiyatlarni bilib olishgan, hurmat, muruvvat, 
ado/at kabi tushunchalar haqida tasavvurga ega bo'lishgan. Natijada butun 
hayotlari davomida ertaklar ularning doimiy hamrohi, hayot dars/igi bo 'lib xizmat 
qilgan va hozir ham ana shunday”' ' .
Topishmoqlar o ‘zbek folklorida qadim zamonlardan hozirgacha yashab 
kelmoqda. M .Qoshg‘ariyning "Devonu lug'otit turk” asarida boshqa adabiy janrlar 
bilan bir qatorda topishmoqlarning ham izohlangani nazarda tutiIsa, uning yaratiiish 
tarixi qadim zamonlarga borib taqalishi ayon boMadi. Topishmoq aytish, asosan, 
yoshlarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi bilim- 
tushunchasi, idroki va mulohazalarini kengaytirish. dunyoqarashini boyitish uchun 
zarur tarbiyaviy vositalardan bo'lgani tufayli unga soddadan murakkabga, osondan 
qiyinga tamoyili asosida yondashiladi.
Xalq og‘zaki ijodining barcha 
namunalarida jasurlik. mardlik, sadoqat, 
insoniylik, xushxulqlik xislatlariga ega bo'lgan inson qiyofasi gavdalantirilgan 
bo'lib, u shaxsni kamolga etkazishdagi asosiy vositalardan bibridir.
V II-IX asrlarda ta ’lim - tarbiya
Islom ta’limotida 
ta'lim -tarbiya masalalarining ifodalanishi. Islom dini 
insonga mohiyat, faoliyatga maqsad va yo'nalish beruvchi, jam iyat a'zolari 
o ‘rtasidagi 
munosabatlarni 
muvofiqlashtirib, 
birlashtirib, 
ijtimoiy-ma'naviy 
taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizm at qiladigan ma'naviyat, m a'rifat odob-axloq 
tarbiyasining barcha jihatlarini o 'z ichiga qamrab olgan ta'lim otdir. VII- VIII asrlar 
Islom ta'limotining keng yoyilishi kishilarning Shariat qoidalariga, Islom dini 
aqidalariga bo‘ysunishi, yagona va qudratli Ollohga sig‘inishi, shuningdek, 
O llohning 
yerdagi 
rasuli 
(elchisi) 
boMgan 
Muhammad 
Alayhis-salom 
k o ‘rsatm alariga rioya etishi bilan M ovarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa 
boshladi. Islomning shar'iy ma'nosi - bu Alloh yagona deb e'tiqod qilib, unga
мОртиков H. Миллий ва умуминсоний кадриятлар асосида ук>вчи шахсини ачлокий 
шакллантириш 
Пед.фан.док. . д и с с.-Т о ш к ен т , 2 0 0 0 .-8 5 6
211


bo ‘ysunm oqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilm oqlik va A lloh buyurgan diniy 
e'tiqocfga iymon keltirm oqlikdir. Islomda Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan 
p ayg‘am barlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi. Islorn diniy ta'lim otiga ko‘ra, 
har bir musulmon ushbu beshta asosiy ruknni bajarishi shart.
1. Iymon, “La ilaaha illalloh va M uham m adur-rasululloh’' deb Ollohning borligi, 
yagonaligi va uning qudratiga, shuningdek, M uhammad Allayhis-salom ning 
Tangrining yerdagi elchisi. rasuli ekanligiga shahodatlik berish.
2. N a m o z o 'q ish .
3. Zakot berish.
4. Ramazon oyida ro ‘za tutish.
5. 
Haj. Im koniyat darajasidan kelib chiqqan holda haj safarini o'tash.
Q u r'onda ta'lim -tarbiya m asalalarining ilgari surilishi. 
M usulm onlarning
m uqaddas kitobi boMgan “Q ur'on” - dunyo madaniyatining ulkan boyligidir. 
“Q ur'on” arab tilida “q ir o a f ma'nosini anglatib, 
u 114 suradan iborat. 
“ Q ur’on”ning “Z u m a r’ surasi 9-oyatida kishilarni ilm o'rganishga da'vat etuvchi 
shunday fikrlar bayon etiladi: “Ayting: Biladigan zotlar bilan bilm aydigan kimsalar 
barobar bo'lurm i? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat qila olurlar” .
“Q ur'on”da insonning ma'naviy-axloqiy xususiyatlari 
yuqori baholanadi, 
kishilarni tenglik, birodarlik. tinch-totuv yashash va ezgulikka undaladi. “Kim 
chiroyli amal qilsa, unga o ‘n barobar bo‘lib qaytarilur. Kim biron yomon ish qilsa, 
faqat o ‘shaning barobarinda jazolanur” (“An'om ” surasi. 160-oyat). Islomiy 
g 'o y ala r odam larni yaxshilikka da'vat etadi, ularni yom onlikdan qaytaradi. 
Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-m a'naviy 
poklik, m ehnat qilish ham da yer yuzini obod va go‘zal etishga undaydi. U adolat, 
tenglik, tinchlik, erkni targ‘ib etadi. Buni biz “Q ur'on”ning inson kam olotga 
erishishidagi aham iyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati 
m azm unidan 
ham 
bilsak boMadi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan 
m usulm on olami, xususan, islom diniga e'tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, 
m a'naviyati va m a'rifatiga oid qarashlar axloqiy me'yorlarini belgilashda muhim 
aham iyat kasb etadi. M a'lum ki, inson kamoloti avvalo uning bilim va tafakkur
212


darajasi bilan belgilanadi. 
Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim 
olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o ‘zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy 
faoliyatni 
tashkil 
etishga 
undab 
kelgan. 
Islom 
ta'limoti 
xususidagi 
mulohazalarimizni fransuz faylasufi Jak Kondersening ‘‘Tafakkur taraqqiyotining 
tarixiy manzarasi chizgilari" nomli asaridagi “0 ‘rta asrlar musulmon olamida 
to'plangan ilmiy bilimlar G 'arbda Uyg‘onish davrini tayyorlashga xizmat 
qilmaganida insoniyat besamar yo'qolib ketar edi", deb yozganligi ham fikrimizni 
tasdiqlaydi. Islomda insonning aqliy kamoloti va tafakkurini rivojlantirishga katta 
e'tibor beriladi va ilm va haqiqatni dalillar vordamida isbotlash; so'zlaganda va 
amaliy harakatni tashkil etganda aniqlikka e'tibor berish, fikr yuritishda va muavyan 
faoliyatni yo ‘lga qo‘yishda o'zgalarga taqlid qilishdan saqlanish maqsadga muvofiq 
ekanligi qayta-qayta uqtiriladi.
“Qur'on”da har bir m o'm in-m usulm on bajarishi zarur bo'lgan yaxshi amallar 
inson kamolotini belgilovchi omillardir. deb tushuntiriladi. Zero. Islom dini 
g'oyalarining asl mohiyati ham kishilarga yomonlikning salbiy oqibatlarini 
ko‘rsatish, ularni doimo to 'g 'ri yoMda vurishga da'vat etish va yomonlikning oldini 
olishdan iboratdir. Beva-bechora. yetim-yesir va qarovsiz kishilarga nisbatan ehson 
ko‘rsatish, xayr qilish insonga xos boMgan eng muhim axloqiy xislatlardan biri 
ekanligi, insonda iymonning o'ziga xos mezoni sanalgan sahovat. mehmonnavozlik, 
jasorat, sabr va qanoat, to 'g 'rilik , vafodorlik va sodiqlikka katta e'tibor beriladi. 
Shundanmi, insondagi axloqiy xislatlardan eng muhimi hayru ehson haqida alohida 
fikr yuritiladi. “Ehson” tushunchasi mazmunan keng qamrovli bo4ib, unda 
muomala ham, inson tomonidan amalga oshiriladigan barcha yaxshi amallar 
mohiyati ham aks etadi. O 'zgalarga nisbatan ehson ko'rsatish - har bir insonning 
eng oddiy insoniy burchi bo'lishi lozimligi aytiladi. Zero, ikki olamning 
yaratguvchisi boMgan Olloh barcha ne'matlarni o ‘zi yaratgan m avjudotlarga ehson 
etgan. Olloh tomonidan qilingan ehsondan foydalanguvchi bandalar ham aholining 
eng nochor qatlami vakillariga nisbatan muruvvatli bo'lishlari, ularga xayru-ehson 
ko‘rsatishlari lozim: “Olloh senga ehson qilgani kabi sen ham (Ollohning 
bandalariga) infoq-ehson qil” ("Qasos” surasi, 77-oyat). Shuningdek. kirn birovga
213


ehson qilsa, uning foydasi o 'zig a qavtishi, chunki birovga yaxshilik qilgan kishi 
o ‘zida ruhiv qanoat his etishi, boshqalar tomonidan hurm at-ehtirom ga sazovor 
b o ‘lishi ta'kidlanadi.
‘■Qur'on”da sabrli, sabotli bo‘lish, 
qiyinchiliklarga bardosh berish, yomon 
kishilar tom onidan yetkazgan nohaqliklarga chidash, boshga tushgan m usibatlarga 
nisbatan bardoshli boMishga da'vat etiladi. Jumladan “Albatta biz Ollohning 
(bandalarim iz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarim iz", deydigan sobirlarga 
xushxabar bering (Ey Muhammad)! A na o ‘shalarga Parvardigorlari tomonidan 
salovat (m a'rifat) va rahm at bordir. A na o ‘shalar haq yo ‘lini topguvchilardir” 
(“B aqara” surasi, 155-157-oyatlar). “Q ur'on”da yana insonni axloqiy kamolga 
yetkazishga zid xususiyatlar: m anmanlik. aroqxo‘rlik, qimorbozlik, yolg‘onchilik, 
boshqalarni kam sitish, badgum onlik, josuslik, g ‘iybatchilik. maishiy buzuqlik, 
g ‘azabnoklik, hasadgo'ylik, ochko‘zlik kabilar salbiy illatlar qoralanadi.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling