Odam fiziologiyasi
Organizimning faoliyatiga va tashqi muhit sharoitiga yarasha qon biian
Download 5.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Organizimning faoliyatiga va tashqi muhit sharoitiga yarasha qon biian ta’minlanishi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. Yurak ishining bundav o ‘zgaruvchanligi va organizm talablariga moslanishi ekstrakardial asab boshqarish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Tabiiy sharoitda yurak ishining boshqarilishida markaziy asab tizimi (MAT) dan simpatik va parasimpatik (adashgan, sayyor) asablar orqali keladigan impulslar yetakchi rol o ‘ynaydi. Bu impulslar yurak urishi tezligi (xronotrop ta’sir), kuclii (inotrop ta’sir) va o ‘tkazuvchanligini (dromotrop ta’sir) o ‘zgartirishi mumkin. Sensor (sezuvchi) neyronlarda elektrik jarayonlarining tahlilicha yurak b o‘lmalarida ikki xil mexanorseptorlarning borligi aniqlangan. Sistola davomida A-mexanoretseptorlar va diastolada B-mexanoretseptorlar javob berishadi. Bundan tashqari, yurakning subendokardial tuzilmasida asab uchlari joylashib, ularning bir qism tolalari simpatik asab tizimiga tadi. Yurakka markaziy asab tizimining simpatik va adashgan asab tolalari orqali keluvchi impulslar yurakning asab boshqarilishini amalga oshiradi. Barcha vegetativ asablar singari, yurak asablari ham ikki neyrondan tarkib topgan. Uzunchoq miyada joylashgan birinchi neyronning o\siqlari adashgan asabni hosil qiladi. Bu neyron yurakning intramural tugunlarida tugaydi. Shu yerdagi ikkinchi neyronning o ‘siqlari sinoatrial tugunga, bo‘lmalarning mushak tolalariga va atrioventrikular tugunga boradi. Yurak qorinchalari adashgan asabdan innervatsiya olmaydi (23-rasm). Yurakka q o‘z g ‘alishni o4kazuvchi simpatik asab tizimining birinchi neyronlari orqa miya ko‘krak b o‘limining yuqoridagi bita segmentining yon shoxlarida joylashgan. Bu neyronlarning o ‘siqlari bo‘yindagi va ko‘krak yuqorisidagi simpatik tugunlarda tugaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 23-rasm. Yurakning um um iy innervatsiyasi. 1-miyacluining ta 'siri; 2-solitar yadrolar; 3-gipotalamik ta ’sir; 4-periferik mexano va xemoretseptorlarninq ta'siri; 5-adashgan asabning yadrosi; 6-adashgan asabning n ‘zi; 7- yurak: 8- metasimpatik asab tizimi; 9-simpatik tugun; IO-orqa miya; ll-q o n tomirlarini harakatlantiruvchi markazining yadrosi; 12- miya stvolining yadrolari; I3-miya stvoli. Adashgan asablaming yurakka ta’siri Adashgan asablarning yurakka ta’sir etishini nemis olimlari aka-uka Veberlar 1845 yilda birinchi marta k o ‘rsatib berishgan. Ular bu asablarga clektr toki bilan ta’sir etilganda yurak ishdan butunlay to‘xtab qolishgacha tormozlanishini aniqlashdi. Umuman, organizmda asablaming tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi birinchi marta shu tariqa aniqlangan edi. Adashgan asabni qirqib, periferik (atrofiy) uchiga elektr toki bilan ta'sir etilganda, yurak qisqarishi ta’sirot kuchiga bogliqligi ham aniqlangan. Ta'sirot kuchi past b oisa, yurak qisqarishlari sekinlashadi (yurak siyrakroq uradi). Bu hodisa manfly xronotrop samara deb ataladi. Yurakning qisqarish amplitudasining kamayashi manfiy inotrop samara deyiladi. (24- rasm) Adashgan asabga elcktr toki bilan kuchli ta’sir berilsa, yurak faoliyati ■isqa vaqt davomida to‘xtalib qoladi. Buning sababi adashgan asabga ta'sir nil^yotgan vaqtda yurak mushakining q o‘zg‘aluvchanligi pasayadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Modomiki shunday ekan, uni ko‘zatish uchun ancha kuchli ta’sirotdan foydalanish kerak b o‘ladi. Qo4zg ‘aluvchanlikning adashgan asab (nelvus vagus) ta’sirida shunday pasayishi manfiy batmotrop samara deb aytiladi. Adashgan asab ta’sirlanganda yurakning o ‘tkaznuvchanligi yomonlashadi - manfiy dromotrop samara kuzatiladi. Adashgan asab ta’sirlanganda hujayra membranasi potensialining ortishi giperpolarizatsiya va uning kamayaishi depolarizatsiya deyiladi Simpatik asablarning yurakka ta’siri Sipatik asablarning (n. Sympaticus) yurak faoliyati bilan aloqadar ekanligini ilk bor 1867 yilda I.F.Sion, keyinchalik rus olimi-akademik Pavlov I.P. ham o ‘rganishgan. Ular yurakka boradidan simpatik asab tolalariga elektr toki bilan ta’sir etib yurak faoliyatining tezlashuvini tajribada isbot qilib berishdi. Bu tolalarni I.F.Sion yurakning tezlashuvchi asablari deb atagan. 1887 yilda I.P.Pavlov yurak faoliyatini kuchaytiruvchi asab tolalarini (musbat inotrop samara) ni topdi. Uning fikricha, kuchaytiruvchi asab tolalari maxsus trofik-ya’ni moda almashinuvi jarayonlarini rag‘batlantirish y o ii bilan yurakka ta’sir qiluvchi tolalardir. Simpatik asablar tolalari ta’sirlanganda yurakda qo‘zg‘alishning o ‘tishini yaxshilaydi (musbat dromotrop samara) va uning qo‘zg ‘aluvchanligini oshiradi (musbat batmotrop samara) (25-rasm). Shunday qilib, organizm faoliyati uchun yurak asablarining ahamiyati juda katta. Bu ikala asab yurak ishini muvozanatga solib turadi. Jismoniy mashqlar vaqtida yurakning tezroq urushi ma’lum. Buning sababi, shuki, jismoniy ish vaqtida adashgan asab markazining tonusi pasayadi, simpatik asab markazining tonusi esa oshadi, natijada yurakning qisqarish faoliyati oshadi. Yurakning ishi shu ikala asabning kelishib ishlashi (resiprok faoliyati) ga va organizm hayotining me’yoriy sharoitida ulardan kelayotgan asab impulslarining o ‘zaro ta’siriga ko‘p jihatdan bogiiqdir. Yurak faoliyatining gumoral (qon orqali) boshqarilishi Yurak faoliyati gumora! (qon orqali) y o ‘l bilan ham boshqariladi. Qo‘zg‘algan asablar oxirlarida biologik faol moddalar hosil boiib, ular orqali qo‘zg ‘alish bir hujayradan ikkinchi hujayraga o ‘tadi. Bu moddalar «kimyoviy ko‘prik» vazifasini bajaradi va mediatorlar deb ataladi. Kimyoviy qo‘z g ‘alish yoki tormozlanish jarayonlarini amalga oshiradigan moddalar haqida ilk bor 1921 yilda O Levi tadqiqotlar o ‘tkazgan: Uning www.ziyouz.com kutubxonasi fikricha, qondagi gormonlar va tuzlar yurakning faoliyatiga ta’sir etadi. Masalan, buyrak usti bezining mag‘iz qismida ishlab chiqariladigan adrenalin va noradrenalin gormonlar, xuddi simpatik va adashgan asablarga o‘xshab, yurak faoliyatiga ta’sir etadi. Adrenalin yurak ishini tezlashtiradi va qisqarish kucbini oshiradi, shu sababli «simpatikusshtoff» deyiladi. Noradrenalin esa, aksincha yurakning qisqarish kuchini kamaytiradi, uning ishi sekinlashadi «vagusshtoff» deyiladi. Adrenalin hissiyot, jismoniy mashqlar va boshqa holatlarda qonga o‘tib, kardiomiotsitlarning beta-adrenoretseptorlariga ta’sir qiladi. Natijada, hujayra ichidagi adenilatsiklaza fermentini faollashtiradi va siklik adenozinmonofosfat AMF - ning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. 0 ’z navbatida CAMF fosforilaza degan fermentni faolsizlik holatidan faol shakliga aylantiradi, chunki faol fosforilaza yurak miokardi uchun eng asosiy energiya manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, adrenalin hujayra membranasidan Ca2+ ionlami o‘tkazishda kaUa rol o‘ynaydi. Me’da osti bezining gormoni-insulin ham katta ahamiyatga ega. U ta’sir qilganda yurak musbat inotrop javob beradi. Qalqonsimon bezining gormoni-tiroksin yurak qisqarish tezligini va yurak sezgirligini simpatik asab va «simpatikusshtoff» moddalar oshiradi. Buyrak usti bezining po*stloq qavatida kortikosteroidlar degan faol biologik polipeptid-angiotenizin va ichak enteroxromaffin hujayralar gormoni-serotonin miokardning qisqarish kuchini oshiradi. 24-rasm . B a q a y u ra g ig a ada sh g a n asabning t a fsiri. www.ziyouz.com kutubxonasi 25 -ra sm . B aqa yu ra g ig a sim p a tik asabning t a fsirL Yurakning miTtadil hayot faoliyatida elektrolitlar muhim rol o4ynaydi. Qondagi kaliy va kalsiy tuzlari konsentratsiyasining o‘zgarishi yurak avtomatiyasiga, uning qo*zg‘alish va qisqarish jarayonlariga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatadi. Kaliy (K+) ionlariniiig ko‘p boiishi (giperkaliyemiya) yurak faoliyatining hamma tomonlarini susaytiradi, уигакл ritmiga manfiy xroootrop ta'sir etadi, yurakning qisqarishlar amplitudasini kamaytiradi (manfiy inotrop ta’sir), yurak va qo‘zg‘alishning o‘tishini yomonlashtiradi (manfiy dromotrop ta’sir), yurak mushakining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi (manfiy batmotrop ta’sir). Kaliy ionlari ko‘p boiganda yurak diastola fazasida to‘xtab qoladi. Qonda kaliy ionlari kamayganda (gipokaliyemiya) ham yurak faoliyati keskin darajada buziladi Kalsiy (Ca**) ionlarining ko‘p boiishi aksincha: musbat xronotrop, ionotrop, dromotrop va batmotrop ta’sir ko‘rsatadi. Kalsiy ionlari ortiqcha bo‘lganda yurak sistola fazasida to‘xtab qoladi. Qonda kalsiy ionlari kamayganda yurak qisqarishlari susayadi. Yurak faoliyatining reflektor boshqarilishi Qon aylanish tizimida gemodinamika uchun muhim bir qator reflekslar mavjud. Bu reflekslar uchun eng asosiy xossalar shundan iboratki, ularning organizmda joylashgan doimiy retseptiv madyonlari bor. Demak, har bir refleksning ro‘yobga chiqishi uning retseptor qismining morfologik butunligiga bog‘liq. Har bir retseptiv maydonlarida turli miqdorda xemoretseptorlar va mexanoretsptorlar joylashgan boiib, gemodinamikaning ko‘pdan-ko‘p o‘zgarishlariga javob qaytaradi. Retsetorlarda paydo boigan asab impulslari sezuvchi asab tolalari orqali www.ziyouz.com kutubxonasi uzunchoq miya va markaziy asab tizimining boshqa qismlarida joylashgan qon aylanish (sirkulatsiya) markazlariga boradi. Yurak faoliyatini boshqarishda uzunchoq miya bilan orqa miyadagi markazlardan tashqari, gipotalamus, gippokamp, amigdala va bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ida joylashgan qon aylanish markazlari ham mavjud. Oraliq miyaning gipotalamus sohasiga ta’sir ctilganda yurak faoliyati kuchayadi va tczlashadi. Miyacha va bosh miya yarim sharlar po‘stlog4ining motor va premotor mintaqalariga yurak-qon tomirlaridan afferent asablar kelib qo‘shiladi. (Baklavadjyan, 1999). Demak, yurak faoliyati markaziy asab tizimining sanab o ‘tilgan barcha sohalari ishtirokida refleks y o ‘li bilan boshqariladi. Shunday qilib, reflektor reaksiyalar yurak qisqarishlarini tormozlashi-sekinlatishi ham susayti«-*::hi (vagal reflekslar) va q o ‘zg ‘atish- re7latishi kuchaytirishi ham mumkin (simpatik reflekslar). Tomirlar -.irnining ba’zi qismlarida joylashgan retseptorlar yurak ishining 'oshqarilishida alohida rol o ‘ynaydi. Ular qon tomirlardagi qon bosimning • : zgarishidan yoki gumoral (kimyoviy) ta sirotlardan qo‘zg*atadi. Shunday rctscpiorlar to‘plami tomirlarning refleksogen mintaqalari deb ataladi. Uyqu arteriyasi ikkiga boiinadigan sohadagi refleksogen mintaqalarning ahamiyati ayniqsa katta. Markazga intiluvchi asablaming shu yerdagi oxirlari ta’sirlangandan yurak qisqarishlari refleks y o i i . bilan sekinlashadi. Bu asablaming oxirlari pressoretseptorlardan iborat. Bular qaysi tomirlarda joylashgan b o isa , o ‘sha tomirlardagi qon bosimining koiarilishi sababli shu tomirlarning cho‘zilishidan tabiy ravishda ta’sirlanadi. Pressoretseptorlardan afferent asab impulslari kelib, adashgan asab yadrolarining tonusini oshiradi, bu esa yurak qisqarishlarini sekinlashliradi. Tomirlarning refleksogen mintaqasi va bosimi qancha yuqori b oisa, pressoretseptorlardan impulslar shuncha ko‘p keladi. Tanamizning har bir qismidagi sezuvchi asablarning ta’sirlanishi . yurakning ishida aks etadi. Xilma-xil ta’sirIovchilar, ya’ni issiq, sovuq, qattiq o g ‘riq, shuningdek qo‘rqish, g ‘azablanish va boshqa hissiyotlar yurakning ishini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi. Sovuq yoki o g ‘riqning ta’sir etishi natijasida kelib chiqqan q o ‘zg ‘alish simpatik asablaming markazlariga - orqa miyaga boradi, issiqlikning ta’sir ctishi natijasida kelib chiqqan q o ‘zg‘alish esa, adashgan asablaming markazlariga - uzunchoq miyaga boradi. Quyidagi tajriba yurak faoliyatining refleks y o ii bilan o ‘zgarishiga misol b o ia oladi. Yurakning ishini kuzatish uchun baqaning k o‘krak qafasi cehiladi. So‘ngra baqaning qorniga uriladi. Bu vaqta yurakning ishi sckinlashadi yoki tamomila to‘xtaydi. Bunda yurak refleks y o ii bilan sekin ishlaydi yoki ishlamay qo‘yadi. Qoringa urilganda kelib chiqadigan kuchli qo / g ‘alish uzunchoq miyaga o ‘tib, adashgan asablaming markaziga yetib ''oradi. Qo‘zg*alish adashgan asablar markazidan adashgan asablar orqali www.ziyouz.com kutubxonasi yurakka kelib, uning ishini sekinlashtirib qo‘yadi. Bu vagal refleksning mumtoz misolini 1860 yilda F.Gols ta’rif etgan, shuning uchun bu refleks Gols refleksi deyiladi (26-rasm). Vagal reflekslarga Ashnerning ko‘z-yurak refleksi ham kiradi. Ko‘z soqqalariga barmoq bilan bosilganda yurak urushi soni 10-20 taga kamayadi (Danini-Ashner refleksi) (26-rasm). Og‘rituvchi ta’sirotda va emosional holatlarda (qo‘rquv, jahl, xursandchilik), shuningdek jismoniy ish vaqtida yurak faoliyati refleks y o ‘li bilan tezlashadi va kuchayadi. Bunda yurakka simpatik asablar orqali keluvchi impulslar va adashgan asablar yadrolari tonusining susayishi yurak faoliyatini o ‘zgartiradi. Yurakka kiradigan kavak venalarda mexanoretseptorlarga qarashli cho(zilish retseptorlari mavjud b o‘lib, A va B retseptorlarga bo‘linadi. Ikkala reseptorlar ham qon tomirlarida qon hajmining o ‘zgarishiga qarab qo‘zg‘aladi. A-retseptorlar boimacha mushaklarining faol qisqarishida va B- retseptorlar ularning cho‘zilishida ishtirok etadi. Bu qismlarda joylashgan retseptiv maydonlar Beynbridj refleksining yuzaga chiqishiga sabab boiadi. Kavak venalarda qon bosimining ko‘tarilishi A va B retseptorlami q o‘zg‘atadi, reflektor y o ‘l bilan adashgan asabning tonusi pasayadi, simpatik asabning tonusi esa oshadi. A-retseptorlardan keladigan asab impulslari simpatik asabning tonusini k o‘taradi, B-retseptorlardan kelayotgan asab impulslari esa adashgan asab tonusini pasaytiradi (yurakning ritm qonuni). Yurakning refleks y o ii bilan boshqarilishi jarayonida mexanoretseptorlardan tashqari xemoretseptorlar ham ishtirok etadi: Ulardan asab impulslari uzunchoq miyada joylashgan o ‘pka arteriyalarning markazlariga boradi, buning natijasida yurakning qisqarish tezligi sekinlashadi. Shuning uchun kichik qon aylanishida qon bosimining oshishi yurak ritmining kamayashiga olib keladi. (Parin refleksi) Maiumki, ichki a^zolarda, qon tomirlarida va hatto yurakning o ‘zida ham k o‘pgina ichki retseptor (interoretseptor) lar joylashib, organizm ichki muhiti holatidan axborot berib turadi. Bu biologik axborotlar turiga qarab yurak faoliyati o ‘zgarib turadi, uning qisqarishi reflektor y o i i bilan oshadi yoki sekinlashadi (Chernigovskiy reflekslari). Skelet va pay retseptorlaridan MAT-ga afferent asablari orqali boradigan turli asab impulslari ham yurak faoliyatiga ta’sir etadi. Jismoniy mashqlar va jismoniy mehnat natijasida paydo boiadigan asab impulslari uzunchoq miyaning markazlariga tormozlanuvchi ta’sir qiladi, uning natijasida yurakning ritmi oshadi, tomirlar tonusi o ‘zgaradi. www.ziyouz.com kutubxonasi v G М ^ т А ЛЛ/pYJVJV 26-rasm. Yurakning adashgan (vagus) reflekslari (A ,B ) va uning g rq fik tasviri (V,G ) A-Gols refleksi; B-Danini-Ashner refleksi. 1-Uzunchoq miya; 2-adashgan asab; 3-уигак; 4-gipotalamus Yurak faoliyatini boshqarishda gipotalmusning ishtiroki Gipotalamus (do‘mboq osti)-oraliq miyaning tuzilmasi hisoblanib, 42 juft yadroning y ig ‘indisidan iborat bo lib to ‘qima va a’zolaming vegetativ invervatsiyasi uchun katta rol o ‘ynaydi. Gipotalamus - bu vegetativ funksiyalaming markazidir. Uning faoliyati serqirra va murakkab b o‘lib, organizmning ichki a’zolari faoliyatini boshqaradi. Yuqorida aytib o ‘tganimizdek, yurak faoliyatini orqa va uzunchoq miyadan chiqadigan simpatik va adashgan asab tolalari boshqaradi. Biroq, ulardan tashqari gipotalamus yadrolari ham boshqarib turadi. Oxirgi yillarda hayvonlarda o ‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, gipotalamusning oldingi va orqa sohasida joylashgan yadrolari (paraventrikular, ventromedial, Download 5.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling