O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/44
Sana10.11.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1763906
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
Anatomiya 1 jild

XUSUSIY QISM 
TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI TIZIMI
Odam organizmining asosiy vazifalaridan biri uning harakat qilish 
qobiliyatidir. Bu harakat suyaklar va mushaklar ishtirokida ro ‘y 
beradi. Tayanch-harakat apparati faol harakatchan qism - mushaklar 
va nofaol qism - suyaklar hamda ulaming o ‘zaro qo‘shilishidan 
iborat. Tayanch - harakat a ’zolar tizimi organizmning ko‘p qismi 
(gavdaning umumiy og‘irligini 72,5 %i) ni tashkil qiladi.
OSTEOLOGIYA - SUYAKLAR HAQIDAGI ILM 
Umumiy m a’lumotlar
Osteologiya - suyaklaming tuzilishini o ‘rganadi. Organizmning 
qattiq asosini hosil qiluvchi suyaklar majmui skeletdir. Skelet 
(skeleton, grekcha - skeletos) quritilgan degan so‘zdan olingan. U 
200 dan ortiq alohida suyakdan iborat. Skeletning og‘irligi 5 - 6 kg 
bo‘lib, erkaklarda u gavda umumiy og‘irligining 10 % ini, ayollarda 
8,5 % ini tashkil qiladi.
Skeletni ikki qism: o ‘q skeleti va o ‘siqcha skeletiga bo ‘lish 
mumkin. 0 ‘q skeleti kalla suyaklari, umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alar 
va to‘sh suyagidan iborat bo ‘Isa, o ‘siqcha skeleti qo‘l va oyoq 
suyaklaridan tashkil topgan (2-rasm).
Skelet tayanch-harakat, himoya va biologik vazifalami bajaradi.
1.Tayanch vazifasi yumshoq to ‘qima va a ’zolarining skeletning 
ayrim qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi.
2.Harakat vazifasi skeletni tashkil qilib turgan suyaklaming 
har xil richag hosil qilib, bo ‘g ‘im orqali birlashishi va nerv tizimi 
yordamida mushaklar qisqarishi bilan namoyon bo ‘ladi.
3.Himoya qilish vazifasi skeletning alohida qismlaridan vujudga 
kelgan b o ‘shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqa kanali orqa 
miyani, kalla suyaklari bosh miyani, ko‘krak qafasi o ‘pka va yurakni 
tashqi ta ’sirlardan saqlab turadi.
25


4.Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda mineral 
modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor, magniy va 
boshqa elementlar bor. Bundan tashqari, suyaklaming epifizlarida 
joylashgan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini 
bajaradigan qon elementlarini ishlab chiqaradi. Skeletda bosh, tana, 
qo‘l va oyoq qismlari tafovut qilinadi.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling