Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
58 
Dalillar populyatsiyaning mazkur avlodida gomozigotalar AA va aa 0,25 
chastota bilan, geterozigotalar Aa 0,5 chastota bilan uchraydi. Bu nisbat keyingi 
avlodda ham saqlanadi: a retsessiv allelli gameta 0,5 chastota (0,25 aa 
gomozigotadan + 0,25 geterozigota Aa dan) bilan, dominant A allelli ham 0,5 
chastota (0,25AA gomozigotadan + 0,25Aa geterozigotadan) bilan uchraydi. Agarda 
tashqaridan biror bosim bermasak, bu nisbat barcha keyingi avlodlarda o‘zgarishsiz 
saqlanib qoladi.
Ma’lumki, aksariyat hollarda populyatsiyada AA va aa gomozigotalar har xil 
sonda uchraydilar, masalan, bir populyatsiyada bir genning allellari 0,7 a va 0,3 A 
holatda uchraydi, u holda: 
Urg‘ochi organizm 
Erkak organism 
0,3 A 
0,7 a 
0,3 A 
0,09 AA 
0,21 Aa 
0,7 a 
0,21 Aa 
0,49 aa 
Sunday qilib, avlodda har 100 ta zigotaning 9 tasi AA gomozigotali; 49 tasi aa 
gomozigotali; va 42 tasi Aa geterozigotali bo‘ladi. Keyingi avlodda A alleli 
gametalari 0,3 chastota bilan (0,09 AA gomozigotadan + 0,21 Aa getrozigotadan); a 
alleli gametalar 0,7 chastota (0,49 aa gomozigotadan+0,21 Aa geterozigotadan) bilan 
takrorlanadi. Agarda dominant A allelni p bilan, retsessiv a allelni esa q bilan 
belgilasak, u holda p+q=1. Populyatsiyada allellarning yig‘indisi 100 foiz yoki 1 ga 
teng. Bu formula yordami bilan allellar chastotasini aniqlash mumkin bo‘ladi. 
Masalan, yuqorida keltirilgan misolda A alleli yoki p 0,3 chastota bilan uchrasa, 
formula yordamida a alleli yoki q ning chastotasini ham topishimiz mumkin.
p + q = 1. q = 1 - p; q = 1 - 0,3 = 0,7 q = 0,7 chastota bilan uchraydi. 
G.Xardi va B.Vaynberglar tomonidan yaratilagan ikkinchi formula yordami 
bilan populyatsiyada tarqalgan genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlash 
imkonini beradi. 
Yuqorida keltirilgan misolga qaytamiz. 



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling