Odam fiziologiyasi
Download 5.32 Mb. Pdf ko'rish
|
supraxiazmatik yadrolar, hamda mammilar tanalar) yurak faoliyatini boshqarishda faol ishtirok etadigan gipotalamik yadrolarga kiradi. (Karamyan, 1989). Yurak va tomirlar faoliyati, qon bosimining bir darajada saqlanib turishi va boshqa funksiyalar gipotalamus orqali amalga oshiriladi.Shuni alohida qayd qilib o ‘tish zarurki, gipotalamus -gipofiz bilan birgalikda, hamda limbik tizimi (gumbaz) ishtirokida oliy dsab faoliyatining shakllanishida ham faol ishtirok etadi. U faoliyatlami, jumladan yurak www.ziyouz.com kutubxonasi faoliyatini ham organizmning har zumdagi ehtiyojlariga va hatti- harakatlariga moslanishini ta’minlaydi. Biroq visseral a’zolari faoliyatining o ‘zgarishi mustaqil mexanizm emas, balki limbik tizimi va bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘idan keladigan efferent axborotga bog‘liqdir. Yurak faoliyatini boshqarishda bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ishtiroki Bosh miya yarimsharlar po‘stlog‘i-bu eng yuqori darajada rivojlangan markaziy asab tizimining tuzilmasidir. Uning turli mintaqalarini elektr toki bilan ta’sirlanganda yurak -qon tomir faoliyatida o ‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu o ‘zgarishlar ayniqsa motor, premotor, ensa mintaqalari qitiqlanganda ko‘proq kuzatiladi. Fiziologik holatining o ‘zgarishi-quvonch, qo‘rqish, hayajonlanish, g ‘azablanish, hujum qilish, himoyalanish ichki a’zolar (visseral a’zolar) faoliyatini tezlik bilan o ‘zgartiradi. Bosh miya yarimsharlar po‘stlog‘i gipotalamik-gipofizar tizim orqali ichki sekretsiya bezlariga ham o ‘z ta’sirini o ‘tkazadi. Jumladan, u buyrak usti bezlarining mag‘iz moddasini (xromaffin to‘qimasini) faollab, qonda adrenalin va noradrenalin gormolarining miqdorini oshiradi. Natijada yurakka simpatik tizim ta’siri kuchayadi, qonda katexolaminlar miqdori oshadi, shu bois yurak faoliyatida keskik o ‘zgarishlar kuzatiladi. Shartli refleks usuli bilan yurak faoliyatini o ‘zgartirish mumkinligini I.P.Pavlov aytib o ‘tgan edi. Uning fikricha, yurak faoliyatini boshqarish mexanizmlari shartsiz va shartli reflektor faoliyatga chambarchas bog‘liq. Masalan, musobaqalarda ko‘p ishtirok etgan sportchilar yuragi ular startga chiqishi bilanoq zo‘riqib, tez ura boshlaydi. Yurak faoliyatining bu holda shartli reflektor o ‘zgarishi organizmni yugurish faoliyatiga oldindan tayyorlaydi. P o‘stloqdagi elektr faolligini o ‘rganish hozirgi zamonning eng nozik usuli hisoblanib, u orqali jismoniy mashqlar o ‘tkazilayotgan paytda sportchining shartli reflektor mexanizmi orqali yurak-qon tomirlar faoliyatida qanday funksional u ‘zgarishlar b o‘layotgani haqida aniq ma’lumotlar olinadi (yurakning tez qisqarishi, arterial bosimning o ‘zgarishi, yurakdan daqiqa sayin chiqadigan qon hajmining oshishi va hokazolar). Koronar qon aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari Yurak qisqarganda umumiy qon miqdorining 4-5% i toj (koronar) qon tomirlari orqali oqib o ‘tadi. Qonning bu miqdori nisbatan tinch holatda va jismoniy mashqlar bajarganda ham yurak tomirlari orqali o ‘tib 4,5-251 / daqiqani tashkil etadi. Koronar qon aylanishining o ‘ziga xos xususiyatlari bor: yurak mushaklaming turli funksional holatlariga yuqori darajada moslashinuvi, boshqa to‘qimalarga qaraganda uning kislorodga ehtiyojining 2 marta oshishi, kapillar tolalarining ko‘pligi (o ‘rtacha 1 mm2 da 2500 kapillar www.ziyouz.com kutubxonasi tolalarining joylashgani) va boshqa xususiyatlar. Eslatib o ‘tamiz, skelet mushaklarida 400-ga yaqin kapillar mavjud. 0 ’ng va chap когопаг arteriyalar aortaning boshlang‘ich aorta klapanlarning yaqinidan chiqib; miokard qavatigacha yetib boradi va shu yerda kapillar to‘rini tashkil qiladi. Yurak arteriyalari orasida anastomozlar mavjud. Jismoniy mashqlar vaqtida yurak faoliyatining oshishi miokardning qon bilan ta’minlanishi buzilganda hamda toj arteriyalari taranglashganda qorinchalararo to ‘siqda joylashgan anastomozalarining funksiyalari keskin oshadi. Toj arteriyalardagi qon aylanish jarayoni turli fiziologik omillarga bog‘liq: kardial-yurakda va ekstrakardial-yurakdan tashqarida paydo bo‘ladigan fiziologik omillar. Kardial omillarga miokardda sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvining intensivligi, toj tomirlarning tonusi, aortada qon bosimining darajasi, yurak qisqarishining tezligi kiradi. Organizmning turli fiziologik holatlarida ishlashi miokardda moddalar almashinuvining o ‘zgarishiga sabab b o ‘ladi. Masalan, jismoniy mashqlar natijasida yurakning energetik sarfi oshadi, buning natijasida koronar qon aylanishi ‘ham keskin o ‘zgaradi. Shu sabab b o isa kerak, koronar tomirlaming tonusi va ularning diametri yurakning energetik ehtiyojiga qarab moslashib turadi. Koronar qon aylanishi aortadagi arterial qon bosimi darajasiga ham bogiiq. Koronar qon aylanishi uchun eng qulay sharoit katta yoshdagi odamlarda arterial qon bosimi 14,7-18,7 kilopaskal (kPa) yoki 110-140 mm simob ustuniga teng b oiish i кегак. Ekstrakardial (yurakdan tashqaridagi) omillar Bu omillarga koronar tomirlaming simpatik va parasimpatik (adashgan) asablari tomonidan boshqariluv innervatsiyasi kiradi. Simpatik asab qo‘z g ‘olganda koronar qon aylanish surati oshadi. Adashgan asab qo‘z g ‘alganda esa toj tomirlari torayadi. Koronar qon aylanishida gumoral omillar muhim ahamiyatga ega. Adrenalin, noradrenalin, gistaminlarning m aium bir kichik dozasi (yurak faoliyatiga va arterial qon bosimiga ta’sir etmaydigan miqdori) toj arteriyalami kengaytiradi va koronar qon aylanish sur’atini oshiradi. Gipofizning orqa b o iim i (neyrogipofiz) gormoni-vazopressin koronar qon aylanish sur’atini susaytiradi, atsetilxolin esa qon aylanish bosimini tushiradi. Shunday qilib, yurakning toj tizimi uning kardial va ekstrakardial mexanizmlari orqali yurak faoliyati boshqariladi va organizmning turli funksional holatida yurakning metabolizmini zaruriy darajada saqlab turadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Qon tomirlar fizologiyasi. Gemodinamika Qonning qon tomirlari tizimi bo‘ylab harakatlanishi gemodinamika qonuniga asosjangan. Shunga ko‘ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga b og‘liq. Ularning birinchisi qon tomirlar tizimining boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning har xil b o‘lishi; bu kuch qonning harakatlanish tezligini ta’minlaydi. Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya’ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va uning tomirlar devoriga ishqalinishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga qarshilik ko‘rsatadi. Gemodinamika qonuniga ko‘ra, arteriya qon tomirlari tizimining yuqori qismida, ya’ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi yuqori boiadi; quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past boiadi. Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta bosim bilan aortaga chiqariladi, ikkinchidan, tomirlar tizimining quyi qismida aorta va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar va kapillarlarga) boiinishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda bosimning pasayishiga, qon tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab boiadi, qonning oqish tezligini sekinlashtiradi, ya’ni arteriya qon tomirlari tizimiaing eng tor qismi aorta b oiib hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomiriarning eng yirigi bo‘lsa h^am, undan tarmoqlangan arteriya tomirlari kengligining umumiy y ig ‘indisi aorta kengligidan bir necha marta k o‘pdir. Tanadagi barcha 150 milliart kapillar aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil boiadi va ularning umumiy kenglishi aortaning kengligidan 600-800 marta k o‘pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va qon oqish tezligi kapillarlardagiga nisbatan yuqori boiadi. Shunday qilib, ma’lum boiadiki, yuqorida ko‘rsatilgan kuchlaming birinchisi-boeimlar farqi, ya’ni suyuqlik harakatiga yordam beruvchi kuch, ikkinchisi-qarshilik, ya’ni suyuqlik harakatiga tusqinlik qiladigan kuch. Gemodinamika qonuni - gidrodinamikaning quyidagi tenglamasi bilan P - P ifodalanadi: Q = —— - bu yerda Q-suyuqlik hajmi; p,-p2 suyuqlik oqadigan R nayning boshi va oxiiidagi bubimlar farqi; R-oqimga qarshilik. Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, tomirlar tizimida qon haqidagi ta*limot gemodinamika deb ataladi, bu qonun gidrodinamika qonuniga asoslangan b o iib , katta va kichik qon aylanishida uchraydigan umumiy P - P periferik qarshilikni hisoblab chiqarish uchun mumkin boiadi. R = 1 2
qorinchalaridan tomirlar tizimiga chiqib, boimalarga qaytib kelgan qon hajmini ham bilish mumkin. Qon yurakdan uzluksiz ravishda chiqmay, balki otilib-otilib chiqqani uchun arteriyalardagi qon oqimi uzlukli tabiatda boiadi. Arteriola, kapillar va venalardagi qon oqimi uzluksiz, doimiydir. www.ziyouz.com kutubxonasi Umuman katta va kichik qon aylanishida ishtirok etuvchi qon tomirlari quyidagi tiplardan iborat: amortizatsiyalovchi (elastik tipdagi qon tomirlar), rezistiv (qarshilik ko‘rsatuvchi qon tomirlar), sfinkter (jumrak) qon tomirlar, almashinuv qon tomirlari; hajmli qon tomirlar, shuntlovchi (ulovchi) qon tomirlar (6-jadval). Elastik tipdagi qon tomirlarga aorta, o ‘pka arteriyasi va ularga yaqin joylashgan katta tomirlar qismlari kiradi. Ulaming o ‘rta qavatlarida elastik (qayishqoq) elementlar k o ‘proq uchrab, ular tufayli sistola fazasida qon bosimining keskin k o4tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Rezistiv tipdagi qon tomirlariga arteriyalaming oxirgi qismi va arteriolalar kiradi. Ulaming devorlarida silliq mushak qavati yaxshi rivojlangan, shu sababli qon oqimiga k o ‘proq qarshilik k o ‘rsatadi. Silliq mushaklar qisqarish va b o‘shashishi tufayli tomirlar ko‘ndalang kesimi o ‘zgarib, qon bosimini o ‘zgartiradi. Bu jarayon turli a’zolarda qon aylanishining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Sfinkter tipdagi qon tomirlariga - kapillarlardan oldinroq joylashgan arteriolalaming oxirgi qismlari kiradi. Ular, rezistiv qon tomirlari singari o ‘zining ichki diametrini o ‘zgartira oladi. Almashinuv qon tomirlariga qon kapillarlari kiradi, ya’ni modda almashinuvida ishtirok etadigan kapillar tomirlar kiradi. Diffuziya va filtrlanish jarayonlari kapillarning bir qavatli epitemiya va yulduzsimon hujayralari orqali amalga oshiriladi. Ular qisqarish qobiliyatiga ega emas, ammo ularning diametri pre-va postkapillar bosim o ‘zgarishi bilan sfinkter tomirlaming holatiga qarab o ‘zgaradi. Hajmli qon tomirlarga venalar tizimi kiradi. Ular juda cho‘ziluvchan bo‘lganidek ko‘p miqdordagi qonni o ‘ziga sig ‘dirib, saqlab turishi va qon aylanishiga qayta chiqarishi mumkin. Ba’zi venalar qon zaxirasi sifatida ancha ko‘p hajmiga ega. Bularga jigar venalari, qorin bo‘sh lig‘i, yirik teri venalari kiradi. Bu venalardagi mavjud qon miqdori 1 litr chamasida ko‘payib-kamayib turishi mumkin. Shuntlovchi (oMovchi) qon tomirlar arteriovenoz anastomozlardan iborat bo*lib, tananing ba’zi qismlarida joylashgan (quloqning terisi, burun va hokazo). Bu tomirlar ochiq vaqtida kapillarlar orqali qon oqishi kamayadi, ba’zan butulay to ‘xtab qolishi ham mumkin. Qon tomirlar tizimining turli boMimlarida bosimning o‘zgarishi Odam qon bosimi (mm simob ustuni hisobida) qon tomirlari tizimining turli bo‘limlarida turlicha b o iib , arterial tizimida qon bosimi venoz tizimiga nisbatan balandroq. Bu tafovutni 6-jadvalda kuzatish mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi Qon Bosim tomirlari kPa mm simob ustuni Aorta 13,3 100 Arteriya 12,0 90 Arteriolalar 7,3 55 Kapillarlar 3,33 25 Venulalar 1,6 12 Venalar 0,66 5 Kovak venalar 0,4 3 Qon bosimi - qon tomirlari devorlariga ta*sir etuvchi qon bosimi paskal bilan ifodalandi (1 Pa=l H/m2) Qon bosimi orqali organizmda qon harakatlanib, a’zolar va to‘qimalar faoliyati uchun foydalanadi, kapillarlarda to4qimalararo suyuqliklar hosil qilinadi hamda organizmda sekretsiya va eksekretsiya amalga oshiriladi. Qon bosimi darajasi quyidagi asosiy uch omilga bog‘liq: yurak qisqarishining tezligi va kuchi, umumiy periferik qarshilik, ya’ni tomirlar devorlarining tonusi; aylanishda bo‘lgan umumiy qon hajmi. Odatda qon bosimi arterial, venoz, kapillarlar qon tomirlarida o ‘lchalanadi. Sistolik (maksiroal) bosimi chap qorinchadagi miokard holatini aks etadi, 13,3-16,0 kPa (100-120 mm simob ustuni) ga teng. Diastolik (minimal) bosimi arteriya devorining tonusi darajasini ifodalaydi, 7,8-10,7 kPa (60-80 mm simob ustuni)ga teng. Puls bosimi - sistola va diastola bosimlarining farqini ko‘rsatib, qorinchalar sistolasi fazasida aortal va pulmonar klapanlarining ochilishi uchun xizmat qiladi. Me’yorda bu bosim 4,7-7,3 kPa (35-55 mm simob ustuni) ga teng. Sistolik bosim diastolik bosim bilan teng bo‘lgan hollarda qon harakatsiz qoladi va o ‘lim sodir b o‘ladi. 0 ’rta dinamik bosim diastolik bosimining yig‘indisiga va puls bosimining 1/3- ga teng bo‘lib, qonning muntazam harakati energiyasini ifodalaydi va maxsus shu qon tomiri yoki shu organizm uchun xos ekanligini k o‘rsatadi. Qon bosimi darajasiga quyidagi omillar ta’sir etadi: odam yoshi, kecha kunduz, organizmning umumiy fiziologik holati, markaziy asab tizimining funksional holati va hokazo. Yangi tug‘ilgan bolalarda maksimal arterial qon bosimi 5,3 kPa (40 mm simob ustuni)ga teng, bir oylik yoshdagi bolalarda - 10,7 kPa (80 mm simob ustuni), 10-14 yoshda - 13,3 - 14,7 kPa (100-110 mm simob ustuni)ga, 20-40 yoshda - 14,7-17,3 kPa (110-130 mm simob ustuni)ga teng. Keksalik chog‘ida maksimal bosim minimal bosimga nisbatan ko‘proq oshadi. Kecha kunduz davomida arterial bosim o ‘zgaradi: uning dinamikasi kunduzi kechasiga qaraganda balandroq boiadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Arterial qon bosimi og4ir jismoniy tarbiya mashqlari natijasida keskin oshib ketadi - 150-200 mm ga yetadi. Lekin yurakning ish faoliyati 3-5 daqiqa odam dam olgandan keyin yana o ‘z me’yoriga qaytadi. Odam arterial qon boismining me’yorga nisbatan ortishi - gipertoniya (gipertenziya), pasayishi gipotoniya (gipotenziya) deyiladi. Yuqorida aytib o 4tganimizdek odamning qon bosimi arteriyalar, venalar va kapillarlarda olchalanadi. Yelka arteriyasidagi sistolik (maksimal) bosim 110-120 mm, diastolik (minimal) bosim esa 60-80 mm simob ustuniga teng. Buni Riva- rochi sfigmomonometri yoki tonometr asboblari yordamida N.S.Korotkov usulida yelka arteriyasida o 4lchanadi. Agar odam hayajonlansa, achchiqlansa, qo‘rqsa maksimal arterial bosim 200-250 mm gacha ko‘tariladi, minimal arterial bosim esa keskin pasayadi. Yurakning ish faoliyati kuchsizlangan odam yuqoridagi kabi jismoniy mashqlami bajarganda, arterial bosimining o ‘zgarishi 5-10 daqiqada o 4z m e’yoriga qaytmaydi va yuragi tez urishi, nafas qisishi, rangining oqarishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi. Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to4lqinlanib turishiga tomir urishi, ya’ni puls deyiladi. Arteriya qon tomirlari devorining to‘lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devorining to‘lqinlanishi vena pulsi deyiladi. Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida ular devorining tebranishidan hosil b o ‘ladi. Yurak daqiqasiga necha marta qisqarsa, arteriya impulsining soni ham shuncha boiadi. Tinch holatda katta odam pulsining soni bir daqiqada 70-72 marta boiadi. Bolalarda yurakning qisqarishi va pulsning soni kattalamikiga nisbatan ko‘proq boiadi. Bir yoshlik bolada puls soni bir daqiqada 110 ta, 5 yoshda-90 ta, 10 yoshda-80 ta, 16 yoshda kattalamikiga tenglashadi (27, Download 5.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling