Odam fiziologiyasi


s o g io m   kishi  donor  b o ia   oladi


Download 5.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
#21120
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70

s o g io m   kishi  donor  b o ia   oladi.

Hozirgi  vaqtda  minglab  donorlar  k o ‘plab  bemorlami  davolashga, 

ularning  hayotini  saqlab  qolishdek  olijanob  ishga  hissalarini  q o ‘shmoqdaiar.

Aksari  odamlarning  eritrotsitlarida  (85%)  yana  bir  omil  bor,  uni 

birinchi  marta  Landshteyner  va  Viner  1940  yilda  makkak  (Maccacus  rhesus) 

degan  maymun  qonidan  topgan  va  shuning  uchun  ham  uni  rezus-om il  (ph- 

omil)  deb  atalgan.  Shu  omil  b o ig a n   odam  qoni  (rezus  musbat  qon)  mazkur 

omil  b oim agan   (rezus  manfiy  omil)  odamga  quyilsa,  rezus  manfiy  odam 

qonida  maxsus  va  o ‘ziga  xos  agglutininlar  va  gem olizinlar  hosil  b o ia d i.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bunday  odamga  rezus-musbat  qon  qaytadan  quyilsa  agglutinatsiya  va  o g ‘ir 

oqibatlar  (gemotransfuzion  shok)  paydo  bo*lishi  mumkin.

Rezus-manfiy 

onada 

rezus-musbat 

homila 

rivojlanishi 

alohida 

ahumiyatga  ega.  Bu  holda  homilaning  rezus-omili  plasenta  orqali  ona 

qoniga  o ‘tadi.  Natijada,  ona  qonida  maxsus  antirezus  moddalar  hosil 

b o ‘ladi,  bu  moddalar  plasenta  orqali  qaytadan  hom ila  qoniga  o

4

tadi-da, 

iming  eritrotsidarini  agglutinatsiyalab  va  gemolizlab,  o g ‘ir  oqibatlarga  sabab 

b o ‘ladi.  B a’zan  homilaning  o ‘lik  tug4ilishi  shu  bilan  tushuntiriladi.

Oxirgi  yillarda  yangi  agglutinogenlar  kashf  etilgani  munosabati  bilan. 

qon  guruhlari  haqidagi  ta’limot  ancha  murakkablashdi.  Masalan,  A  guruhi 

bir  qancha  guruhlardan  iborat  ekan  (A ,,  A2,  А ч,  A

4

  va  hokazo).  A

2 

aggiutinogeni  A,  dan  farq  qilib,  agglutinin 

  b o ‘lgan  sust  faol  zardoblar 

bilan  agglutinatsiyalanmaydi.  Shuning  uchun  bunday  kishilarni  qoni  I 

guruhga  yangUsh  kirittHshi  natijasida  qon  quyish  o g ‘ir  oqibatlarga  olib 

kelishi  mumkin.

Rh-omilning  uch  varianti  bor:  Rh°,  Rhl,  Rh11,  Rh-omil  b o ‘lmagan 

eritrotsitlarda  HCh  (rezus-om ilga  teskari)  omillar  topilgan,  ularning  ham  uch 

varian ti 

bor;  HCh°,  HChJ,  HChu.  Bundan  tashqari,  M,  N,  S,  P,  D,  C ,  K,  Ln, 

Le, 

Fy, 

Yk 

va 

boshqa 

agglutinogenlar 

topilgan. 

Bu 

om illam ing 

kombinatsiyalari  k o ‘p  birikmalar  beradi  va  shunday  qilib,  hozir  bir  necha 

yuz  ming  qon  guruhi  ajratiladi.  Biroq,  qon  quyish  uchun  qonning  faqat 

asosiy  to ‘rt  guruhini,  Rh  va  HCh  omillarni  aniqlash  kattaroq  ahamiyatga 

ega.

Immunitet

Immunitet  deb,  organizmning  atrofini  o ‘rab  turgan  muhit  turlarining 

zararli 

ta’sirotlariga 

qarshilik 

k o ‘rsatish 

qobiliyatiga 

aytiladi. 

Odam 

organizmiga  kasallik  q o ‘z g ‘atuvchi  turli  (patogen)  viruslar,  bakteriyalar, 

zamburuglar  va  boshqalar  kirishi  (yuqishi)  natijasida  yuzaga  keladigan 

xaslaliklar  yuqum li  kasailiklar  deyiladi.  Yuqumli  kasalliklam i  mikroblar 

q o ‘z g ‘atishi 

Farangiston 

olim i 

Lui 

Paster 

(1822-1895) 

tomonidan 

aniqlangan.  Hozirgi  kunda  mikroblarning  1500  ga  yaqin,  viruslarning  100 

dan  ortiq  turlari  m a’lum.  Ular  tuproqda,  suvda,  havoda  keng  tarqalgan 

b o ‘lib,  k o ‘p  turlari  m a’lum  sharoitda  odamda  har  xil  yuqumli  kasalliklarni 

q o ‘z g ‘atadi.

.  Mikroblar  va  viruslar  odam  organizmiga  turli  y o ‘1  bilan:  havo-nafas 

a’zolari  orqali,  oziq-ovqat,  suv,  m eva,  sabzavotlar,  yuvilmagan  idish-tovoq, 

q o in i  yuvmasdan  ovqatlanganda  hazm  tizimiga  kiradi;  teri  orqali,  y a ’ni  teri 

qirilganda,  kesilganda,kuyganda  jarohatlangan  joyga  mikroblar  tushib,qon 

orqali  organizmga  tarqaladi.  Bahdan  tashqari,  mikrob  va  viruslar  jinsiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



aloqa  orqali,  kasal  odamning  qoni  yoki  qon  plazmasi  bemorga  quyilganda, 

yaxshilab  sterillanmagan  nina-shprislar  bilan  ukol  qilganda,  kasal  hayvon  va 

pammdalar  mahsuloti  (g o ‘sht,  sut,  tuxum)ni  yaxshi  pishirmasdan  iste’mol 

qilganda,  quturgan  it.  mushuk  sichqon,  qoramollarning  tishlashi,  s o la g i 

orqali,  kasallangan  hashoratlar  (burga,  bit,  kana,  chivin  kabilar)  chaqqanda 

kirishi  mumkin.

Odam  organizmi  mikroblar,  viruslar  va  kasallik  q o‘z g ‘atuvchi  boshqa 

parazitlardan  o ‘zini  himoya  qilish  xususiyatiga  ega. 

0

’zini  himoya  qilish 

usullari  bir  necha  xil  b o iib ,  ular  quyidagilardan  iborat.

Organizm  o ‘zini  himoya  qilishining 

birinchi  bosqichi 

teri,  burun,  nafas 

y o ila r i,  ovqat  hazm  qilish  a’zolarining  ichki  shilliq  pardasi  hisoblanadi. 

Teri 

tashqi 

muhitning 

noqulay 

ta’sirlaridan, 

mikroblar, 

viruslar 

va 

parazitlarni  organizmga  kirishdan  saqlaydi.  Ammo,  teri  qirilsa,  uning 

him oya  funksiyasi  buziladi. 

Bundan 

tashqari,  shilinishi,  timdalanishi, 

kesilishi  kabi  shikastlanishlar  ham  terining  himoya  funksiyasiga  zaiar 

yetkazadi.  Shikastlangan  joyda  mikroblar  yashashi  va  k o ‘payishi  uchun 

qulay  sharoit  vujudga  keladi.  Shuning  uchun  bu  joy  qizaradi,  shishadi 

va 

yiringlaydi.  Ba  zida  esa  jarohatda  k o ‘paygan  mikroblar  qonga  o ‘tib,  butun 

tanaga  tarqaladi  va 

sepsis  kasalligi 

yuzaga  keladi.  Bunda  kasal  kishi 

tanasining  harorati  k o ‘tariladi,  boshi  o g ‘riydi,  jigari,  buyraklari,  yuragi  va 

m iyasi  mikroblar  ta’sirida  y a llig ia n ish i  tufayli  uning  umumiy 

ahvoli 

o g ‘irlashadi.  Shuning  uchun  teri  doim  toza  b o iish i,  shikastlansa,  darhol 

unga  yod  yoki  birilliant  yashili  surtish  hamda  shifokorga  murojaat  qilish 

кегак.

Nafas  tizimining 

(burun,  hiqildoq,  traxeya,  bronxlar)  ichini  qoplagan 

shilliq  parda  mikroblar  va  viruslarni  ichki  to ‘qimalarga,  qonga  o ‘tkazmay, 

him oya  vazifasini  bajaradi.  Bu  shilliq  pardalardagi  mayda  tukchalar  havo 

bilan  kirgan  mikroblarni  tutib  qoladi.

Hazm  tizimidagi 

so ia k ,  oshqozon  va  ichak  shirasi  mikroblarni 

kuchsizlantirish, 

eritib 

yuborish 

xususiyatiga 

ega 

b o ‘lib? 

ular 

ham 

organizmni  himoya  qilish  vazifasini  bajaradi.

Organizm  himoyalanishining 

ikkinchi  bosqichida 

qonning  leykotsitlari 

xizmat  qiladi.  Yuqorida  aytilganidek,  leykotsitlar  odam  badaniga  kirgan 

mikroblarni  yutib,  eritib  yuboradi.  Bu  hodisa 

fagositoz 

deyiladi  va  1893 

yilda  rus  olim i  I.I.Mcchnikov  kashf  etgan.  Leykotsitlaming  organizmni 

yuqumli  kasalliklarni  q o ‘z g ‘atuvchi  mikroblardan  himoya  qilish  xususiyati 

ana  shundan  ham  k o‘rinib  turibdiki,  yuqumli  kasalliklar  bilan  xastalangan 

bemorlar  qonida  leykotsitlaming  soni  k o ‘payadi,  ya’ni  m e’yorda 

6-8

  ming 

b o is a ,  kasallikda  10-12  mingga  yetadi  Ya  undan  ham  oshishi  mumkin.  Bu 

hodisa  organizm  mikroblarga  qarshi  kurashish  va  kasalliklardan  qutulish 

uchun  o ‘zini  himoya  qilish  imkoniyatlarini  safarbar  qilganligini  k o ‘rsatadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Organizmlaming  yuqumli  kasalliklardan  himoyalanishning 

uchinchi 

bosqichi 

antitelalar  va  antitoksinlar  ishlab  chiqarishi  hisoblanadi.  Bular 

organizmning 

maxsus 

hujayralarida 

ishlab 

chiqariladi. 

Antitelalar 

organizmga 

kirgan  mikroblami  bir-biriga  yopishtirib, 

eritib  yuboradi. 

Antitoksinlar  esa  mikro^lar  ajratadigan  zaharli  moddalami 

parchalab, 

zararsizlantiradi.

Odam  organizmining  antitela  va  antitoksinlar  ishlab  chiqarish  va 

ular  orqali  yuqumli  kasalliklarni  qo‘zg‘atuvchi  mikroblarga  qarshi 

kurashish, o‘zini himoya qilish  xususiyati  immunitet deyiladi.

Immunitet 

tabiiy 

va 

orttirUgan 

b o‘ladi. 

Organizmning 

tug‘ma 

xususiyatiga  xos  b o‘lgan  immunitctni 

tabiiy 

yoki 

tug‘ma 

immunitet 

aeyiladi.  Orttirilgan  immunitet  deb,  hayot  davomida  rivojlanib  kelib 

chiqadigan  immunitetga  aytiladi.

Orttirilgan  immunitet  tabiiy  va  sun’,iy,  shu  bilan  birga  har  biri  faol  va 

passiv  b o ‘lishi  mumkia.  Tabiiy  faol  immunitet  yuqumli  kasallik  (skarlatina, 

qizamiq) 

ni 

boshidan 

kechirish 

natijasida 

odamda 

ishlanib 

chiqqan 

immunitci  turiga  aytiladi.

Tabiiy  passiv  immunitet  yangi  tug‘ilgan  bolalarda  b o ‘ladi.  Masalan, 

bola  ona  qom ida  rivojlanayotgan  vaqtda 

tayyor  immun 

moddalarini 

onasining  qonidan  yoki  к о‘кгак  bilan  boqilayotgan  vaqtida  onasining 

sutidan  olishi  mumkin.  Bunda  bola  organizmi  immunitet  ishlab  chiqarishida 

faol  qatnashmaydi.

Sun’iy 

faol 

immunitet 

deb, 

organizmga 

vaksinalar 

(patogeti 

xususiyatlari 

nihoyatda  kuchsizlantirilgan  baktcriya  yoki 

toksinlarj  ni 

yuborish  orqali  hosil  qilingan  immunitetga  aytiladi.  Shuning  uchun  yuqumli 

kasalliklar  (ichak,  qoqshol,  quturish  va  hokazolar)  ning  oldini  olish 

maqsadida  tibbiyotda  vaksinalardan  keng  foydalanilmoqda.

Sun’iy  passiv  immunitet 

yuqumli  kasallikdan  tuzalgan  odamning  qon 

zardobida  b o ‘lgan  immun  moddalar  kishi  oranizmiga  sun’iy  ravishda 

yuborish 

y o i i  

bilan 

hosil 

qilinadi. 

Odatda 

passiv 

immunitet 

faol 

immunitetga  qaraganda  chidamsizroq  b o ia d i  va  uzoq  vaqt  saqlanmaydi.

lmmunitct  ishlab  chiqish  mexanizmlari  har  xil 

b o iis h i  mumkin. 

Fagositoz,  gumoral 

va 

to‘siq  funksiyalar 

deb  ataluvchi  omillar  ana  shu 

mexanizmlarning  eng  muhim  turlaridir.

Fagositoz 

(grekcha  «fageo»-yem oq  demakdir)  organizm  uchun  yot 

b o ig a n   zarrachalaming  turli  hujayralar  tomonidan  yutilishiga  aytiladi. 

Hujayralarning 

y o iid a  

uchraydigan 

yot 

zarrachalar, 

shu 

jumladan 

baktcriyalar  ham  hujayraning  sitoplazm asiga  o ‘raladi  va  natijada  uning 

ichiga  qamaladi,  keyinchalik  u  bakteriya  hujayralarining  ichida  hazm  b o iib  

y o ‘qoladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Immunitetning  gumoral  omiilari. 

Bakteriyalar  shu  bakteriyalarga 

sezgir  blmagan  organizmga  kirsa,  tezda  nobud  b o ‘ladi.  Bular  faqatgina 

fagositoz 

y o ‘li 

bilan 

emas, 

balki 

organizm 

suyuqligida 

b o ‘lgan 

moddalaming  parchalash  ta’siri  tufayli  ham  nobud  bo*ladi.  Bu  moddalar 

(yoki  omillar)  gumoral  (grekcha  gumor-suyuqlik  ^demakdir)  moddalar  deb 

ataladi.  Bular  qon  bilan  uzviy  b o g ‘langandir.  Yuqumli  kasallikni  boshdan 

kechirilgandan  so ‘ng  yoki  organizmga  biror  mikrob  yoki  organizm  uchun 

yot  b o ig a n   oqsil  moddalarini  sun’iy  ravishda  yuborish  y o i i   bilan  qonda 

tegishli  mikroblar 

va  oqsil  tanachalarini  zararsizlantirish  va  parchalash 

qobiliyatiga  ega  b o ig a n   modda  paydo  b o ia d i.  Bu  moddalar 

antitelalar 

dcb 

ataladi. 

Antitelalami 

paydo 

qiladigan 

mikrob 

yoki  oqsil  tanachaiari 

antigenlar 

deb  ataladi.

Antilelalar  asosan  limfa  tugunlarida  va  tomoqda  hosil  b o iib ,  shu 

joydan  qon  va  limfaga  o ‘tadi.  Infeksiyadan  tuzalgan  organizm  qonining 

zardobida  antitelalar  paydo  b o iis h i  tufayli  bu  kasallikni  q o ‘z g ‘atuvchisiga 

nisbatan  yangi  xususiyat  paydo  b o ia d i.  U  immunli  zardobga  aylanadi. 

Antigen  organizmga  takror  tushganda  u  immunli  zapdobning  antitelasi  bilan 

bogianadi  va  zararsizlantiriladi.

Immunitet  ishlab  chiqarish  mexanizmlari  orasida 

to‘sqin!ik 

qilish 

mexanizmi  m aiu m   ahamiyat  kasb  etadi.  Organizmning 

tashqi  muhit  orqali 

tushadigan  turli  kasalliklarni  keltirib  chiqaradigan  agentlarda  saqlaydigan 

ana  shunday  to ‘siq  apparati  teri  va  shilliq  qavati  hisoblanadi.  Bularni  tashqi 

to ksiqlar  deb  atash  mumkin.

Terining  shikastlanmagan  epidermisi  bakteriya  va  k o ‘pgina  zaharli 

moddalarni  o ‘tkazmaydi,  shu  sababli  teri  bakteriyalar  uchun  mustahkam 

to ‘siq  hisoblanadi.

Organizmda  ayrim  a’zo  va  to ‘qimalami  kasallik  paydo  qiluvchi 

agentlaming  ta’siridan  saqlaydigan 

ichki  to‘siqlarning 

muiakkab  tizimlari 

ham  bor.  Jigar  ana  shunday  kuchli  ichki  to ‘siqlaridan  biridir.  Ichak  va  qorin 

b o ‘shlig‘idagi  boshqa  a'zolardan  kelgan  qon  jigar  orqali  o ‘tadi.  Bu  qonda 

b o ig a n  

hamma 

zaharli 

moddalar 

jigarda 

ushlanib 

qoladi 

va 

zararsizlantiriladi.  Jigarda  sodir  boiadigan  k o ‘pgina  jarayonlaming  orasida 

uning  to‘siqlik,  him oya  qilish  funksiyasi  eng  muhim  funksiyalardan  biridir.

Markaziy  asab  tizimining  ichki  to‘siqlari  muayyan  ahamiyat  va  alohida 

xususiyatga  ega  b o iib , 

gematoensefalik 

to ‘siq  (ya’ni  qon-m iya  to‘sig ‘i)  deb 

ataladi.  Eng  muhim  hayotiy  markazlar  joylashgan  markaziy  asab  tizimi 

исЬцп  miyaning  hujayralarini  o ‘rab  turgan  suyuq  ichki  fpuhitning  tarkibi 

ayniqsa  katta  ahamiyatga  ega.  Markaziy»asab  tizim id a .  turli  xil  kasallik 

jarayonlarining  kelib 

chiqishida  gemato-ensefalik  to‘siq  funksiyasining 

buzilishi  katta  rol  o ‘ynaydi.  Bu  ayniqsa  markaziy  asab  tizimining  infeksion 

va  virusli  kasalliklariga  taalluqlidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Xulosa  qilib  aytganda  immunitet  ikki  xil  -  tug‘ma  va  orttirilgan 

b o ‘ladi.  T ug‘ma  immunitct  onadan  bolaga 

0

‘tadi*  lekin  u  doim iy  b o ‘lmaydi 

va  bolaning  birinchi  yoshidayoq  o ‘z  kuchini  yqotadi.  Odamning  hayoti 

davomida  orttirilgan,  ya’ni 

uning  o ‘z  organizmida  ishlab 

chiqarilgan 

immunitct  (antitcla  va  antitoksinlar)  o ‘z  navbatida  ikki  xil  b o ‘ladi:  tabiiy  va 

sun  iy.  Tabiiy  immunitet  odam  biror  yuqumli  kasallik  bilan  kasallanib 

tuzalishi  natijasida  hosil  b o ‘ladi.  Shuning  uchun  ba’zi  yuqumli  kasalliklar 

bilan  odam  umr  davomida  bir  marta  kasallanadi,  ya’ni  birinchi  marta 

kasallanish  davrida  uning  organizmida  bu  kasallikni  q o ‘z g ‘atuvchi  inikrob 

yoki  virusga  qarshi  immunitet  hosil  b o ‘ladi  va  bu  immunitet  uning  butun 

umri  davomida  saqlanadi.  Masalan,  qizamiq,  tepki,  chechak,  b o ‘g ‘ma, 

kc*kyo‘tal  kabi  yuqumli  kasalliklar  bilan  odam  faqat  bir  marta  kasallanadi.

Organizmni  himoyalanuvchi  vositalarga  immun  tizimining  oqsillari 

•rimunoglobulinlar,  interleykinlar  va  interferonlar  kiradi.

Odamning  immun  tizimi  yuqori  darajada  tashkil  topgan  murakkab  tizim 

4 : ;oblanadi  va  o ‘z  ahamiyati  b o ‘yicha  asab  tizim iga  tengdir.  Odam  immun 

:izimining  asosiy  a’zolariga  ilik,  limfotsitlar,  taloq  va  timus  (ayrishnon  bez) 

kiradi  (15-rasm).

Shunday  qilib,  immunitet  -   bu  tug‘ma,  nasldan  naslga  beruvchi 

organizmning  qobiliyati  hisoblanib,  tashqaridan  organizmga  kiruvchi  yoki 

patologik  jarayonlari  natijasida  paydo  b oiad igan   organizm  uchun  begona 

zarrachalami  zaharsizlantiradi.  S u n iy   immunitet  odamni  em lash  natijasida

ш

4

uning  organizmida  hosil  qilinadi.

15-rasm.  Immunitet  tizimining  asosiy  a ’zolari.

1  timus  (ayrisimon  bez),  2-taloq,  3-limfatik  tugunlar,  4-ilik.

www.ziyouz.com kutubxonasi



1.  Orgauizmning  ichki  muhitini  qanday  tushunasiz?

2

.  Organizm  ichki  muhitining  nisbiy  doim iyligi  qanday  boshqariladi?

3.  Qon  qanday  funksiyalami  bajaradi?

4.  Qonning  osm otik  bosimini  tushuntiring.

5.  Qon  plazmasi  tarkibiga  qanday  moddalar  kiradi?

6

.  Qonning  shaklli  elementlariga  nimalar  kiradi?

7.  G em oliz  nima  va  qaysi  sharoitlarda  paydo  b o ‘ladi?

8

.  Eritrotsitlarning  tuzilishi  va  vazifasini  ayting.

9.  Lcykotsitlarning  turiari  va  vazifasini  tushuntiring.

10.  Trombotsitlar  qanday  vazifa  bajaradi?

11.  Qonning  ivishi  qanday  sodir  b o ‘ladi  va  uning  ahamiyati  nimada?

12.  Qon  nimalarga  asosan  guruhlarga  b o ‘linadi?

13.  Qon  qayerda  va  nimalardan  hosil  b o ‘ladi,  bu  jarayonning  boshqaruv 

mexanizmini  tushuntirib  bering.

14.  Qon  quyishning  fiziologik  asoslarini  tushuntiring.

15.  Yuqumli  kasalliklar  haqida  nima  bilasiz?

16.  Immunitet  nima?

17.  Tabiiy  va  sun’iy  immunitet  qanday  hosil  b o ‘ladi?

18.  Fanda  immunitet  haqidagi  nazariyalarni  kimlar  asoslagan?

19.  Antitelalar  va  antigenlar  nima?

20.  Limfa  va  uni  tarkibini  tushuntirib  bering.

21.  Nima  uchun  odamning  qoniga  fiziologik  eritma  q o ‘shish  mukin, 

ammo  suv  quyish  mumkin  emas?

22.  Qanday  hollarda  qon  quyiladi?

23.  Har  qanday  qonni  ham  odamga  quysa  b o ‘laveradimi?

24.  Qonning  ivituvchi  omillari  haqida  nimani  bilasiz?

25.  Odam  qonining  miqdori  va  tarkibini  tushuntirib  bering.

26.  Qonning  yopishqoqligi  haqida  nimalami  bilasiz?

27.  Qonning  bufer  tizimlari  haqida  nimalarni  bilasiz?

28.  Gem oglobin  va  uning  xususiyatlari  haqida  nimalarni  bilasiz?

29.  Qon  ishlanishi  va  qon  tizimining  boshqarilishi  haqida  m a’lumol 

Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling